O`quv materiallari


 Korxonalarda investitsion strategiyani ishlab chiqish prinsiplari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

2. Korxonalarda investitsion strategiyani ishlab chiqish prinsiplari 

 Korxona  investitsion  strategiyasini  ishlab  chiqish  jarayonida  strategik 

investitsion qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish quyidagi asosiy prinsiplar asosida 

tashkil etilishi lozim. 



Invayronmentalizm  prinsipi.  Konstitutsionalizm  (tashkilotning  tashqi  muhit 

bilan 


investitsion 

munosabatlari 

yopiqligi)ga 

qarama-qarshi 

ravishda 

invayronmentalizm  korxonaga  tashqi  investitsion  muhit  bilan  faol  oʻzaro 

munosabatga  kirishuvchi,  oʻz-oʻzini  tashkil  etishga  qodir,  ya’ni  oʻziga  xos  makon, 

zamon  va  funksional  tuzilmalarga  ega  ochiq  tizim  sifatida  qaraydi.  Bu  korxona 

investitsion strategiyasini shakllantirish darajasining ba’zi sifatlarini ta’minlaydi.  

Muvofiqlik  prinsipi.  Korxona  iqtisodiy  rivojlanishining  umumiy  qismida 

birinchi  navbatda  operatsion  faoliyat  rivojlanishini  ta’minlovchi  investitsion 

strategiya umumiy strategiyaga nisbatan boʻysunchan xarakterga ega. Shuning uchun 

investitsion  strategiyada  strategik  maqsadlar  operatsion  faoliyat  yoʻnalishlari  bilan 

oʻzaro  muvofiqlashtirilgan  boʻlishi  lozim.  Bunda  investitsion  strategiyaga  korxona 

operatsion  faoliyati  strategik  rivojlanishiga  jiddiy  ta’sir  koʻrsatuvchi  korxona 

samarali rivojlanishini ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida qaraladi.   

Investitsion  strategiyani  amalga  oshirishni  ta’minlovchi  operatsion  faoliyat 

bazaviy strategiyalari quyidagilardir: 

-  cheklangan oʻsish strategiyasi

-  jadallashgan oʻsish strategiyasi; 

-  qisqartirish (siqish) strategiyasi; 

-  birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasi. 

Cheklangan  oʻsish  strategiyasida  mahsulotlar  assortimenti  barqarorligi  va 

ishlab  chiqarish  texnologiyalariga  ilmiy-texnik  taraqqiyot  natijalaridan  juda  past 

darajada  foydalaniladi.  Odatda  bu  strategiya  bozor  kon’yukturasining  nisbatan 

kuchsiz  tebranishi  va  raqobat  pozitsiyasining  barqarorligi  sharoitida  tanlanib, 

investitsion  strategiya  birinchi  navbatda  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish 

hajmining  cheklangan  oʻsishini  ta’minlovchi  takror  ishlab  chiqarish  jarayoni  va 

aktivlar oʻsishini samarali ta’minlashga yoʻnaltiriladi.  

Jadallashgan  oʻsish  strategiyasi  korxona  tomonidan  oʻz  faoliyatida  yuqori 

sur’atlarda taraqqiy etayotgan sohalarda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining yuqori 

darajada  qoʻllanilishini  oʻzida  aks  ettiradi.  Bunday  bazaviy  strategiya  asosidagi 

investitsion  strategiya  investitsion  faoliyatni  rivojlantirishning  yuqori  sur’atlarini 

ta’minlashning  zarurligini  hisobga  olgan  holda  tashkil  etiladi.  Shuningdek 

investitsion  faoliyatni  turli  shakllarda  va  yoʻnalishlarda  hududlar  va  tarmoqlar 

(sohalar) boʻyicha diversifikatsiyalashga harakat qilinadi. 

Qisqartirish  (siqish)  strategiyasiga  korxonaning  hayotiy  sikli  soʻnggi 

bosqichlarida,  shuningdek  iqtisodiy  rivojlanishning  inqiroz  fazasida  koʻproq  e’tibor 



145 

 

qaratiladi. Oʻz mohiyati boʻyicha bu strategiya ortiqcha faoliyatlardan voz kechishni 



anglatadi.  U  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  hajmi  va  assortimentini  qisqartish, 

bozorning  alohida  segmentidan  chiqish  va  boshqalarni  nazarda  tutadi.  Bunday 

sharoitda  investitsion  strategiya  boʻshayotgan  kapital  uzoq  muddatli  moliyaviy 

barqarorlikni  ta’minlovchi  investitsiyalash  ob’ektlarida  foydalanish  asosida  yuqori 

aylanuvchanlikni ta’minlashi lozim.  

Birlashtirish 

(kombinatsiyalash) 

strategiyasidan 

yirik 

korxonalarning 



investitsion  faoliyatni  tarmoq  va  hududlar  boʻyicha  keng  diversifikatsiyalashida 

foydalaniladi.  U  turli  tipdagi  xoʻjalik  yuritishning  strategik  zonalari  yoki  strategik 

xoʻjalik markazlari alohida strategiyalarini oʻzida birlashtiradi. Korxona investitsion 

strategiyasi  strategik  boshqaruvning  alohida  ob’ektlari  boʻyicha  ularni 

rivojlantirishning strategik maqsadlari bilan bogʻliqlikda tabaqalashtiriladi.  

Kombinatsiyalash prinsipi. Bu prinsip investitsion faoliyatni strategik, joriy va 

operativ  boshqarishning  oʻzaro  yaxlitligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Korxona 

tomonidan ishlab chiqilgan investitsion strategiyaning investitsion faoliyatni strategik 

boshqarish  jarayonidagi  muhimligidan  kelib  chiqqan  holda  strategik  rejalashtirishga 

alohida e’tibor qaratiladi. Investitsion faoliyatni strategik boshqarish asosida korxona 

investitsion  portfelini  shakllantirishga  qaratilgan  taktik  (joriy)  boshqaruv  

shakllantiriladi.  Oʻz navbatida taktik  boshqaruv  alohida  real investitsion loyihalarni 

amalga  oshirish  va  moliyaviy  instrumentlar  portfelini  qayta  tarkiblash  yoʻlida 

investitsion faoliyatni operativ boshqarishning bazasi hisoblanadi. 

Investitsion  portfelni  shakllantirish  oʻrta  muddatli  boshqaruv  jarayoni  boʻlib, 

strategik  qarorlar  va  korxonaning  joriy  investitsion  imkoniyatlari  doirasida  amalga 

oshiriladi. 

Real  investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  va  moliyaviy  instrumentlar 

portfelini  qayta  tarkiblashni  operativ  boshqarish  qisqa  muddatli  boshqaruv  jarayoni 

hisoblanadi  va  alohida  investitsion  loyihalar  va  moliyaviy  instrumentlar  boʻyicha 

operativ qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishni, zarur hollarda investitsion portfelni 

qayta koʻrib chiqish haqida qarorlar tayyorlash nazarda tutadi. 

Strategik  boshqaruvni  asosan  tadbirkorlik  stiliga  yoʻnaltirish  prinsipi. 

Korxonaning istiqbolga yoʻnaltirilgan investitsion xatti-harakatlari ikkita stil boʻyicha 

oʻzaro farqlanadi: konservativ stil va tadbirkorlik (agressiv) stili.  

Konservativ  stil  qabul  qilinadigan  strategik  investitsion  qarorlarning  mumkin 

boʻlgan variantlarini minimallashtirish orqali investitsion faoliyat boʻyicha strategik 

maqsadlar  qoʻyilishini  oʻzida  ifodalaydi.  Ya’ni  bunda  investitsion  faoliyat 

yoʻnalishlari  va  shakllarining  muhim  oʻzgarishlari  faqatgina  operatsion  faoliyatni 

oʻzgartirish jarayonida amalga oshiriladi. Konservativ oʻsish stili korxona faoliyatini 

yuqori risklilik sharoitida yuqori foyda olishga yoʻnaltirishni inkor etadi va minimal 

foydani ta’minlovchi operatsion faoliyatga qaratiladi.   

Investitsion  faoliyatning  tadbirkorlik  stili  asosini  korxona  tomonidan  doimiy 

ravishda  investitsion  faoliyat  barcha  yoʻnalishlari  va  shakllari  boʻyicha  samarali 

investitsion qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Mazkur stil qoʻllanilganda investitsion 

faoliyatni amalga oshirishning yoʻnalishlari, shakllari va metodlari tashqi investitsion 

muhit omillarining oʻzgarishini inobatga olgan holda doimiy almashtirib boriladi. 



146 

 

Investitsion  moslashuvchanlik  va  muqobillik  prinsipi.    Investitsion  strategiya 

tashqi investitsion muhit omillarining oʻzgarishiga moslashuvchanlikni hisobga olgan 

holda ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari strategik investitsion qarorlar 

asosida  investitsion  faoliyatni  amalga  oshirishning  yoʻnalishlari,  shakllari  va 

metodlarining  mumkin boʻlgan  (muqobil)  variantlarini  doimiy  qidirish, ulardan  eng 

yaxshisini  tanlash  va  shu  asosda  umumiy  investitsion  strategiyani qurish  hamda  uni 

samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerak.  



Innovatsion  faoliyat.  Investitsion  strategiyani  shakllantirishda  investitsion 

faoliyat  orqali  korxonaning  bozordagi  raqobat  pozitsiyasini  oshirishni  ta’minlovchi 

texnologik  yangiliklarni  joriy  etishga  bosh  mexanizm  sifatida  qaraladi.  Nafaqat 

investitsion  strategiyani,  shu  bilan  birga  korxonaning  strategik  rivojlanish  umumiy 

maqsadlarini amalga oshirishda ham ilmiy-texnik taraqqiyotning soʻnggi natijalaridan 

foydalanishga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Mazkur  prinsip  aynan  yuqoridagilar  bilan 

izohlanadi. 

Investitsion  risklarni  minimallashtirish  prinsipi.  Amaliy  jihatdan  korxonada 

investitsion  strategiyani  shakllantirish  jarayonida  qabul  qilingan  barcha  investitsion 

qarorlar investitsion risklarga duch keladi. Har bir korxonada investitsion strategiyani 

ishlab chiqish jarayonida riskka munosabat boʻyicha turli investitsion xatti-harakatlar 

bilan bogʻliqlikda ularga yoʻl qoʻyishning mumkin boʻlgan darajasi tabaqalashtirilgan 

holda oʻrnatilishi lozim. 



Asoslanganlik  prinsipi.  Investitsion  strategiyalarning  alohida  parametrlarini 

ishlab  chiqish  va  uni  amalga  oshirishni  nafaqat  bilim,  shu  bilan  birga  malaka  va 

boshqaruv  tajribasiga,  shuningdek  investitsion  madaniyatga  ega,  professional 

mutaxassislar – moliyaviy menejerlar ta’minlashi lozim. 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish