O`quv materiallari


korporativ  soliq  menejmenti



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

korporativ  soliq  menejmenti  bu  –  davlat  soliq  menejmenti  tomonidan  belgilangan 

qonunchilik  doirasida  mikrodarajada  soliqlar  boʻyicha  pul  oqimlari  harakatini 

samarali  boshqarish  orqali  soliq  majburiyatlarini  minimallashtirish,  tartibga  solish, 

soliq  xatolarining  oldini  olish,  soliq  toʻlashning  qulay  vaziyatlarini  tanlashga 

qaratilgan korporativ moliyani boshqarish tizimining muhim boʻgʻinidir. 

Korporativ 

soliq  menejmentining  tashkiliy  yoʻnalishlari  quyidagilar 

hisoblanadi:  

- korxonalarda soliq majburiyatlarini boshqarish; 

- korxonalarda soliqlarni rejalashtirish;  

- korxonalarda soliq risklarini boshqarish; 

- ichki soliq nazoratini tashkil etish; 

- soliqlarni qonun doirasida kamaytirish boʻyicha sxemalar ishlab chiqish. 

Korxonalarda 

soliq 

majburiyatlarini 



boshqarish 

bevosita 

amaldagi 

qonunchilikdan  kelib  chiqqan  holda  soliqlarni  hisoblash  hamda  belgilangan  tartibda 

tegishli byudjetlarga oʻtkazib borishni nazarda tutadi. Ya’ni soliq majburiyatlarini oʻz 

vaqtida  bajarishga  yoʻnaltiriladi.  Bu  jarayonda  soliq  qonunchiligi  boʻyicha  axborot 

bazasini  yaratish,  yangilab  turish  va  saqlash  alohida  dolzarblik  kasb  etadi. 

Shuningdek faoliyat davomida soliq toʻlovchi sifatida tegishli organlarda oʻz vaqtida 

hisobda  turish  yoki  qayta  roʻyxatdan  oʻtish,  soliq  nazorati  oʻtkazilayotganda  soliq 

organlariga tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish,  

Korxonalarda  soliqlarni  rejalashtirish  qonunchilik  tomonidan  taqdim  etilgan 

yengilliklar  va  soliq  majburiyatlarini  qisqartirishning  boshqa  qonuniy  usullaridan 

foydalangan  holda  soliq  va  majburiy  ajratmalarni  kamaytirish  boʻyicha 

belgilanadigan  moliyaviy  rejalashtirish  turi  hisoblanadi.  Soliqlarni  rejalashtirishning 

ahamiyati  soliqlarni  maksimal  darajada  qisqartish  uchun  qonunchilik  yoʻl  qoʻygan 

usul  va  vositalar,  shu  jumladan  qonunchilikdagi  boʻshliqlardan  soliq  toʻlovchilar 

foydalanishi  natijasida  uning  prezumptsiya  huquqi  tan  olinishida  aks  etadi.  Bundan 

tashqari  soliqlarni  rejalashtirish  soliqlarni  oʻz  vaqtida  va  toʻliq  toʻlash  boʻyicha 

chora-tadbirlarni oldindan belgilashda ham namoyon boʻladi. 

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni tashkil etish orqali soliqlar va majburiy 

ajratmalarni  qonun  doirasida  kamaytirish  imkoniyatlarini  quyidagilarda  koʻrish 

mumkin: 


soliqqa  tortish  ob’ekti  boʻyicha  (masalan,  davlat  lotereya  va 

obligatsiyalaridan daromadlar, omonatlar boʻyicha foizlar);  

-  soliqqa  tortish  sub’ekti  boʻyicha  (masalan,  mikrofirma  va  kichik  korxonalar 

uchun investitsion soliq kreditining amal qilishi); 

- soliqlarni hisoblash va toʻlash usuli boʻyicha (masalan, kadastrli usulda soliq 

toʻlash inflyatsiya sharoitida korxona uchun foydali hisoblanadi); 



228 

 

- soliqqa tortish tizimlari boʻyicha (ayrim korxonalar uchun umumbelgilangan 



tartibda  soliq  toʻlashning  qulayligi,  ayrimlari  uchun  esa  soddalashtirilgan  tartibda 

toʻlash soliqlarni kamroq toʻlash imkonini berishi); 

-  faoliyatni  soliq  yuki  past  davlatlarda  tashkil  etish  orqali  soliqlarni  butunlay 

kamaytirish (offshor zonalar orqali soliqlarni kamaytirish) va boshqalar. 

Soliqlarni rejalashtirish qator elementlarga ega hisoblanadi va ular quyidagilar:  

1.  Buxgalteriya  hisobi  va  soliq  hisobining  muvofiqligi.  Bunda  buxgalteriya 

hisobi  va  soliq  hisobi  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  asosida  bir-biriga  qat’iy  ravishda 

oʻzaro  muvofiq  kelishi  kerak.  Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  soliqqa  tortish 

jarayonida  asos  boʻlib  xizmat  qiladi.  Lekin  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti 

korxonaning  haqiqiy  moliyaviy  holatini  aks  ettira  olmaydi.  Buxgalteriya  va  soliq 

hisoblarining  oʻzaro  muvofiq  kelmasligi  investitsion  qarorlar  qabul  qilishda, 

soliqlarni  rejalashtirishda  keskinlikni  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Korxona  hisob 

siyosati orqali buxgalteriya hisobi va soliq hisobining oʻzaro mos kelishini ta’minlash 

lozim. 


2.  Soliq  imtiyozlari  va  ularning  shartnomalar  tuzish  jarayoniga  ta’sirini 

baholash. Buni yagona soliq toʻlovi toʻlovchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun 

qoʻshilgan  qiymat  soligʻidan  ozod  boʻlish  holatidan  kelib  chiqqan  holda  izohlash 

mumkin.  Ya’ni,  qoʻshilgan  qiymat  soligʻi  toʻlovchi  hisoblanganda  erishiladigan 

natija  va  qoʻshilgan  qiymat  soligʻidan  ozod  boʻlgan  holatda  erishiladigan  natija 

oʻzaro  solishtiriladi.  Umuman  soliqlarni  rejalashtirishda  soliq  imtiyozlaridan  toʻliq 

foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

3.  Ichki  soliq  nazoratini  rejalashtirish.  Soliq  hisob-kitoblaridagi  va  moliyaviy 

hisobotlardagi xato va kamchiliklarning soliq tekshiruvlari oʻtkazilgunga qadar ichki 

soliq  nazorati  orqali  aniqlanishi  korxonaga  nisbatan  qoʻllanilishi  mumkin  boʻlgan 

moliyaviy jarimalarning oldini oladi. 

4. Soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha toʻlov kalendarini ishlab chiqish va 

amaliyotga  joriy  etish.  Mazkur  amaliyot  soliq  toʻlovlarining  kechikishining  oldini 

olishga xizmat qiladi. 

5.  Imtiyozli  soliq  rejimlari  qoʻllaniladigan  soha  va  hududlarni  oʻrganish. 

Bunda  asosiy  e’tibor  mahalliylashtirish  dasturlari  doirasida  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish, maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyatni tashkil etishga qaratiladi.  

Korxonalarda  soliqlarni  rejalashtirish  strategik,  joriy  va  operativ  rejalashtirish 

tarzida tashkil etilishi lozim.  

Soliqlarni  strategik  rejalashtirish  faoliyatni  boshlayotgan  vaqtdagi  tashkiliy 

jarayonlarni  soliq  nuqtai  nazardan  baholashni  nazarda  tutadi.  Ya’ni  soliq  doirasi 

oldindan  oʻrganib  chiqilgan  holda  faoliyat  tashkil  etiladi.  Bunda  korxonani 

joylashtirish, faoliyat sohasi kabilarga jiddiy e’tibor qaratiladi. 

Soliqlarni  joriy  rejalashtirishda  esa  buxgalteriya  va  soliq  hisobi  muvofiqligini 

ta’minlash, soliq imtiyozlarini tahlil qilish va foydalanish samaradorligini oʻrganish, 

soliq bazalarini rejalashtirish kabilar alohida tartibda koʻrib chiqiladi. 

Soliqlarni  operativ  rejalashtirish  esa  shartnomaviy  munosabatlarda  soliqlarni 

hisobga olish, soliq kalendarlarini tuzish va boshqalarga e’tibor qaratiladi. 




229 

 

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning samarali amal qilishi davlat byudjeti 



daromadlarining  qisqarishiga  ham  sabab  boʻladi.  Bunday  holatda  korxonalarda 

soliqlarni  rejalashtirishni  chegaralash  boʻyicha  davlat  tomonidan  ham  qator  chora-

tadbirlar koʻriladi. Qator mamlakatlarda soliqlarni toʻlashdan qochishning oldini olish 

uchun,  shuningdek  soliqlarni  rejalashtirishning  qoʻllanish  doirasini  chegaralash 

imkonini  beruvchi  maxsus  metodlar  ishlab  chiqilgan.  AQSh,  Buyuk  Britaniya  va 

Evropa  Ittifoqi  mamlakatlarida  «antitransfert»,  «antioffshor»  va  «antidemping» 

qonunchiligi nihoyatda jiddiy amal qiladi.  

Hozirgi  vaqtda  davlat  tomonidan  korxonalarda  soliqlarning  rejalashtirish 

imkoniyatlarini  pasaytirish  maqsadida  qoʻllaniladigan  chora-tadbirlar  sifatida 

quyidagilarini keltirish mumkin:  

- qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish; 

- qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; 

- ma’muriy ta’sir etish chora-tadbirlarini qoʻllash. 

Davlat 


qonunchilik 

hujjatlaridagi 

doimiy 

oʻzgarishlar 

sharoitida 

qonunchilikdagi  boʻshliqlarni  doimiy  toʻldirib  borishga  hamda  soliqlarni 

pasaytirishga  imkon  tugʻdiruvchi  holatlarni  bartaraf  etish  boʻyicha  soliq 

qonunchiligiga  tuzatishlar  kiritishga  harakat  qiladi.  Aynan  shuning  uchun  uzoq 

muddat  davomida  soliqlarni  rejalashtirishni  mazkur  usul  (soliq  qonunchiligidagi 

boʻshliqlardan  foydalangan  holda  soliqlarni  rejalashtirish  usuli)da  amalga 

oshirishning imkoniyati chegaralangan.  

Mamlakatimiz  soliq  qonunchiligiga  soliq  prezumptsiyasi  tamoyili  kiritilishi 

natijasida soliq toʻlovchilar huquqi yuqori baholanishi joriy etilganligi sababli qonun 

chiqaruvchi  organ  tomonidan  qonunchilikdagi  qarama-qarshiliklarni  bartaraf  etishga 

alohida e’tibor qaratiladi.  

Soliqlarni  rejalashtirishni  chegaralashning  ma’muriy  ta’sir  etish  chora-

tadbirlarida  soliq  toʻlovchining  soliqlarni  joriy  rejalashtirishi  chegaralanadi.  Soliq 

organlari  soliqlarni  oʻz  vaqtida  va  toʻliq  toʻlashni,  zarur  hujjatlarni  taqdim  etishni, 

tushuntirishlarni  talab  qilish  huquqiga  ega.  Ular  tekshiruvlar  oʻtkazish  va  tegishli 

sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Misol sifatida yagona 

soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisob-kitobini soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar 

toʻgʻrisidagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda taqdim etmaslik holatida sub’ektning 

javobgarlikka tortilishi boʻyicha soliq organlarining huquqini keltirish mumkin. 

Korxonalarda  soliqlar  boʻyicha  pul  oqimlarini  boshqarishda  soliqlarni 

rejalashtirishga  qarama-qarshi  ravishda  davlat  tomonidan  qoʻllaniladigan  chora-

tadbirlarni ham inobatga olish lozim. 

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish jarayonida ma’lum bir xatoliklar yuzaga 

kelishi  mumkin.  Ya’ni  soliqlarni  rejalashtirishda  kutilgan  natijaga  erisha  olmaslik 

natijasida  moliyaviy  yoʻqotishlarga  sabab  boʻluvchi  moliyaviy  risk  turi  hisoblangan 

soliq  risklari  yuzaga  kelish  ehtimoli  ham  yuqori  hisoblanadi.  Shu  boisdan  ham 

korporativ  soliq  menejmentining  alohida  yoʻnalishi  sifatida  soliq  risklarini 

boshqarishga alohida yoʻnalish sifatida koʻrib chiqiladi. 

Soliq riski tushunchasi soliq munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlarning oʻz 

majburiyatlarini  bajarish  borasidagi  faoliyati  davomida  yuzaga  kelishi  mumkin 




230 

 

boʻlgan  va  soliqlar  amal  qilishidan  bevosita  manfaatdor  boʻlgan  tomonlarning 



qoʻshimcha  moliyaviy  yoʻqotishlariga  sabab  boʻluvchi  xavf-xatarni  anglatadi. 

Bundan  koʻrinib  turibdiki,  soliq  risklarining  oldini  olish  bevosita  qoʻshimcha 

moliyaviy yoʻqotishlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Shu  oʻrinda  alohida  ta’kidlash  kerakki,  soliq  toʻlovchilar  tomonidan  soliq 

risklariga  atayin  yoʻl  qoʻyish  soliq  toʻlovchilar  uchun  ijobiy  natija  bilan  ham 

yakunlanishi  mumkin.  Masalan,  soliqqa  tortish  shartlaridagi  qonunchilikning 

yumshashi,  xususan soliq  huquqbuzarliklariga  qarshi  qoʻllaniladigan  chora-tadbirlar 

ta’sir  doirasining  yengillashuvi  soliq  toʻlovchi  zimmasidagi  soliq  yukining 

qisqarishiga  sabab  boʻladi.  Bunda  toʻlanishi  lozim  boʻlgan  soliq  summasi  toʻlovni 

kechiktirish  natijasida  qoʻllaniladigan  penya  yoki  jarima  miqdori  bilan  birgalikda 

hisoblab chiqiladi va unga parallel ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini 

ishlab  chiqarishga  joylashtirish  natijasida  olinadigan  tushum  hisob-kitobi  amalga 

oshiriladi  hamda  koʻrsatkichlar  oʻzaro  solishtiriladi.  Natija  soliq  toʻlovchi  uchun 

ijobiy  boʻladigan  boʻlsa  soliq  riskini  keltirib  chiqaruvchi  soliq  huquqbuzarliklari 

atayin sodir etiladi.  

Soliq  risklari  soliq  toʻlovchi  moliyaviy  holatiga  salbiy  ta’sir  koʻrsatish  bilan 

birga  davlatga  ham  oʻzining  salbiy  ta’sirini  koʻrsatishi  mumkin.  Bunda  soliq  yuki 

darajasining va soliq qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy yoʻqotishlarning 

oʻsishi  soliq  toʻlovchilar  moliyaviy  resurslarining  va  mulkiy  imkoniyatlarining 

pasayishiga  sabab  boʻlishi  bilan  birga  byudjet  daromadlari  tashkil  topish  manbalari 

sifatida soliq tushumlarining pasayishiga ham sabab boʻladi. 

Soliq  risklarini  samarali  boshqarishni  tashkil  etish  uchun  soliq  risklarini 

aniqlash va baholash, ularga ta’sir etish, ya’ni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun  esa  soliq  qonunchiligidagi  munozarali 

holatlarni  oʻrganib  chiqish  va  ularga  aniqlik  kiritish,  mavjud  risklar  monitoringini 

olib  borish,  risklarning  tasniflanishi  va  ularning  oqibatlarini  tahlil  qilish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shuningdek  soliq  risklarini  boshqarishda  korporativ  soliq 

menejmentining  yana  bir  tashkiliy  yoʻnalishi  hisoblangan  ichki  soliq  nazoratini 

oʻtkazish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Aksariyat  holatlarda  soliq  nazorati  deganda  davlat  soliq  organlarining  soliq 

toʻlovchilar faoliyatini oʻrganishga qaratilgan faoliyati va bu borada ularning amalga 

oshiradigan ishlari tushuniladi. Bunda soliq nazorati soliq toʻlovchilarning amaldagi 

soliq  qonunchiligiga  amal  qilish  darajasini  oʻrganishga,  soliq  huquqbuzarliklariga 

qarshi kurashga qaratiladi.  

Soliq  organlari  tomonidan  oʻtkaziladigan  soliq  nazorati  davrida  soliq 

huquqbuzarliklarining  aniqlanishi  soliq  toʻlovchilarga  nisbatan  amaldagi 

qonunchilikka  koʻra  qoʻllaniladigan  javobgarlik  choralari  qoʻllanilishiga  sabab 

boʻladi. Bu holat oʻz navbatida soliq toʻlovchining jiddiy  moliyaviy  yoʻqotishlariga 

sabab boʻladi.  

Soliq  huquqbuzarliklari  tufayli  qoʻshimcha  majburiyatlarning  yuzaga  kelishi 

va ularning  moliyaviy  yoʻqotishlarga  olib  kelishining oldini olish  maqsadida davlat 

soliq  nazoratidan  tashqari  korxonalarda  soliq  menejmentining  muhim  yoʻnalishi 




231 

 

hisoblangan  ichki  soliq  nazoratini  yoʻlga  qoʻyish  korxonalar  moliyaviy-xoʻjalik 



faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ichki  soliq  nazoratini  amalga  oshirishning  tartibi,  shakllari,  usullari  va  amal 

qilishi  korxonaning  faoliyat  koʻlami,  tashkiliy-huquqiy  xususiyatlari  bilan 

bogʻliqlikda oʻzaro farq qilishi mumkin. 

Korxonalarda  ichki  soliq  nazoratini  tashkil  etishdan  asosiy  maqsad  soliq 

organlari  tomonidan  korxona  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatini  tekshirishga  oid  nazorat 

oʻtkazilgunga qadar soliq xatolarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali moliyaviy 

javobgarliklarning oldini olishdir. 

Ichki  soliq  nazorati  tushunchasi  zamirida  umumiy  tizim  bilan  bogʻliqlikda 

korxonada  soliq  hisobini  tashkil  etishga  yoʻnaltirilgan  maqsadli  va  tizimli  faoliyat; 

soliqlar  va  ularga  tenglashtirilgan  toʻlovlar  boʻyicha  hisob-kitoblarining  toʻgʻri 

amalga  oshirilayotganligi  hamda  ularning  oʻz  vaqtida  toʻlanayotganligi  ustidan 

nazorat;  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  tekshiruvlar  oʻtkazilgunga  qadar 

yoʻl  qoʻyilgan  soliq  xatolari  va  soliq  huquqbuzarliklarini  bartaraf  etish;  soliq 

huquqbuzarliklariga nisbatan moliyaviy va ma’muriy choralarni kamaytirish yotadi. 

Korxonalarda  ichki  soliq  nazorati  soliqlar  boʻyicha  kamchiliklarni  bartaraf 

etishga  qaratiladi.  Bundan  asosiy  e’tibor  bevosita  xoʻjalik  yurituvchi  sub’ektlar 

buxgalteriya hisobi yuritilishiga qaratilishi kelib chiqadi. Ichki soliq nazoratini tashkil 

etish jarayoni haqida soʻz yuritganda, bunda birinchi navbatda buxgalteriya hisobida 

soliq xatolarining yuzaga kelish sabablari haqida toʻxtalib oʻtishga toʻgʻri keladi.  

Korxonalar  amaliy  faoliyatida  soliq  xatolarining  yuzaga  kelish  sabablarini 

quyidagicha tasniflash mumkin: 

-  birlamchi  hujjatlar  (buyruqlar,  dalolatnomalar,  shartnomalar,  yukxatlar, 

hisob-kitoblar,  hisobvaraq-fakturalar  va  boshqalar)ning  yoʻqligi  yoki  soliq 

qonunchiligi nuqtai nazaridan notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi; 

-  soliq  qonunchiligini  shartli  ravishda  notoʻgʻri  izohlash  (talqin  etish) 

natijasidagi xatolar; 

-  soliq  qonunchiligidagi  qarama-qarshiliklar  va  noaniqliklar  bilan  bogʻliq 

xatolar; 

- soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarga oʻz vaqtida e’tibor qaratmaslik; 

- arifmetik xatolar; 

-  soliq  inspeksiyalariga  soliqlar  va  ularga  tenglashtirilgan  toʻlovlar  hisob-

kitoblari va moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik

- soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik. 

Oʻrganishlar  shuni  koʻrsatadiki,  soliq  xatolarining  yuzaga  kelishiga  koʻproq 

sub’ektiv  omillar  sabab  boʻladi.  Oʻtkazilgan  kuzatishlar  va  tahlillarga  koʻra  75% 

soliq  xatolari  bevosita  inson  omili  bilan  bogʻliq.  Bunda  xodim  malakasining 

etishmasligi,  bee’tiborlik  (diqqat  bilan  ishlamaslik),  oʻz  majburiyatlarini  bajarishga 

sidqidildan  yondashmaslik  va  boshqalar  soliq  xatolarining  yuzaga  kelishiga  sabab 

boʻluvchi  asosiy  omil  sifatida  koʻzga  tashlanadi.  Korporativ  nazorat  tizimi  bilan 

bogʻliqlikda  soliq  hisob-kitoblariga  ta’sir  qiluvchi  sub’ektiv  omillarni  maksimal 

darajada qisqartirish va korxonaning soliq majburiyatlarini amalga oshirish paytidagi 




232 

 

xatolarini  yoʻqotish  ichki  soliq  nazoratini  tashkil  etishning  asosiy  maqsadlaridan 



biridir. 

Ichki soliq nazorati doirasida korxonalar miqyosida soliq tahliliga ham alohida 

e’tibor  qaratiladi.  Soliq  tahlili  oʻtkazilayotganda  soliqlar  va  majburiy  ajratmalar 

umumiy tahlili, soliq yuki tahlili, soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha qarzdorlik 

tahlili alohida-alohida tartibda ham koʻrib chiqiladi. 

Korporativ  soliq  menejmentini  tashkil  etishning  yana  bir  yoʻnalishi 

hisoblangan  korxonalarda  soliqlarni  qonun  doirasida  kamaytirish  boʻyicha  sxemalar 

ishlab  chiqish  aksariyat  holatlarda  soliqlarni  optimallashtirish  deb  ham  ataladi.  Bu 

jarayon soliqlarni rejalashtirishdan kelib chiqqan holda soliqlarni kamroq toʻlash yoki 

umuman  toʻlamaslik  imkonini  beruvchi  aniq  sxemalar  ishlab  chiqish  va  ulardan 

korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida foydalanishni nazarda tutadi. 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish