Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/71
Sana25.03.2023
Hajmi1,21 Mb.
#921524
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

 
 
Tayanch iboralar:
jamoa, guruh, katta guruh, kichik guruh, rasmiy guruh, norasmiy 
guruh, referen guruh, konformizm, liderlik, superliderlik, fasilitatsiya, ingibitsiya, negativizm, 
uyushqoqlik, etnik guruh, etnopsixologiya... 
Mavzuning qisqacha mazmuni va dolzarbligi:
Jamoa va guruh tushunchalari. Katta va 
kichik guruhlar klassifikatsiyasi. Guruhda o‘zaro moslik va psixologik muhit. Guruhiy qaror 
qabul qilish va uning omillari. Guruhda boshqaruv muammosi. Muloqot jarayonidagi nizoli 
vaziyatlar. Konformizm va uning oqibatlari. Ijtimoiy ta’sir (fasilitatsiya va ingibitsiya) hodisasi. 
Liderlik. Liderlik usullari va nazariyalari. Superliderlik tushunchasi. Superliderlikni shakllanish 
bosqichlari. 
Jamoa va guruhlarga xos qonuniyatlar va ulardagi shaxslararo munosabatlar haqida 
bilimga ega bo‘lish. 
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga 
oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan 
individning o‘zi yo‘q, inson jamiyatda yashar ekan, u doimo turli o‘ziga o‘hshash shaxslar bilan 
muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y 
beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga 
oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan 
biridir.
Psixologik ma’noda 
guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda 
umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir
.
Demak, odamlar guruhi tashkil 
topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. 
Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p: o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga 
xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada 
biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor – 
bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. 


Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil 
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 
Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil 
etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya 
qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning “Ijtimoiy psixologiya” darsligidagi 
klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar 
guruhini avvalo 
shartli va real guruhlar
ga bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda 
to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va 
odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning 
soniga qarab 
katta, kichik guruhlar
ga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning 
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan 
turlarga, kichiklari esa o‘z navbvtida endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksak 
pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun 
ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishga o‘tamiz.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish