ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
96
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ONLINE O`QUV KURSLARINI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH
XUSUSIYATLARI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR
Mamarajabov M.E. – p.f.n. dotsent, Toshpo`latov H.B. – magistrant, ТДПУ,
O’zbekiston.
Annatatsiya: Onlayn o’quv kurslar - bu masofaviy ta’limning yangi turlaridan biri bo’lib u
internet texnologiyalarining rivojlanishi bilan yuzaga keldi va dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi
odamlarning bilim olishga bo’lgan extiyojlarini ta'minlashga yordam beradi. Ushbu maqolada
Onlayn o’quv kurslarining afzalliklari va kamchiliklari, uning turlari haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so’zlar: Onlayn o’quv kurslar, Sinxron onlayn-ta’lim , asinxron onlayn-ta’lim, D-
learning, E-learning, B-learning, M-learning, vebinar.
Aннотация: Онлайн-курсы являются одной из новых форм дистанционного
обучения, которая появилась с развитием интернет-технологий и помогает удовлетворить
образовательные потребности людей в любой точке мира. В данной статье рассматриваются
преимущества и недостатки онлайн-курсов и их виды.
Ключевые слова: Онлайн учебные курсы, Синхронное онлайн-обучение,
асинхронное онлайн-обучение, D-learning, E-learning, B-learning, M-learning, вебинар.
Annatation: Online courses are one of the new forms of distance learning that has emerged
with the development of Internet technologies and helps people all over the world get an education.
This article discusses the advantages and disadvantages of online courses and their types.
Keywords: Online training courses, synchronous online learning, asynchronous online
learning, D-learning, E-learning, B-learning, M-learning, webinar.
Ta’lim tizimida fan mazmunini o`rganish ikki: auditoriya va auditoriyadan tashqari
shakllarda o`rganiladi. Bugungi kunda ta’lim mazmunini o`rganishga qaratilgan yondashuvlardan
biri mustaqil o`rganish hisoblanadi. Ya’ni fan yoki soha mazmunini mustaqil o`rganmoqchi bo`lsak,
ikkinchi yondashuvni tanlashimizga to`g’ri keladi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, Internet global
tarmog’ining keng tarqalishi va tezligining oshishi ta’lim jarayoniga ham bir qator innovatsiyalarni
joriy etish imkoniyatini yaratib berdi. Bunga misol tariqasida xozirda rivojlangan mamlakatlarda
keng tarqalayotgan Online o`quv kurslari(Online O`K)ni keltirish mumkin.
Online o`quv kurslarining qulayligi shundaki, ular o`rganuvchilarga o`zlari uchun qulay
bo`lgan vaqtda va joyda mahoratli pedagoglar va dasturchilar tomonidan tayyorlangan o`quv
materiallari (multimediali elektron o`quv adabiyotlar, interaktiv o`quv adabiyotlari, videolar,
ma’ruzalar, sinov topshiriqlari) yordamida, sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Aynan
mana shu xususiyatlarga ega bo`lganligi uchun, nafaqat bilim oluvchilar balki ularning ota-onalari
ham farzandlarining Online o`quv kurslarida ta’lim olishlarini ma’qul ko`rishmoqda.
Mustaqil o`rganishni Online O`Kdan o`rganish misolida qaraylik va auditoriyada
o`qituvchidan o`rganishni shartli ravishda Offline o`quv kurslar (Offline O`K)i deb yuritaylik.
Online O`K o`z-o`zini maqsad sari yo`nltira olish qobiliyatini va irodani talab qiluvchi bilim
olish usuli hisoblanadi. Ofline O`K ko`proq vaqt va pul talab qiladi. Bundan tashqari, masofadan
o`qitish ya’ni Online O`K uzoqda yashaydigan o`rganuvchilar yoki turli boshqa sabablarga ko`ra
imkoniyati cheklangan o`rganuvchilar uchun to`laqonli bilim olish imkoniyatini beradi.
Keling, ushbu o`quv shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini ko`rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |