many
so`zidan oldin
how
so`zi turmaydimi?
Agar "Ha" bo`lsa how many birikmasi "qancha" so`zi orqali tarjima qilinadi.
Agar "Yo`q" bo`lsa, unday vaqtda bu so`zning oldida as so`zi kelmaydimi?
Agar "Ha" bo`lsa, as many "shuncha" deb tarjima qilinadi.
Olingan natija tahrirga muhtoj bo`ladi. Ba'zan mashina so`z shakllarini,
so`zning fonetik
variantini, gapda so`zlar tartibini noto`g`ri tanlab qo`yish mumkin. Mashina ba'zi
o`rinlarda so`zning optimal varianti bilan qavs ichida imkoniyat darajasidagi
variantni ham keltirishi mumkin. Shu bilan birgalikda mashina xotirasida keraqli
so`z bo`lmasa, bu so`zni tarjima qilmasdan original tildagi shaklda beraveradi.
6. Ko`rinadiki, avtomatik tarjima kibernetika bilan tilshunoslikning o`zaro
mustahkam aloqasi tufayli amalga oshadi. Bu jarayonda dasturchi albatta tarjimaga
berilayotgan va tarjima qilinayotgan tillarning o`ziga xos fonetik, grammatik
xususiyatlarini, leksik imkoniyatlarini, leksemalarning semik tuzilishlarini yaxshi
egallagan bo`lishi kerak.
7. Avtomatik tarjima birinchi martda 1954 yilda Amerikaning Nyu-York
shahrida sinab ko`rildi. Unda ayrim iboralar rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi.
Shundan so`ng bu muammo bilan Fransiya, Kanada, Rossiya kabi bir necha
mamlakatlar shug`ullana boshladi. Avtomatik tarjimaning bar qator sistemalari
vujudga keldi: SISTRAN (AKD1, Kanada, Yevropa), LOGOS (AQSh), KULT
(Gonkong) va boshqa. Sobiq sho`rolar davrida avtomatik tarjima ilk marta
I.K.Belskiy va D.Yu.Panovlar tomonidan 1954-yilda SSSR FA Aniq mexanik va
hisoblash texnikasi institutida sinab ko`rildi. I.K.Belskiy algoritmning lingvistik
asoslarini, D.Yu.Panov amalga oshirish dasturini ishlab chiqdi.
8. Hozirgacha mashina xotirasiga kiritilgan so`zlarning hajmi 1000 dan
oshmaydi. Bu imkoniyat bilan faqat ilmiy-texnik va qisman rasmiy matnlarni
tarjima qilish mumkin. Ko`pma'nolilikka, obrazlilikka asoslangan badiiy matnlarni
tarjima qilish avtomatik tarjima oldida turgan eng dolzarb muammolardandir.
Ayrim mutaxassislar badiiy asarni mashina yo`li bilan tarjima qilish mumkinligiga
shubha bilan qaraydilar. Chunki badiiy asar tilida o`n minglab so`zlar ishlatiladi.
Shu bilan birga bu so`zlar bir necha ko`chma ma'nolarda qo`llanilgan, ifodalilik,
ekspressiv-emotsional ma'nolarga yo`q`rilgan bo`ladi. Mashina bilan tarjimada
matn mazmunidan tashqari, asar muallifining o`ziga xos bo`lgan individual uslubi,
badiiy-estetik quvvati, qo`yinki, asarning barcha badiiy xususiyatlarini ta'minlab
turuvchi badiiy-tasviriy vositalarini, xilma-xil leksik-grammatik vositalar
yordamida hosil qilingan asarning butun go`zalligini berish kerak bo`ladi. Bo`larni
mashinada berish uchun esa formallashtirish, algoritmga solish nig`oyatda kiyin
kechadi. Shuning uchun ham ular buni amalga oshirish amalda mumkin emas deb
o`ylaydilar.
Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar va axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar:
1.
Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent:
Sharq, 2001.
2.
Джураев А.Б. Теоретические основы ареального исследования
узбекоязычного массива. –Тошкент: Фан ,1991.
3.
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest,
2006.-B.17
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз
билан бирга қурамиз. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017
2.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини
таъминлаш- юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови.
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.
3.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликдабарпо этиш. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2016.
4.
Мирзиёев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб – интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир рахбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши
керакю тошкент, Ўзбекистон нашриёти. 2017.
5.
Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of
Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68.
6.
Mo‘minov N. Kibernetikaning metodologik masalalari T. 1984
7.
Sodiqov K. Kibernetika va uning ba’zi falsafiy masalalari. - T.2000
8.
Shermatov A. Lingvistik geografiya nima? T. 1981.
Do'stlaringiz bilan baham: |