Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
(Ma’ruza, seminar mashg’ ulot ishlari )
O’zbek tili adabiy normalari. Imlo, talaffuz, aksentologik, so’z yasash, grammatik,
Uslubiy, punktuatsion normalar
Sharq va G’arb mutafakkirlari notiqlik xususida
Allomalarning madaniy nutq haqidagi fikrlari
Nutqning kommunikativ sifatlari
Nutq va nutq texnikasi tushunchalari.
So’z, atama va termin, ularning o’ziga xosliklari.
Xalq og’zaki ijodida nutq odobi,
Madaniy nutq ko’nikmalarini tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining o’rni
Nutq madaniyati va stilistikaning o’zaro munosabati haqida
Notiqlik san’ati tushunchasi haqida.
Notiqlik san’ati tarixi.
G’arb notiqlari: Aristotel, Sitseron, Kvintilian va bosh. faoliyatlari haqida ma’lumot topish.
Sharqning mashhur notiqlari.
Taniqli voizlar: Koshifiy, Mehnagiy.
Riyoziy hayoti va faoliyati.
Navoiyning notiqlik va nutq madaniyatiga oid asarlari, fikrlari.
Kasbiy nutq asoslari (o’qituvchi nutqi)
Xalq og’zaki ijodida nutq madaniyati masalalari
Kaykovus suxango’ylik xususida
Ta’lim jarayonida nutq madaniyati masalalari
Zamonaviy notiqlik va notiqlar
Mustaqil ta’lim
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referat tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday ish natijalari amaliy mashg’ulotlarda, kollokviumlarda hamda referatlar va individual berilgan topshiriqlar orqali tekshiriladi;
- tarqatma materiallar bo’yicha mavzuni asosiy qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi;
- o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanishi mumkin;
- o’qituvchi nutqi madaniyati fanini mustahkamlash bo’yicha manbalarni o’rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish semestr davomida bajariladi va reyting tizimida baholanadi;
- fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham semestr davomida amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi;
- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik doirasida olib boriladi;
- masofaviy ta’lim yordamida talaba amaliy mashg’ulotlar uchun qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, shuningdek, talaba tomonidan bajarilgan individual topshiriqlarni baholash amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |