muddatlarda oʻtkaziladigan moliyaviy operatsiyalarda qoʻllaniladi. Bunday holatda
44
har bir bir davr uchun foiz hisoblashda baza sifatida shartnomadagi dastlabki summa
olinadi.
Oddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi
Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati
quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 × 𝑛), (2.1)
bu yerda FV – kelgusi qiymat;
PV – joriy qiymat;
n – davr (yillar soni)
r – foiz stavkasi.
Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam
boʻladi. Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda
aks ettiriladi:
𝑛 =
𝑡
𝑉
(2.2)
bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni;
V – vaqt bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366).
Operatsiya muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi formula
bilan aniqlash mumkin:
𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 ×
𝑡
𝑉
) (2.3)
Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash
kunlari bir kun hisoblanadi.
Tahlil oʻtkazish jarayonida vaqt bazasi (V) sifatida qulaylik uchun shartli
ravishda moliya yili 360 kun (12 oy 30 kundan)dan iborat deb olinadi. Bunday baza
boʻyicha hisoblanadigan foizlar odatiy yoki tijorat foizlari deb yuritiladi. Aniq
foizlarda esa vaqt bazasi olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun
olinadi.
Misol koʻrib chiqamiz.
10 000 birlik qiymatga teng mahsulot 30 kunga toʻlov kafolati olingan holda
xaridorga tijorat krediti tarzida berildi. Kredit boʻyicha yillik foiz stavkasi 30%.
Shartnoma boʻyicha muddat yakunlangach xaridordan qancha mablagʻ olinadi?
a) Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik;
b) aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz:
FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik.
Oʻz navbatida operatsiya davomiyligi muddati t oy boʻyicha olinganda shartli
ravishda 30 kun yoki oy boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni olinadi.
Shunday qilib, t va V parametrlariga bogʻliq holda operatsiya muddati quyidagi
variantlarda hisoblanishi mumkin:
- 365/365 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va yil
boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni;
- 365/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va moliya
yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi);
45
- 360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning taxminiy soni (bir oy
30 kunga teng deb qabul qilinadi) va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb
olinadi).
Odatiy foizlar (360/360) tahliliy hisob-kitoblarda foydalanish uchun juda
qulay. Bu jihat ularning koʻplab rivojlangan davlatlar, xususan AQSh va Yevropa
mamlakatlari amaliyotida qoʻllanilishi bilan izohlanadi.
Oʻzbekiston amaliyotida asosan operatsiya oʻtkaziladigan kunlar aniq soni va
moliya yili (365/360) amaliyotda qoʻllaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa
aniq foizlar (365/365) qoʻllaniladi.
Aniq foizlarni formula boʻyicha hisoblash operatsiyalar oʻtkaziladigan
kunlarning haqiqatdagi sonini aniqlashni talab etadi. Bunda foizlar boʻyicha
ma’lumotlar aks etgan maxsus jadvallardan yoki kompyuter dasturlaridan, masalan
Microsoft Excel dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
10 000 birlik pul mablagʻining yillik 10%, 15% va 20%lik stavka boʻyicha
kelgusi qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: