Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1.1-topshiriq.
Ajratilgan so‘zlarni sinonimlari bilan almashtiring. So-
dir bo‘lgan uslubiy va grammatik o‘zgarishlarni aniqlang. Hikoyadan chiqargan
xulosangizni bir jumlada ifodalang.
HIKOYAT
Sulton Mahmud o‘tin orqalab ketayotgan bir
chol
ni uchratib,
rahmi
kelibdi:
– Hoy qariya, – debdi u, – shu og‘ir
mehnat
dan qutulishing uchun
senga uch-to‘rt dinor oltin beraymi yoki bitta eshak bersam bo‘ladimi,
uch-to‘rt qo‘y
in’om qilaym
i yoki biror bog‘ ajratib beraymi?
– Ey sultonim,
oltin
bersang, belimga bog‘lab olar edim, bergan
eshagingni minib, qo‘ylarni oldimga solib, bog‘ga borar edim va qolgan
umr
imni seni duo qilib chorbog‘da o‘tkazar edim, – debdi chol.
Sultonga bu gap ma’qul tushib, xuddi shunday qilishga
farmon
beribdi.
(
Ubayd Zokoniy
)
1.2-topshiriq.
Quyidagi so‘zlarning ma’nolarini izohli lug‘atdan aniqlab,
lug‘at daftaringizga ko‘chiring:
fasohat, yukunmoq, safolat, arkon, havza, sirg‘oq,
valakisalang, mahdud
.
2-mavzu.
PUBLITSISTIK USLUB
2.1-mashq.
Quyida nutq uslublari janrlariga xos misollar berilgan. Ularni
davom ettiring.
Hikoya, roman, drama, g‘azal…
Ocherk, felyeton, reportaj, intervyu…
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
http://eduportal.uz
8
Ariza, e’lon, dalolatnoma, farmon…
Ma’ruza, monografiya, maqola, patent…
Askiya, gurung, alqash, qarg‘ish...
2.2- mashq.
Berilgan parchalarni ifodali o‘qing.
I. Hayot – ajoyib o‘qituvchi: insho yozdiradi, o‘zingga tekshirtiradi,
bahoni esa boshqalar qo‘yadi. U hech kimga yo unvon, yo guvohnoma
bermaydi. Faqat ba’zi o‘quvchilargina „chipta“ni o‘zlari yasab olishadi,
yonveridagilarni aldab-ishontirib yurishadi. Hayot esa bir kulib qo‘yib,
o‘zining abadiy inshosini davom ettiradi. O‘zingga tekshirtiradi. Bahoni
boshqalar qo‘yadi... (
Omon Matjon
)
II. X asrning mashhur olimi, jarrohlik ilmining otasi sanalmish
Qosim al-Zahraviy bugungi kunda ham jarrohlik amaliyotlarida qo‘llanib
kelayotgan bir qancha anjomlarni ixtiro qildi. Bu asboblar qatorida
skalpel, jarrohlik qaychisi va ignasi bor edi. Bundan tashqari u tibbiyotda
ketgut – tanada so‘rilib ketadigan tikuv ipini ham kashf qilgan. (
t/me:
onalar kanali
)
III. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3- ap -
reldagi 173- sonli qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘-
risidagi huj jatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz)
amalga oshiriladigan holatlar kengaytirildi.
Eslatib o‘tamiz: diplomni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha arizalar Davlat
xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
orqali qabul qilinadi. (
www.edu.uz
)
IV. Kechqurun to‘y! Bu shodiyonadan hamma xursand, men ham
yig‘ilgan bolalarga qo‘shilib shov-shuv ko‘taraman, dam shotutga o‘rmalab,
kaptar uyalaridan tuxum qidiraman…To‘satdan mirzaterakka chirmashib
o‘sgan aymoqli tok orasidan buvimning boshi ko‘rinadi. U meni imlab
chaqiradi, qo‘lidagi ro‘molidan do‘ppimga ikki-uch bosh chillaki uzum
soladi:
– Bor, mehmonxonaga eltib ber. Tog‘ang bilan kelinoying… tatib
ko‘rishsin. (
Odil Yoqubov
)
V. Bakovul oqsoqollar beliga bittadan to‘nlik beqasam boyladi.
– Balli, kuchlaringiz barobar ekan! – dedi. Oqsoqollar bo‘sh kelmadi.
– Eb-ey, nimalar deyapsiz, rais bova? – dedi Hotam polvon. – O‘n-
gimga kelib edi-yu, tag‘in, Bo‘ri polvonning biron yeri lat yemasin
dedim-da!
http://eduportal.uz
9
– Nima-nima? – dedi Bo‘ri polvon. – Ukkag‘ar Hotam polvon-e!
Sizga o‘xshaganlarni manavi chinachog‘im bilan yiqitaman, ha! (
Tog‘ay
Murod
)
Do'stlaringiz bilan baham: |