Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari: Haqiqatan ham XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Hozirgi kunda hayotimizda axborot texnologiyalari va kompyuterlar qo’llanilmagan soha qolmadi. Asr boshida turibmiz, demak, hali oldinda qancha yangidan-yangi texnologiyalarning yaratilishi va tadbiq etilishiga guvoh bo’lamiz. Ulardan foydalanishni uddalash uchun maxsus axborot sohasi bilimlariga ega bo’lmasada, har jabhada keng qo’llaniladigan kompyuter tarmoq operatsion tizmilarida ishlashni va ularni boshqarishni o’rganish barchadan talab etiladi. BMI ning asosiy maqsad va vazifalari kompyuter tarmoqlarini boshqarishda va nazorat qilishda qo’llaniladigan serverlarning dasturiy ta’minotini tanlash hamda ulardan foydalanib tarmoq tizimlari ishi samarali tashkil etish, tarmoq operatsion tizimlarning imkoniyatlarini taxlil qilish va taqqoslashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |