Nazorat savollari.
Nitrozadagi azot oksidlarini aniqlash usullari.
Azot oksidlarini aniqlashni Beskov va Slizkovskiy usulini tushuntiring. Xisoblash formulasini yozing.
Nitrozadagi azot oksidlarni aniqlashning nitrometrik usuli.
Azot oksidlarini aniqlashni permanganometrik usulini tushuntiring.
Azot oksidlarini aniqlashni teskari titrlash usulini tushuntiring. Xisoblash formulasini yozing.
Azot oksidlarini permanganometrik usulda aniqlashdagi kimyoviy reaksiyani yozing.
Teskari titrlash usuli nima?
Adabiyotlar.
1.Groshev A.P. Texnicheskiy analiz, str. 315-320. Gosximizdat,1953
2.Labaratornыy praktikum po obshey ximicheskoy texnologii.Pod red. S.I.Volfkovicha, str. 38-53,1940.
3.Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi,-T: O‘zbekiston, 2002, 336 b.
TAJRIBA ISHI №10
MAVZU: FOSFATNI NITRAT KISLOTA BILAN PARCHALASH
Ishning maqsadi: Fosfatlarni nitrat kislota bilan parchalashni amaliy o‘rganish.
Nazariy qism
Fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlash usuli.
Fosfatlarni nitrat kislota bilan parchalash nafaqat kislotaning kimyoviy energiyasidan foydalanish, balki kislota tarkibida oziqa elementi bo‘lgan azotning borligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, parchalanish vaqtida hosil bo‘lgan mahsulotlarning kristallanish (cho‘kmalar hosil bo‘lishi) jarayonlari sodir bo‘lmaydi. Bu esa texnologik jarayonlarni amalga oshirishni osonlashtiradi. YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, fosfatlarni nitrat kislota bilan to‘la parchalanishidan fosfor kislotasi va kalsiy nitratdan iborat bo‘lgan bir jinsli eritma hosil bo‘ladi:
Sa5G‘(RO4)3 + 10NNO3 = 3N3RO4 + 5Sa(NO3)2 + NG‘
yoki
Sa3(RO4)2 + 6NNO3 = 2N3RO4 + 3Sa(NO3)2
Nitrat kislotasini miqdor kam bo‘lganda fosfatlarni parchalanishi oxirigacha bormaydi. Bunda eritmada kalsiy nitrat, fosfor kislotasi, monokalsiyfosfat hosil bo‘ladi, qattiq fazada esa parchalanmay qolgan fosfatning bir qismi bo‘ladi. Ftorapatitni nitrat kislota bilan ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan vodorod ftorid gazi esa fosfat tarkibidagi kremnezem (SiO2) bilan ta’sirlashib, SiG‘4 va N2SiG‘6 larni hosil qiladi.
Xom - ashyodagi boshqa qo‘shimchalar, masalan, nefelin, egirin, kamyob elementlarning uch valentli oksidlari ham nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib, tegishli tuzlarni hosil qiladi va kremniy kislotalari ajralib chiqadi. Fosfatlarni parchalanish tezligi fosfatning tabiatiga (uning tuzilishi va g‘ovakliligi), fosfat zarralarining o‘lchamiga, qo‘llaniladigan kislotaning konsentratsiyasiga va me’yoriga, hamda aralashtirish tezligiga bog‘liq. Nitrat kislotasining qulay konsentratsiyasi fosfat tabiatiga bog‘liq bo‘lib, apatit konsentrati uchun u 45-50% ga, Qoratog‘ fosforiti uchun esa 30-40% ga teng. Fosfatga nisbatan olingan kislotaning me’yori reaksiya tezligiga, parchalanish darajasiga, hamda jarayonning mexanizmiga ta’sir qiladi. Bizningcha, stexiometrik nisbatlarga qaraganda kam miqdorda NNO3 olinganda, yuqoridagi keltirilgan reaksiya tenglamalariga ko‘ra, jarayon ikki bosqichda ketadi. Birinchi bosqichda barcha nitrat kislota ekvivalent miqdordagi fosfatni parchalab, fosfat kislota va kalsiy ekvivalent miqdordagi fosfatni parchalab, fosfat kislota va kalsiy nitratini hosil qiladi. ikkinchi bosqichda esa hosil bo‘lgan fosfor kislotasi esa ortiqcha fosforit bilan reaksiyaga kirishib, monokalsiyfosfatni hosil qiladi. Ikkinchi boskichning tezligi hosil bo‘lgan fosfor kislotasining (yoki dastlabki nitrat kislotaning) konsentratsiyasiga bog‘liq. Eng yuqori tezlik va parchalanish, xom ashyodagi kalsiy oksidining miqdorga nisbatan stexiometrik hisoblangan 105-110% me’yordagi nitrat kislota ishlatilganda sodir bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilishi bilan quyqaning qovushqoqligi kamayadi va fosfat sirtiga kislotaning diffuziyalanish sharoiti yaxshilanadi, buning natijasida esa jarayonning tezligi ortadi. Ammo bu jarayonni 50-600S dan yuqorida olib borish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda jihozlarning korroziyasi kuchayadi va quyqani qizdirishga to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitlarda apatit konsentratining 98-100% ga parchalanishi 1-2 soatda sodir bo‘ladi. Fosfatni nitrat kislota bilan parchalash tezligi fosfat zarrasininig o‘lchami kamayishi bilan, hamda quyqani aralashtirish tezligini ortishi bilan ortadi. Odatda fosfat xom - ashyosi standart maydalangan holda (apatit konsentrati yoki fosforit uni ko‘rinishida) ishlatiladi. Jarayon aralashtirgich yordamida 500 ayl/min tezlikda aylangani holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |