O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.12. O‘zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish
O‘zbekistonda budjetlar umumrespublika va muayyan hudud
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbolini belgilash ko‘rsatkichlari
hamda dasturlariga muvofiq ravishda amalga oshirilib, budjet
loyihasi tayyorlanguniga qadar tegishli milliy-davlat hamda ma’mu-
riy-hududiy birliklar taraqqiyoti rejalari, taxminlari ishlab chiqiladi.
Ular asosida hokimiyatning ijroiya organlari tegishli budjetning
daromadlari: xarajatlari, jamlama budjet, quyi hududiy organ-
larning minimal budjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hokimiyatning
vakillik organlariga takliflar hamda axborotlar taqdim etadi. Bunday


292
axborotlarning taqdim etilish muddatlari va tartiblari qonunlar
bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular mamlakatimiz barcha
hududlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, aholi farovonligini
oshirishning ta’minlanishini nazarda tutadi.
Barcha darajadagi, bo‘g‘inlardagi budjetlarni tayyorlash, muho-
kama qilish, tasdiqlash va ularni ijro etish tartib-qoidalari budjet
jarayoni deb ataladi. Budjet jarayoni doimiy ravishda takrorlana-
digan, yangilanib turadigan bosqichlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
U yoki bu bo‘g‘inga oid bo‘lgan, budjet bilan bog‘liq holda chiqa-
riladigan huquqiy akt (budjet haqidagi qonun, qaror) muayyan
davr davomida (budjet yili) amal qiladi va ushbu davr yakun-
langach, u yangidan ishlab chiqilishi va qabul qilinishi lozim
bo‘ladi.
Budjetning shakllantirilishi to‘rt davrdan: budjet loyihasini tuzish,
loyihani muhokama qilish, uning vakolatli organ tomonidan qabul
qilinishi — tasdiqlanishi va ularning belgilangan davr davomida
ijro etilishini ta’minlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida budjet jarayonining barcha bos-
qichlari uch yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. Òasdiqlangan
budjet esa moliya yili deb atalib, 1-yanvardan 31-dekabrgacha
bo‘lgan bir kalendar yildan iborat bo‘ladi.
Budjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda quyidagilar asos qilib
olinadi:

tartibga solinadigan daromadlardan ajratiladigan normativ
(foiz)lar loyihasi va bu daromadlar kontingenti;

tegishli yuqori turuvchi budjet hisobiga amalga oshirilishi
mo‘ljallanayotgan dotatsiya va subvensiyalar ko‘rsatkichlari;

tegishli hududiy budjet daromadlari ro‘yxati va bu daromad-
larning qayd etilgan daromadlar hissasi (foizda);

yuqori turuvchi budjet birligi tomonidan berilgan xarajatlar
ro‘yxati;

hokimiyatning ijroiya organlari o‘zlariga yuqori organlar
tomonidan berilgan budjet ko‘rsatkichlarini chuqur va har tomon-
lama tahlil qiladi, ularga aniqlik hamda tuzatishlar kiritish haqida
o‘z taklif-mulohazalarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida budjetning ijro etilishi budjet
jarayonining muhim tarkibiy qismi va bosqichi sanaladi. Ijroiya
hokimiyati organlari budjet ijrosini tashkil qiladi va ijro etadi.


293
Davlat budjetining ijrosi va uning ta’minlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-av-
gustdagi «Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi Qonunida
nazarda tutilgan
1
. Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi
davlat budjeti (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari)ning
va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining g‘azna
ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning
yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning
yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat
budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga
kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu
hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi-
lanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Davlat
budjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan
maxsus vakolatli moliya organi va uning Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Davlat budjetining kassa ijrosi;

Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazo-
ratni amalga oshirish;

Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna
hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish;

budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish
bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini,
shuningdek, buyurtmachining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan
o‘tkazish;

Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun
mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy
shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni
amalga oshirish;

Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. T., 2004, ¹ 9, 164-bet.


294

Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta
ishlash, tahlil qilish va hisobotni tuzish;

O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarz-
lariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini
ijro etish.
Budjet kassa ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari
mazkur budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg‘arilishi tushu-
niladi. Shuningdek, ushbu budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi
barcha tashkilotlarga pul mablag‘lari ushbu kassa orqali beriladi.
Budjetlar ijrosini ta’minlashda asosiy hujjat bo‘lib, budjet
taqsimoti sanaladi. U tegishli davlat hokimiyati vakillik organi
tomonidan tasdiqlanadi hamda unda budjet daromad va xarajatlari
batafsil ko‘rsatiladi.
Budjet daromad qismini ijro etish yuridik va jismoniy shaxslar-
dan soliq va nosoliq to‘lovlar undirish hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda yuridik shaxslar tegishli to‘lovlarni qonunda belgilangan
muddatlar hamda tartiblarda mustaqil ravishda hisoblaydilar va
budjetga to‘laydilar. Jismoniy shaxslardan esa ularning ish haqla-
ridan ushlab qolish yoki ular tomonidan bevosita kassaga pul to‘lash
orqali ijro etiladi. Muayyan budjet hisobiga mablag‘larni o‘tkazish
moliya organi topshirig‘i bilan amaldagi qonunlarga muvofiq
amalga oshiriladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish