to’q qizil rangli yashil rangli
birikmalar hosil bo’ladi. Shunday qilib bir kompleks ikkinchisiga o’tadi.
Kompleks birikmalar juda ko’p joylarda qo’llaniladi. Biologiyada ularning ahamiyati juda katta. Kompleks birikmalarsiz hayot bo’lmaydi.
Gemoglobin Fe2+ , xlorofill Mg 2+ larning kompleks birikmalaridir. Kompleks birikmalar asoslar, kislotalar, tuzlar bo’lishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor.
Asoslar Kislotalar Tuzlar
[Ag(NH3)2 ]OH H[AuCl4] [Ni(NH3)4]SO4
[Cu(NH3)2](OH)2 H2[SnF6] Na3[AlF6]
[Ni(NH3)4](OH)2 H2[PtCl6] K3[Fe(CN)6]
Elektrolitmas moddalar: [Pt(NH3)4Cl2] [Pt(NH3)6 ]Cl4
[Ni(CO)4] [Fe(CO)5]
Kompleks birikmalarning tuzilishini 1898 yilda shved olimi Alfred Verner o’zining koordinatsion nazariyasida tushuntirdi. Bu nazariyaga ko’ra:
Kompleks birikmada markaziy o’rinni kompleks hosil qiluvchi - zaryadlangan metal atomi (kation) egallaydi.
Kompleks hosil qiluvchi ion yoki atom atrofida u bilan bog’langan ma’lum sondagi anionlar yoki neytral molekulalar bilan o’ralgan bo’ladi. Bu anion yoki molekulalar ligandlar deyiladi. Ularning soni esa, koordinatsion son . deyiladi.
Kompleks hosil qiluvchi va ligandlar ichki sferani tashkil etadi va kvadrat qavs ichiga olinadi.
Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani tashkil etadi.
┌─ ─┐
K + │ CN - CN - │
K + │ CN- Fe 3+ CN - │ K 3 [Fe(CN)6]
K+ │ CN - CN- │
└─ ─┘
Kompleks birikmani formulasini yozish uchun:
1) kompleks hosil qiluvchi ionning zaryadini;
2) ligandlarning zaryadini;
3) koordinatsion sonni;
4) tashqi sfera ionlarini bilish kerak.
Kompleks hosil qiluvchi ionlar asosan Mendeleev davriy sistemasidagi d -elementlarning ionlaridir. Ular: Ag 1+ ,Au1+ ,Au 3+ ,Cu2+ ,Cu1+,
Zn 2+, Cd 2+ , Co2+ , Ni 2+ , Fe2+ , Fe 3+ , Pt 2+ ,Pt 4+ ,Pd 2+ ,Pd 4+ ,Al 3+ .
Ligandlar sifatida a) dipol xarakterga ega bo’lgan molekulalar - H2O, NH3, NO, CO ,N2H4, NH2C2H4NH2 va boshqalar.;
b) ionlar - SN-, NO 2 - , Cl - , Br- , J - , OH- , CO32- , SO4 2- ,
CH3COO - , SO32- , PO4 3- , CNS- , CrO42- ;
Ba’zi bir kompleks hosil qiluvchi ionlar uchun
Koordinasi son
|
2
|
4
|
6
|
8
|
Ionlar
|
Cu+
Ag+
Hg+
Au+
|
Cu2+
Zn2+
Hg2+
Mg2+
|
Al3+
Cr3+
Fe3+
Fe2+
|
Ca2+
Ba2+
Mg2+
Pd2+
|
Kompleks birikmalarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ligandlardir. Ligandlar - bular atomlarida bir yoki bir necha (ximiyaviy boglanishda ishtirok etmagan) elektron jufti bulgan manfiy zaryadli ionlar (Cl-, Br-, I-, F-, CNS-, CN-, OH-, SO3-2, NO2-, CO3-2, S-2, CH3COO-, HCOO- va neytral molekulalar (H2O, NH3, CO, NO, C6H6, C2H2, NH(CH3)2 - dimetilamin, H2N - CH2CH2NH2- etilendiamin, R(Ph)3 - trifenil fosfin va yana boshka tarkibida azot, kislorod, oltingugurt atomlari sakqlagan ko`pchilik moddalardir. Kompleks birikma hosil bo`lishida bu ion va molekulalar markaziy ion bilan ham kovalent (yoki ion) bog`lanish, ham koordinatsion bog`lanish hosil qiladilar va markaziy ion koordinatsion sonining ma’lum qismini band qiladilar.
Har bir ligandning markaziy atom koordinatsion sonining qancha(nechta)sini band qila olish xususiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |