Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Sultoniya episkopining esdaligidan



Download 2,15 Mb.
bet91/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Sultoniya episkopining esdaligidan


“Uning ismi Temurbek. Temurning ma’nosi – metall, bek esa hukmdor degani. Dushmanlari uni “Temurlang” deb atashadi. Sababi uning bir oyog‘i oqsaydi. SHuningdek, Temurbekni Eronda “Miri tabam” – “Ulug‘ yo‘lboshchi” ham deyishadi.


Saltanati poyonsiz: tasarrufidagi hududning bir uchidan ikkinchi uchiga borish uchun sayyoh bir yil yurishi lozim bo‘ladi. Mana shu masofalarda to‘liq xavfsizlik ta’minlangan. Oddiy yo‘lovchilardan tortib, savdo karvonlarigacha shu yo‘llar bo‘ylab erkin harakat qilishadi.
Temur arab, fors va turk tillarida erkin so‘zlashadi. U kalom ilmida va islom huquqshunosligida shu qadar beqiyos bilimga egaki, biror bir musulmon ulamosi ilmiy bahs va munozarada uni enga olmagan”45. Darhaqiqat, sohibqiron juda ko‘p kitob o‘qiganligi, mamlakatlar tarixi, geografiyasi, iqlimi, urf-odatlari, tili, dini madaniyati, o‘simlik va hayvonot olami haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, biror yurtga yurish qilmaganligi manbalardan ma’lum.
“U olimlarni, shoirlarni bag‘oyat qadrlaydi. Ularga hurmat ko‘rsatadi.
Buning sababi uning o‘zi ham olim ekanidadir”.
“Agar biror-bir ayolga zo‘rlik ishlatilsa yoki Temurbekning tasarrufidagi hududda biror-bir talonchilik ro‘y bersa, bu ishni qilganlarni shafqatsiz jazolaydi”46.
Herman Vamberi bunday tasvirlaydi: “Temur o‘z hokimligi bilan yangi sulolani va turk madaniyati deb atalmish O‘rta Osiyo madaniyatining yangi davrini boshlab berdi. Izdoshlariga qo‘llanma o‘laroq “Qonunlar” asarining muallifi sifatida O‘rta Osiyoga keng tanildi.
Temur Osiyoning hamma qismidan xazina va boylik yig‘di, lekin ularni xasis odamlar kabi saqlamadi. Birinchidan, uning saroyining boy va hashamatliligi, ikkinchidan esa, qarorgohini, shahrini bezab turuvchi ulkan va muhtasham binolar qurdirgani isbotlaydi. SHuning uchun ham, Temurni CHingizxon bilan bir qatorga qo‘yib, uni mustabid hokim deb atovchilarning




45Brion Marselь. Menkim, sohibqiron – jahongir Temur. (Marselь Brion – Fransiya.Tarjimonlar: F.Ro‘ziev, F.Tilovatov) –T.:YAngi asr avlodi, 2014. – 19- b.


46 O‘sha asar.19-b.
fikrlari ikki tomonlama xatodir, u avvalo, o‘zining g‘olibona qurolini zamonasining odatiga ko‘ra ishga solgan osiyolik hokim edi”.
Sohibqiron Amir Temurning suvrat va siyratlarini tarixchi ibn Arabshoh esa quyidagicha tasvirlagan: “Temur gavdasi kelishgan, uzun bo‘yli odam, peshonasi ochiq, boshi katta, ovozi jarangdor, yoqimli bo‘lib, kuchi-quvvati jasurligi bilan teng-mutanosib edi, oqish yuzini och qizil rang jonlantirib turardi. Elkalari keng, yag‘rindor, barmoqlari to‘liq, qovurg‘alari uzun, muskullari kuchli edi. Uzun soqol qo‘yib yurardi… Qarashlari nihoyatda yoqimli edi. O‘limni aslo pisand qilmasdi, qarigan chog‘ida ham aql- zakovatini, dovyurakligini yo‘qotmagan edi. U yolg‘on-yashiqning dushmani bo‘lib, hazil uning ko‘ngliga yoqmasdi. O‘z huzurida talon-torojlik, qotillik, jinoiy ishlar haqida gapirishga aslo yo‘l qo‘ymasdi. U haqiqat qanchalik achchiq va qattiq bo‘lmasin, uni eshitishni ma’qul ko‘rardi. YAxshi va yomon holatlar uning kayfiyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasdi. Jasur askarlarning do‘sti, nihoyatda mard va botir bu odam kishilarni o‘zini hurmat qilishga, o‘ziga bo‘ysundirishga majbur eta bilardi”.
Tarixchi G.Veber Sohibqironni quyidagicha tasvirlaydi: “Temur dushmanlariga haddan tashqari ayovsizu, lekin lashkarboshi, hokim va qonunchi sifatida buyuk iste’dod sohibi edi. YOlg‘onni yomon ko‘rar, bilimga muhabbat qo‘yishdan mahrum emas edi. Uning saroyida shoirlar, olimlar, mashshoqlar va mistiklar (so‘fiylar) ko‘p bo‘lardi. Lekin kayfi chog‘, ruhi tetik vaqtida u odil sud’ya, ilm-fan rahnamosi, maroqli suhbatni xush ko‘rardi, rassomlar va olimlarning homiysi edi”.
Tarixchi olim B.Bartolьd esa “Temur … Qobil vodiysi va Mug‘on cho‘li kabi Samarqanddan uzoq bo‘lgan joylarda ham ulkan sug‘orish ishlari olib bordi”, - deya Amir Temurning obodonlashtirish siyosatini olib borganligini qayd etadi.
Amir Temur jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va mohir sarkarda, fan va madaniyat homiysi bo‘lgan. Amir Temur o‘sha davrning bir qator mutasavviflari, xususan, Amir Kulol, SHamsiddin Kulol, Sayyid Baraka, Zayniddin Abu Bakr Toyobodiy, Bobo Sungu, Xoja Ali kabi shayxlar bilan do‘stlik rishtalarini bog‘lagan, ularning piru ustozlari bo‘lmish ko‘plab aziz-avliyolar mozorlari ustiga maqbaralar tiklagan. Xususan, O‘trorda Arslonbob, YAssida Ahmad YAssaviy, Samarqandda Sayyid otaning shogirdi CHo‘pon ota, Qozig‘urt (CHimkent viloyati)da SHayx Ismoil ota va uning o‘g‘li shayx Xoja Ishoq ota, Toshkentda Zangi ota mozorlari ustiga maqbaralar qurdirgan.
Temuriylar avlodidan ko‘plab qalam ahli chiqqan. Bu esa temuriylar xonadonida farzandlar tarbiyasida yaxshi an’analarning joriy etilgani sabablidir. Donishmand va mehribon momolar tarbiyasi Amir Temur avlodlari etishib chiqishiga xizmat qiladigan katta bir an’anaga aylanadi. Avval shahzodalarning zukko Saroymulkxonim tarbiyasiga topshirilishi, keyinroq bu vazifani SHohruh Mirzoning aqlli va tadbirli rafiqasi Gavharshodbegimning ado etishi Temuriylar sulolasi munosib davomchilarining voyaga etishida yordam bergan. Mirzo Bobur ham Andijonda ko‘pni ko‘rgan momosi Eson Davlatbegim tarbiyasida sog‘lom va dovyurak yigit bo‘lib voyaga etadi. Bobokaloni Amir Temurdan boshlangan sog‘lom avlod tarbiyasiga oid yaxshi an’analarni Bobur Mirzoning Hindistonda qudratli davlatni boshqargan o‘g‘li Humoyun, nevara va chevarasi Akbarshoh bilan SHohjahonlar ham davom ettiradilar.
Amir Temur hayoti va faoliyatini o‘rganishda uning adolatli bo‘lganligiga ahamiyat qaratish joiz. Adolat insoniyat ma’naviy qadriyatlarining oliy ko‘rinishi bo‘lib, baxt, ozodlik, tenglik, tinchlik tushunchalari kabi inson erki va irodasini o‘zida ifoda etadi. SHuning uchun ham, Sohibqiron Amir Temur o‘zining oltamg‘alik muhriga “Rosti-rasti” ya’ni “Kuch adolatdadir” degan so‘zlarni yozdirgan. Adolatni bayroq qilgan Sohibqiron davlati gullab- yashnagan. Amir Temur o‘z davrida qonun ustuvorligini, u hamma uchun barobar ekanligini ta’minlagan davlat arbobi edi. U etti yillik (1399-1404) harbiy yurishdan qaytib kelgach, bozor maydonida mansabini suiste’mol qilgan bir vazirni, molini ortiq narxda sotgan bir necha kosibni hammaning oldida tergab-tekshirib jazoga buyurgani ma’lum. Lui Gonsales de Klavixo “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaliklari”(1403-1406) asarida “Temurbek ba’zi do‘kondorlarni, go‘shtni qimmat narxda sotgan qassobni, molini ortiq bahoda sotgan maxsido‘zlarni, etikdo‘zlarni jazoga buyurgan”ligini misol tariqasida keltiradi.
Amir Temur jangchilarga dushmanga ham haqoratomuz gap aytmasliklarini, kishining sha’ni, qadr-qimmatini erga uradigan noloyiq so‘z ishlatishlarini man qilgan. Agar janggohlarda birov raqibini noloyiq so‘zlar bilan so‘ksa, bundan amir xabar topsa, qattiq jazolangan.
Amir Temur butun faoliyati davomida amal qilgan o‘n ikki tamoyildan biri “naslni buzuvchi... zulm va buzuqchiliklardan saqlanishni farz deb bilishdir”. Buzuqlik deganda Amir Temur, avvalo, axloqiy buzuqlikni, shahvat, ichkilikbozlik va giyohvandlikni nazarda tutadi. O‘z qalamravida bunday illatlarni qat’iyan ta’qiqlovchi qonun va farmonlar chiqaradi. Bu qonunlarni buzuvchilar bo‘lsa, ularni ayovsiz jazolaydi.
Uchinchi o‘g‘li Mironshoh o‘n sakkiz yoshida o‘n ming kishilik qo‘shinni boshqaradi, juda ko‘p harbiy yurishlarda dovyuraklik namunalarini ko‘rsatadi. Amir Temurning Tabrizdagi ishonchli vakili sifatida Ispaniya, Fransiya va Italiyadan kelgan elchilar bilan samarali muzokaralar olib boradi. Uning Amir Temurday ulug‘ odamga munosib o‘g‘il sifatida xalqaro miqyosda oqilona ish yuritganini G‘arbiy Evropadan kelgan elchilar o‘z esdaliklarida yozib qoldirishgan. Ammo 1399 yili Mironshoh otdan yiqilib, boshi qattiq lat eydi. Mazkur hodisa tufayli miyasiga zarar etadi, uning aqliy quvvati va irodasi susayadi. Bundan oqilona foydalangan g‘animlar Mironshohni yomon ishlarga da’vat qilib, qo‘llab-quvvatlaydilar. U ichkilikka, fahsh ishlarga berilib ketib, xazina boyliklarini ko‘kka sovuradi, begunohlarni qatl ettiradi. Atrofdagi “do‘stlari”ning tuhmatiga ishonib, o‘z jufti halolini ham kaltaklaydi. Vaholanki, temuriylar xonadonida ayollarga hurmat, ehtirom bilan munosabatda bo‘lingan. Amir Temurning ayol zotiga munosabatini bilgan kelini Xonzodabegim Tabrizdan Samarqandga keladi va bo‘lganlarni qaynotaga so‘zlab beradi. Amir taftish o‘tkazib, o‘g‘li Mironshohni taxtdan chetlashtirib, o‘rniga nabirasi Abubakr Mirzoni tayinlaydi. Sog‘ligi zaifligidan foydalanib, yomon yo‘lga boshlagan “do‘stlar”ni ayovsiz jazolaydi.
Amir Temur faoliyatida sog‘lom avlod tarbiyasi birinchi o‘rinda turadi. U barpo etgan kuchli davlatni har tomonlama sog‘lom avlodgina boshqara olishi mumkinligini juda yaxshi anglagan.
“Men SHohruhga dedim: “Bu dunyoda hukmdorni yo‘ldan uradigan, uni tanazzulga boshlaydigan yovuz bir kuch bor. Agar sen mening yo‘g‘imda mamlakatni munosib boshqaraman, desang – undan uzoq bo‘l! Bu yovuz kuch – yalqovlik va maishatga moyillik. Agar sen men bergan mamlakatni munosib boshqarmoqchi bo‘lsang, agar dushmanlaring seni hokimiyat tepasidan uloqtirmasin desang – maishatboz bo‘lmasliging kerak. Loaqal bir marta may tatisang, bor-yo‘g‘i bir marta begona oychehra go‘zalning og‘ushida yotsang, bilib qo‘y, ertasi kuni qo‘ling ishga bormaydi. Sen yana no‘shakni va to‘shakni qo‘msab qolasan, u esa girdob kabi seni aylantira-aylantira axiyri tubiga tortib ketadi. Hokimiyat tepasidan uloqtirilgan, toju taxtidan mosuvo bo‘lgan barcha hukmdorlarning qismatiga boq: barisining omadsizligiga bir sabab ko‘rasan – mayxo‘rlik, ishratparastlik.
Sen biror-bir dehqonning yoki temirchining shunday ahvolga tushganini ko‘rganmisan – yo‘q! Ular o‘z kasbiga mehr qo‘yganlar, serhosil dalasidan zavqlanadi ular. Mehnatning mahsulidan shavq tuyadi. Bekorchi ishlar uchun ularning ortiqcha vaqti ham yo‘q, naqdi ham yo‘q. Bu narsalar senda ham yo‘q aslida, biroq davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ysang – vaqt topasan,
davlat xazinasini sovursang – naqd topasan. Bu esa yaxshilik bilan tugamaydigan ishdir!” (Marselь Brion. “Menkim, sohibqiron – jahongir Temur”. 476-bet)



Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish