a) Pubertatoldi davri. Bu davr ikkilamchi jinsiy belgilarni o'sishini
kuchayishi va rivojlanishini boshlanishi bilan farqlanadi;
b) Pubertat davri. Bu jinsiy voyaga yetish davri. Bunda ikkilamchi jinsiy
belgilar shakllanadi, jinsiy a'zolar voyaga yetadi va ikkala jins uchun xos bo'lgan
jarayonlar (hayz ko'rish va eyakulyatsiya) amalga oshadi. Tananing o'sishi nisbatan
sekinlashadi.
v) Pubertatketi davri. Bu davrda jinsiy voyaga yetish yakunlanadi va
yetuklik davri boshlanadi.
Jinsiy voyaga yetishning dinamik jarayoni qiz bolada 8 - 9 yoshda, o'g'il
bolada esa 10 - 11 yoshda boshlanadi. Ushbu davr 8 - 9 yil va undan ko'proq vaqt
davom etadi. Jinsiy voyaga yetishni tezlashishi yoki sustlashishida atrof muhit,
jumladan iqlim sharoitlari muxim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |