Kechirim so‘rashni o‘rganing
Har qanday xatoga yo‘l qo‘yganingizda “Kechirim” so‘rashni unutmang. Ba’zan bajarishga ulgurmay qolgan vazifalar uchun ham ota-onadan, ustozdan, rahbarlardan, albatta, uzr so‘rash shart.
Boshqalarga yordam bera olmagan holda ham “uzr” so‘raladi. (Garchi yordam so‘rayotgan o‘zidan kichik bo‘lsa ham.)
Bexosdan turtilib ketganda yoki shoshib turganda boshqalarning oldidan kesib o‘tish kerak bo‘lganda ham kechirim so‘rash lozim.
Bilib qo‘yish kerak
Bolalikdan Sizga ota-onangiz, tarbiyachi va ustozlaringiz o‘yinchoq va shirinliklarni o‘rtoqlaringiz bilan bo‘lishishga o‘rgatishgan. Ammo hamma narsani ham o‘rtoqlar bilan bo‘lishib bo‘lmaydi. Ana shu chegarani biling. Ota- onangiz olib bergan qimmatbaho narsalarni ularning ruxsatsiz o‘rtoqlarga foydalanishga berish mumkin emas.
Xuddi shuningdek, boshqalarga tegishli bo‘lgan qimmatbaho, urinishi, buzilishi mumkin bo‘lgan narsalarni so‘rashdan, foydalanishdan o‘zni tiyish kerak. YOsh bola singari iltimos qilib turib olish, xafa bo‘lishga haqli emassiz.
Tafakkur durdonalaridan namunalar
Ustoz o‘z o‘quvchilaridan so‘radi:
Nega odamlar janjallashganda qichqirishadi?
Nega deganda, ular osoyishtalikni yo‘qotishadi, – dedi biri.
Agar boshqa odam yonginasida turgan bo‘lsa, qichqirishning nima keragi bor? Bunga zaruriyat bormi?
O‘quvchilar o‘z javoblarini taklif etardilar, lekin hech biri Ustozni qoniqtirmadi. Oxiri u tushuntirdi:
Odamlar bir-biridan norozi bo‘lsa va janjallashsa, ularning qalblari uzoqlashadi. Bu masofani qoplash va gapini eshittirish uchun, qichqirishlariga to‘g‘ri keladi. Qanchalik jahl kuchliroq bo‘lsa, shunchalik qattiqroq baqiriladi. Agarda bir-birlariga mehrlari tovlansa, baqirishmaydi, aksincha, past ovozda gaplashishadi. CHunki qalblari juda yaqin bo‘ladi, o‘rtalaridagi masofa mutlaqo kichik.
Keyin yana savol berdi:
Kuchli sevishganda nima sodir bo‘ladi?
Gapirishmaydi, birgina pichirlashishadi, – deyishdi shogirdlari.
CHunki o‘z sevganlari bilan yanada yaqinlashishadi. Oxiri ularga pichirlash ham kerak bo‘lmaydi. Faqat bir birlariga qarashadi va hamma narsalarni so‘zsiz tushinishadi.
SHunday ekan, bahslashganingizda yuraklaringiz uzoqlashishiga yo‘l qo‘ymang, oralaringizdagi masofani yanada ko‘paytiradigan so‘zlarni aytmang. CHunki aksi bo‘lganda, u shunchalik katta bo‘ladiki, siz orqaga yo‘l topolmaysiz.
Kasalga nima ediraylik? – deb so‘rabdilar Luqmoni Hakimdan.
Achchiq so‘zdan boshqa nima edirsangiz ediravering, - debdi Hakim.
Ko‘p gapiradigan, gapni cho‘zadiganlar bilan qanday muomala qilish kerak? – deb so‘rabdilar Forobiydan.
Ko‘p gapirganni kam tinglash kerak! – debdi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |