14- mavzu. Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish nazariyasi va qurilmalari AK-72 va «Grand-Paruas» firmasining kontsentrlanmagan nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmasi bilan taqqoslash. Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish. Kuchli nitrat kislotasini to`g`ridan to`g`ri sintez qilish xaqida.
15 -mavzu. Karbamidni sintez qilish asoslari. Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi Karbamid fizik-kimyoviy xususiyatlari va olish usullari. Karbamidni ammiak va uglerod dioksididan sintez qilishni asoslari va unga ta`sir etuvchi texnologik omillar.
16 -mavzu. Karbamidni sintez qilish qurilmalari va bog`langan azotning boshqa birikmalari haqida Karbamidni sintez qilish qurilmalari turlari. Karbamidni to`liq suyuqlik retsikli bilan sintez qilish texnologik tizimi, asosiy apparatlari. «Montekatini» firmasining karbamid ishlab chiqarish texnologik tasviri. «Montekatini», «Mitsun toatsu», «Stemikarbon» firmalari ishlab chiqarayotgan karbamidning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari.
17-mavzu. Vodorod sianamidi xususiyatlari va sintezi turlari. Noorganik moddalar texnologiyasida atrof muxit muxofazasi masalalari. Vodorod sianamidi xususiyatlari va sintezi turlari. Noorganik moddalar texnologiyasida atrof muxit muxofazasi masalalari.
IV. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafedra tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda magistrlar asosiy ma`ruza mavzulari bo`yicha olgan bilim va ko`nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o`quv qo`llanmalar asosida magistrlar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali magistrlar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo`yicha taqdimotlar va ko`r|gazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg`ulotlari uchun kuyidagi mavzular tavsiya etiladi:
O`choq bo`limining moddiy va issiqlik xisoblari.
Kontakt bo`limida oltingugurt dioksidini oltingugurt uch oksidiga oksidlash jarayoni moddiy va issiqliq balansi xisoblari
Birinchi monogidrat absorberi siklning moddiy va issiqlik xisoblari
Quritish siklining moddiy va issiqlik balansi hisoblari
Sulfat kislotasini sovutish uchun zaruriy aylanma suv miqdorini aniqlash hisoblari.
Qattiq oltingugurtni eritish va fil`trlash bo`limi moddiy va issiqlik xisoblari
Kontakt apparati uchun kerak bo`lgan vanadiy katalizatori hajmini topish hisoblari.