Mavzuga oid masalalar
Mamlakat hukumati avtomobillarga import kvotani bir yilga 600 donadan iborat kiritgan. Avtomobillarga jahon narxi bir dona uchun 6000 doll. Mamlakatda kvota kiritilgandan keyin ichki narx bir dona uchun 7000 dollargacha ko’tarildi. Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki ishlab chiqarish hajmi yiliga 1200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa - yiliga 1400 donani tashkil etadi. Erkin
savdo sharoitida avtomobillarning ichki iste’moli yiliga 2200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa - yiliga 2000 donani tashkil etadi. quyidagilarni aniqlang:
kvota kiritilishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug’i;
bu chora natijasidagi iste’molchilarning yo’qotishlari;
v) davlat byudjeti daromadlarining oshishi;
g) millat farovonligining sof yo’qotishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |