Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi: ►ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
► davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog‘ini yaratish;
► davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi;
► davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi;
► tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi;
► ta’limning turli shakllarini qo‘llash;
► ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy xarakatlarga qaram emasligi.