Bolalarda yoshga qarab bo'y uzunligini o'zgarish. Yangi tug'ilgan bolaning
bo'yi 48 - 50 sm bo'ladi. Bir yilda bolaning bo'yi 25 sm ga uzayadi. 2 - 3 yoshgacha
bo'y har yili 8 sm dan cho'ziladi. Olti yoshgacha har yili 5 - 7 sm ortadi. Jinsiy
balog'at yoshida har yili o'smirning bo'yi 8 sm dan ortib boradi.
Bosh miya va ko'krak qafasini yoshga qarab o'zgarib borishi. Yangi
tug'ilgan bola boshining aylanasi ko'krak qafasi aylanasidan katta bo'ladi. Yangi
tug'ilgan chaqaloq boshining aylanasi 34 sm, ko'krak qafasi aylanasi esa 33 sm
bo'ladi. Bola hayotining birinchi yilida boshining aylanasi 12 sm ga o'zgaradi.
Keyin har yili 2 sm dan ortib boradi. Olti yoshda bola boshining aylanasi 51 sm, 15
- 16 yoshda 53 sm ga ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |