Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
100 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
boshlang‘ich bosqichda bu ikki shakl birlashishi va ularni bir-biridan ajratib bо‘lmasligini 
ta’kidlaydi.
Asta-sekin imo-ishora nutqida о‘zlashtirilgan tushunchalar yozma nutqqa kо‘chiriladi va 
о‘qish jarayonida о‘zlashtiriladi. Keyingi bosqichlarda yozma nutq va о‘qish tilga va muloqotga 
о‘rgatishning asosiy vositalariga aylanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida karlarni ona tiliga 
о‘rgatish metodikasi I.Y. Seleznev ishlarida batafsil ishlab chiqilgan. I.Y. Seleznevning ilmiy 
asarlarida о‘qish uchun matnlarni tanlash kar о‘quvchilarga “moslashtirilmasligi”, balki aksincha, 
savod о‘rganayotgan kar о‘quvchilar savollar yordamida ularning mazmuniga kirib borishi 
kerakligini ta’kidlangan. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatish muammosini hal 
qilishning yangi jihati XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kо‘zga tashlana boshladi

1, 67-b.

. Maxsus 
pedagogika tarixidagi ushbu davrda tadqiqotchilar H.H. Malofeyev A.F. Ostrogradskiyning rolini 
alohida ta’kidlaydi. Pedagog о‘zining “sof og‘zaki metod” tizimida о‘qishga alohida о‘rin ajratadi.
A.F. Ostrogradskiy she’r yodlash va hikoyalarni eslab qolishdan nutqning leksik va 
grammatik qurilishini о‘zlashtirish hamda о‘zining nutqiy ifodalarini yaratish malakalarini 
ishlashda foydalanishni tavsiya qiladi.О‘qiladigan matnlarga savollardan keng foydalanish va ular 
bо‘yicha javoblar tuzish, surdopedagogning fikricha, о‘quvchilarni “sо‘z bilan о‘ylash” va sodda 
gap strukturasini egallashga odatlantiradi. Talaffuz va ona tiliga о‘rgatish metodikasining keyingi 
rivoji yetuk surdopedagog N.M. Lagovskiyning ishlari bilan bog‘liq. F.A.Pay, N.M .Lagovskiy, 
A.G. Basova ilmiy ishlari tahlili kо‘rsatadiki, N.M. Lagovskiy kar bolalar rivojlanishida о‘qishning 
ahamiyatini doimiy ta’kidlagan

2, 56-b.

. U о‘qish birinchi о‘ringa qо‘yilishi kerakligi uqtirgan, 
chunki badiiy matnlar, uningcha, bolalarni “hayot bilan muloqot”ga kirishtirishga kо‘maklashadi, 
ularga ona tilining jonli shakllariga misollar beradi, qolaversa, maktabdan tashqarida kar bola u 
yoki bu darajada ajralgan xolatdadir. Bunday ajralgan holat bolaning ona tili ta’limi va umumiy 
rivojlanishiga katta zarar yetkazishi mumkin. 
N.M. Lagovskiy og‘zaki nutqni egallaganlikning turli darajalari uchun maxsus darsliklar va 
о‘qish kitoblarini yaratish zarurligi haqidagi masalani kun tartibiga qо‘ygan birinchi 
surdopedagoglardan biri, kar bolalar uchun bunday kitoblarni u“moslashtirilgan” deb nomlaydi. 
N.M. Lagovskiy darsning umumiy maqsadini nazarda tutib (о‘quvchilar maqola yoki hikoyani 
avvalroq о‘qib olishi mumkin – oldindan о‘qish) о‘qituvchi qayerda va qanday qiyinchiliklar 
yuzaga kelishi mumkinligini, bolalarga nimani va qanday tushuntirishini bilishi kerakligini 
ta’kidlagan. N.M. Lagovskiy metodikasida о‘qituvchi nazorati ostida kechadigan sinfdan tashqari 
о‘qishga alohida e’tibor qaratiladi. Surdopedagog maktab kundalik voqealarni yoritadigan о‘zining 
kichik gazetasiga ega bо‘lishi zarurligini uqtirgan. N.M. Lagovskiyning pedagogik qarashlari 
karlarni о‘qitishning og‘zaki metodi sharoitida rivojlangan bо‘lsa ham, olim yozma nutq va 
о‘qishning roli kuchaytirilishini kо‘ra bilgan, bu talaffuz ustida maqsadli ishlanganda qar bola 
rivojlanishidagi qiyinchiliklarni yengishga kо‘maklashgan. 
A.F. Ostrogradskiy va N.M. Lagovskiy adabiy ta’lim kar bola nutqini rivojlantirish va о‘z-
о‘ziga ta’lim berish va tarbiyalashning vositasi, deb hisoblaydi. I.A. Vasilyev ilgari surgan tizimga 
muvofiq, о‘qishga о‘rgatish mazmuni beshta darajaga bо‘lingan. Birinchi darajada sodda gaplar, 
tavsifiy va bayon qilish xarakteridagi kichik matnlarni tushunishga erishish lozim bо‘lgan. 
Beshinchi darajada о‘quvchilar istalgan maqolani mustaqil о‘qishi va uning mazmuni bilan bog‘liq 
hamma savollarga javob bera olishi kerak. I.A. Vasilyev ilmiy asarlari tahlili ta’kidlash imkonini 
beradiki, olim Rossiya surdopedagogikasida birinchi marta hikoya ustida ishlash metodikasini 
batafsil yoritgan, bunda u о‘qish davomida lug‘at ishiga katta e’tibor qaratgan; о‘qish 
kо‘nikmalarini shakllantirish bо‘yicha maxsus mashqlarni ishlab chiqqan; mustaqil о‘qish va kar 
о‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlarini shakllantirishga katta ahamiyat qaratgan

3, 90-b.

. P.M. 
Boskis 30-40 yillaridayoq zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini har tomonlama va 
chuqur о‘rganishni boshlagan. Surdopsixologiya va surdopedagogikaga mutlaqo yangi “zaif 
eshituvchi bolalar” ta’rifi kiritgan. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish