Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Tovushlarni alohida talaffuz qilish natijalari



Download 162,6 Kb.
bet27/27
Sana01.01.2022
Hajmi162,6 Kb.
#300365
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
321Бакалавр БМИ Мухлиса

Tovushlarni alohida talaffuz qilish natijalari

7-jadval





Tovushlar

Ballar

4

3

2

1

0

1

A. O. I.

10 (100%)













2

U. O‘. E.

10 (100%)













3

S. Z.

2 (20%)

4 (40%)

4 (40%)







4

Sh

2 (20%)

2 (20%)

6 (60%)







5

J

1 (10%)

3 (30%)

6 (60%)







6

Ch




4 (40%)

6 (60%)







7

K




6 (60%)

4 (40%)







8

G




6 (60%)

4 (40%)







9

Q

2 (20%)

8 (80%)










10

G‘

2 (20%)

8 (80%)










11

R




2 (20%)

8 (80%)







12

L

2 (20%)

6 (60%)

2 (20%)







13

Y

2 (20%)

6 (60%)

2 (20%)







14

M

6 (60%)

4 (40%)










15

N

6 (60%)

4 (40%)










16

B

6 (60%)




4 (40%)







17

P

8 (80%)




2 (20%)







18

V

4 (40%)

4 (40%)

2 (20%)







19

F

8 (80%)




2 (20%)






Tovushlarni alohida talaffuz qilish malakalarini tekshirish natijalarini 7-jadvalda ifodaladik. Tekshirish natijalariga ko‘ra tekshiriluvchi rinolalik bolalarning barchasi unli tovushlarni alohida talaffuz qilish malakalariga ega ekanligi aniqlandi. Ular unli A, O, I, U, O‘, E tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oldilar, artikulyatsion nutq apparatida qo‘pol buzilishlar talaffuz vaqtida namoyon bo‘lmadi.

Sirg‘aluvchi (s, z) tovushlarini alohida talaffuzida rinolalik bolalarning 2ta (20%)si to‘g‘ri, 4 (40%) tasida s, z tovush talaffuzi buzilgan. 4 (40%) ta bolada sirg‘aluvchi tovushlarni boshqa tovushga almashtirish holatlari kuzatildi. “Sh” tovushi to‘g‘ri, aniq talaffuz qilgan bolalar 2 (20%) ta; “sh” tovushi talaffuzi buzilgan bolalar 2ta (20%); “sh” tovushini boshqa tovushga almashtirish holati 6 (60%) ta bolalarda kuzatildi. “Sh” tovushini nutqda yo‘qligi holati kuzatilmadi.

“J” tovushini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar 1 (10%) tani tashkil qilgan bo‘lsa, “j” tovushini talaffuzini buzib talaffuz qilish 3(30%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holati esa 6 (60%) ta bolada kuzatildi. “j” tovushini nutqda umuman talaffuz qila olmaslik holatlari esa kuzatilmadi. “I” tovushi to‘g‘ri, aniq talaffuz qila oladigan bolalar bo‘lmadi. “I” tovushi talaffuzini buzib talaffuz qilish 4(40%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holati esa 6 (60%)ta bolada kuzatildi. “K”, “G” tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar bo‘lmadi; “K”, “G” tovushlarini buzib talaffuz qilish holatlari 6 (60%)ta bolada; ushbu tovushlarni boshqa tovushlarga almashtirish esa 4(40%) ta bolada kuzatildi. “Q”, “G‘” tovushlarini to‘g‘ri talaffuzi 2 (20%) ta bolada; ushbu tovushlarni buzib talaffuz qilish 8(80%) ta bolada kuzatildi. Tovushni almashtirish holatlari kuzatilmadi. “R” tovushini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar bo‘lmadi. Bolalar “R” tovushini talaffuzida qiynaldilar. “R” tovushni buzib talaffuz qilish holatlari 2 (20%) ta bolada; “R” tovushini boshqa tovushlarga almashtirish holatlari 8 (80%) ta bolada kuzatildi. “L” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari 2 (20%) ta bolada; noto‘g‘ri talqin etish holati 6 (60%) ta bolada; ushbu tovushlarni boshqa tovushlarga almashtirish holatlari esa 2(20%) ta bolada kuzatildi. “Y” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuzi 2 (20%) ta bolada; “Y” tovushni buzib talaffuz qilish holati 6 (60%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holatlari esa 2 (20%) ta bolada kuzatildi. “M”, “N” tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilish 6 (60%) ta bolada, buzib talaffuz qilish holatlari esa 4 (40%) ta bolada kuzatildi. “B” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilish 6 (60%) ta bolada; “p” tovushi esa 8 (80%) ta bolada kuzatildi. “B” tovushini boshqa tovushlarga almashtirish 4 (40%) ta bolada; “p” tovushini esa 2(20%) ta bolada kuzatdik. “V” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuzi 4 (40%) ta bolada; “F” tovushini to‘g‘ri talaffuzi esa 4 (40%) ta bolada kuzatildi. “V” tovushini noto‘g‘ri talqin etilishi 4 (40%) ta bolada kuzatilgan bo‘lsa, bu holatni “F” tovushi talaffuzida uchratmadik; “V”, “F” tovushlarini boshqa tovushlarga almashtirish holatini esa 4(40%) ta bolada aniqladik.



Tovushlarni turli bo‘g‘in tarkibli qurilmalarda talaffuz qilish imkoniyatini tekshirish natijalari

Tovushlarni bo‘g‘in tarkibida talaffuz qilish malakalarini tekshirishda biz bo‘g‘inlarni diqqat bilan eshitish va uni takrorlash usulidan foydalandik. Bunda ochiq, yopiq, 2ta undosh va unli tovush, unli+undosh+undosh tovushlar birikmasi va undosh+unli+undosh tovushlar birikmalaridan foydalandik.

Barcha turdagi bo‘g‘inlarda tovushlarning to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari kuzatilmadi.

Turli bo‘g‘inlarda talaffuz malakalarini tekshirish natijalari

8-jadval



Topshiriqlar

4

3

2

1

1

Tovushlarni ochiq bo‘g‘inlarda takrorlash




4(40%)







2

Tovushlarni yopiq bo‘g‘inlarda takrorlash




4(40%)







3

Ikkita undosh va unli tovushlar birikmalarida







5(50%)




4

Unli+undosh+undosh tovushlar birikmalarida







6(60%)




5

Undosh+unli+undosh tovushlar birikmalarida







6(60%)



Ochiq bo‘g‘inlarda tovushlarning buzilish holati 4(40%)ta, yopiq bo‘g‘inlarda ham 4(40%)ta bolani tashkil etdi. Tovushlarni 2ta undosh va unli tovushlar birikmalarida; unli+undosh+undosh tovushlar birikmalarida, undosh+unli+undosh tovushlar birikmalarini talaffuz qilish jarayonida tovushlarni almashtirish hamda buzib talaffuz qilish holatlari 6(60%)ta bolalarda kuzatildi.


Tovushlarni so‘zning turli o‘rnida kelish imkoniyatini tekshirish natijalari

Tovushlarni so‘zning turli o‘rnida kelish imkoniyatini tekshirishda biz so‘zlarni logoped ketidan takrorlash usulidan foydalandik. Tekshirilayotgan (s, z, j, ch, j, r, l, y, k, g, q, g‘, x, m, n, b, p, v, f, unli tovushlar) tovushlar so‘zning boshida,o‘rtasida, oxirida talaffuz qilinishiga e’tibor qaratildi. Tekshirish jarayonida tovushlar barcha so‘zlarda aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari aniqlanmadi. 2-3ta tovushlar talaffuzi buzilgan bolalar 1 (10%) tani; 3tadan ortiq tovushlar talaffuzi buzilgan va tovushlarni almashtirish holatini 4(40%) ta bolalarda aniqladik, barcha tovushlar so‘z tarkibidagi o‘rniga qaramasdan buzib talaffuz qilish va tovushlarni almashtirish holatini 5(50%) ta bolalarda aniqladik.

Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni aniqlash asosida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin. Rinolalik bolalardagi tovush talaffuzining buzilishi nutqiy nuqson tizimida yetakchi hisoblanadi. Fonetik buzilishlar nutq apparatini muskullarini yetarlicha organik innervatsiyalanmaganligidan kelib chiqishi aniqlandi. Tovush talaffuzidagi kamchiliklar polimorf xarakterda bo‘lib, ular tovushlarni buzib talaffuz qilish va almashtirish ko‘rinishida ifodalanadi. Tovushlar talaffuzi fonetik konteksga, tovushni so‘zdagi o‘rniga, so‘zning bo‘g‘in tarkibining murakkabligiga bog‘liq ekanligi tadqiqotimiz davomida o‘z isbotini topdi.


Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar

Ushbu bobda rinolalik bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini tekshirish metodikasi keltirilgan. A.E.Jurova va D.B.Elkonin, G.A.Kashe , N.I., T.B.Filicheva va G.V.Chirkina, L.R.Mo‘minova, M.Yu.Ayupova ishlariga asoslangan holda fonematik idrokni tekshirishda bolalarning nutq tovushlarini yig‘indisida (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar qatori) tanib olish, farqlab olish, tahlil va tarkib qilish qobiliyatini nazarda tutildi. Topshiriqlar tovushlarni, bo‘g‘inlarni va so‘zlarni minimal, o‘rtacha hamda va maksimal farq qilish bo‘yicha murakkablashib borgan tartibda berildi.

Bolalarning fonematik idroki holatini, uning buzilish sabablarini tekshirishda noto‘g‘ri talaffuz etiladigan tovushlar bilan bir qatorda, to‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni farqlash imkoniyatini ham tekshirish yo‘llari ko‘rsatildi. Bolalar nutqini va fonematik idrokini tekshirish bo‘yicha quyidagi topshiriqlar tanlab olindi: nutqiy bo‘lmagan tovushlarni farqlash bir qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratish; bir qator bo‘g‘inlar ichidan ma’lum bo‘g‘inni ajratish; bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarni logoped ketidan takrorlash; ketidan bo‘g‘inlar qatorini takrorlash; berilgan tovush ishtirokida so‘z tuzish; tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlash; tovushning so‘zdagi ketma-ketligini aniqlash;so‘zdagi tovushlar sonini aniqlash; ketma-ket tovushlardan so‘z tuzish; ketma-ketligi buzilgan tovushlardan so‘z tuzish.

Bolalarni eksperimental tekshirish natijalari rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda birlamchi nuqsonning og‘irligiga bog‘liq ravishda ularda nutqning fonetik- fonematik tomonini buzilganligini kuzatdi. Bu esa, olimlarning rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqining fonetiko- fonematik tomonini turli darjada buzilgan bo‘lishi haqidagi nazriyalarni yana bir marta isbotlash bilan bir qatorda, bu toifa bolalar nutqining fonetiko- fonematik tomonini rivojlantirish yangi, zamonaviy usullari, metodlarni ishlab chiqish yo‘llarini topish lozimligii taqazo etadi.



III Bob. Rinolalik bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati

3.1. Interfaol ta’lim – zamonaviy ta’limning asosiy bo‘g‘ini

Bugungi kunda interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish davrning asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish yuqori saviyada o‘qitishni ta’minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta’lim dasturlari asosida tayyorlashdan iborat. Interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish ob’ekti - barcha uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari bo‘lib, unda amalga oshiriladigan asosiy ta’lim-tarbiya jarayonlari hisoblanadi. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlari va imkoniyatlarini yaratadi. Bolalarning bilimga ehtiyojlari va qobiliyatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi o‘qituvchi faoliyatini va mas’uliyatini oshiradi. ―Texnologiya‖ yunoncha so‘z bo‘lib, ―techne‖ - mahorat, san’at va ―logos‖ - tushuncha, fan demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushuniladi. Pedagoglar o‘z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga bo‘ysundirishlari kerak: - tartibga solish - bir tizimga keltirish - oldindan loyihalashtirish. Ya’ni ushbu ta’lim - tarbiya jarayonini bosqichma – bosqich amaliyotga joriy etish. Bunda ta’lim -tarbiya jarayoni quyidagi ketma-ketlikda loyixalashtiriladi:

1. Ta’lim-tarbiyani yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash.

2. Ta’lim-tarbiya natijasini oldindan qayd etish.

3. O‘quv mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zarur ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash.

4. Oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga erishish uchun zarur tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarda interfaol usullarni qo‘llash.

Ko‘pgina asosiy interfaol usullar bugun o‘qitishning interaktiv usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir.

Tushunchaning o‘zini aniqlab olishni istardi. «Interfaol» so‘zi ingliz tilidagi ―interakt‖ so‘zidan olingan bo‘lib, ―inter‖ - bu ―o‘zaro‖, ―akt‖ - harakat qilish degan ma’noni bildiradi. Interfaol o‘zaro harakat qilish yoki nima bilan (masalan, kompyuter bilan) yoki kim bilan (odam bilan) suhbat, dialog (muloqot) rejimida bo‘lishni bildiradi. Demak interaktiv o‘qitish - bu hammadan avval dialogli o‘qitishdir, uni borishida pedagog va o‘quvchining, o‘quvchi va kompyuterning o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Tan olish kerakki, interfaol o‘qitish - bu idrok etish faoliyatini tashkil qilishning maxsus shaklidir. U butunlay aniq va bashorat qilinadigan maqsadlarni nazarda tutadi. Bunday maqsadlarning biri o‘qitishning shunday qulay sharoitlarini yaratishni, ularda o‘quvchi o‘zini muvaffaqiyatliligi, o‘zini aqliy mustaqilligini his qiladi, interfaol o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, unda o‘quv jarayoni shunday tashkil qilinadiki, amalga barcha o‘quvchilar idrok etish jarayoniga jalb qilinadilar, ular tushunish va bilganlari va o‘ylaganlari bo‘yicha refleks hosil qilish imkoniyatlariga egalar. O‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirish jarayonidagi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati shuni bildiradiki, ularda har biri o‘z alohida shaxsiy ulushini kiritadi, bilimlar, g‘oyalar, faoliyat usullarini almashtirish ketadi. Inson o‘zligini namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O‘yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o‘ylaydi, o‘yin davomida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda interfaol o‘yin orqali bola:

-Dunyoni anglaydi.

- Real muammolarga duch kelganda ularni yecha oladi.

- Tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.

-Madaniy tushunchalarni anglashga o‘rganib boradi. Boshqalarning hissiyotlarini tushunishga o‘rganib boradi.

- Vaziyatga mos keladigan hissiyotlarni izhor qiladi.

- Boshqalarning nutqini tushunishga o‘rganadi.

-Muloqotda og‘zaki va yozma nutqdan foydalanishga o‘rganib boradi. Pedagogning vazifa va mas’uliyatlaridan biri bolaning o‘rgangan narsalarini qiyoslashi va mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o‘rganishi uchun ma’noli o‘yinlarni uyushtirishdan iborat.

O‘yin -bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi; o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usuli hisoblanadi.

Mehnat va o‘qish bilan bir qatorda o‘yin ham inson faoliyatining eng asosiy turlaridan biridir. O‘yinning strukturasi o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: maqsadlarni qo‘yish. rejalashtirish. amalga oshirish (maqsadni). natijani tahlil qilish. O‘yinli faoliyatning motivatsiyasi eng ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati va musobaqa elementlarining borligi, ehtiyojlarni qondirish, o‘zini anglash va o‘zini safarbar qilish bilan ta’minlanadi.

Interfaol o‘yin strukturasiga quyidagi jarayonlar kiradi: o‘yinchilar o‘zlariga olgan rollar. Bu rollarni amalga oshirish vositalar sifatidagi o‘yinli omillar, predmetlarning o‘yinli qo‘llanilishi, ya’ni, haqiqiy narsalarni o‘yinli shartlari bilan almashtirish. o‘yinchilar orasidagi real munosabatlar, syujet (mazmun) - o‘yinda ko‘rsatilayotgan haqiqiy ahvol. Ko‘pchilik o‘yinlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: Faqatgina bolaning xohishi bilan amalga oshiriladigan erkin rivojlanuvchi faoliyat. Bola faqat natijadan emas, balki, o‘sha jarayondan zavq oladi. Bu faoliyatning ijodiy, ko‘proq inprovizotsion, faol harakterligi. Faoliyatning ruhiy jihatdan yuqoriligi, raqobat, musobaqalashish (ruhiy zo‘riqish). Bevosita va bil vosita qoidalarning mavjudligi - ularning o‘yinning mazmunini aks ettiradi, uning mantiqiy va vaqt bo‘yicha ketma-ketligini aniqlab beradi.

Interfaol o‘yinlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1. Ijtimoiylashtirish funksiyasi. O‘yin bolani ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilish uchun kuchli vositadir.

2. Millatlararo kommunikatsiya funksiyasi. O‘yin bolaga umuminsoniy qadriyatlar, boshqa millatlarning madaniyatini o‘zlashtirish imkonini beradi. Chunki o‘yinlar milliy va shu bilan bir vaqtda internatsional va millatlararo.

3. O‘yinda bolani o‘zini namoyon qilish funksiyasi, ya’ni o‘yin inson amaliyotining paligoni sifatida.

4. Komunikativlik funksiyasi.

5. Diagnostik funksiyasi.

6. O‘yinning terapevtlik funksiyasi. U bolaning nutqida, hulqida, muammosida va mashg‘ulotlarda paydo bo‘ladigan turli xildagi qiyinchiliklarni yengish vositasi sifatida foydalanishda namoyon bo‘ladi.

7. Tuzatish (korreksiya) funksiyasi. Bolalarning shaxsiy strukturasi ko‘rsatkichlari ijobiy o‘zgarishlar qo‘shimchalar kiritish.

8. Ko‘ngilochar funksiyasi.

Bolalar bilan interfaol o‘yinlar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etish mashg‘ulotni qiziqarli bo‘lishini ta’minlash bilan bir qatorda pedagogning oldiga qo‘ygan maqsadlariga osonroq va samaraliroq erishishiga yordam beradi.
3.2. Interfaol o‘yinlar- nutqning fonetik- fonematik tomonini rivojlantirish vositasi sifatida (metodik tavsiyalar)

Zamonaviy jamiyat muloqotga asoslanadi. Kar’era, dam olish, oila-insonning barcha eng muhim sohalari - shaxslararo munosabatlarga bog‘liq. Interfaol formatdagi o‘yinlar - bu o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadigan, atrof-olamni o‘rganishga va berilgan vazifalarni jamoaviy ish orqali hal qilishga qaratilgan faoliyatidir.

O‘yinning bu shakli bolalarga tengdoshlari bilan ziddiyatlarsiz, erkin va unumli, do‘stona va sabrli muloqotni o‘rgatish imkonini beradi. Interfaol o‘yindagi asosiy sub’ekt- bolalardir. Bu bolalar uchun qulay sharoitlar va chalg‘itadigan narsalarni yo‘qligi bilan ularni o‘ziga jalb qiladi. O‘yin qoidalari tushuntirilgach, bolalarning o‘zlari bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlari kerak, bunda o‘qituvchining vazifasi muloyimlik bilan jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirishdir. Interaktiv o‘yinni rolli yoki ishchi o‘yinlar bilan aralashtirmang.

Rolli o‘yinlarda bolalar o‘zlariga berilgan rollar bo‘yicha o‘ynashadi, ishchi o‘yinlarda esa, bolalarda ishchanlik sifatlari va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Interfaol o‘yinlar esa, o‘z navbatida, umuman boshqa, vazifani bolalarda atrofdagilar bilan to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, interfaol o‘yinlarning asosiy vazifalaridan biri- korreksion, ya’ni tuzatish vazifasidir. Bugungi kunda interfaol o‘yinlar barcha ta’lim muassasalarida korrekson maqsadda ko‘p qo‘llanilib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalrida ham interfaol o‘yinlardan keng foydalanilmoqda. Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ham interfaol o‘yinlardan unumli foydalanish mumkin. Shu bois, biz rinolaliya nutq nuqoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini fonetik-fonematik tomonini va umuman nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi qator interfaol o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qilamiz:



  1. «Uy quramiz» o‘yini. «S» tovushini so‘z boshida mustahkamlash. O‘yinni kompyuterda taqdimotlar tayyorlab, yoki oddiy kartochkalar bilan o‘tkazish mumkin. Taqdimotni turli animatsiyalar va effektlar bilan boyitish o‘yinni qiziqarliligini oshirish bilan bir qatorda bolalarni o‘ziga yaxshi jalb qiladi.

O‘yinning borishi. Bola logoped bilan kompyuter oldida yonma-yon o‘tiradi. Logoped o‘yinni boshqaradi. Bola logoped hamrohligida o‘yinda ishtirok etadi. Ammo asosiy ishtirokchi bola hisoblanadi. Birinchi sahifada bolaga berilgan tovush ishtirokidagi rasmlar taklif etiladi. Bu rasmlar tagida ular nechta bo‘g‘indan iborat bo‘lsa shuncha, kataklar( g‘ishtlar) ko‘rinishida beriladi. O‘yin davomida bola rasmlarni nomalashi, ulardagi bo‘g‘inlarga qarab, ularni ketma- ketlikda aytishi orqali logoped yordamida uy quradi. Bunda bolada fonemati idro rivojlanishi bilan bir qatorda tovushlar talaffuzi rivojlantiriladi.

  1. « Berilgan tovushga mos so‘zlar topish» o‘yini. Bu o‘yinni yakka va guruhli tarzda tashkil etish mumkin. Bu o‘yinni ham kompyuterda yoki oddiy kartochkalar bilan o‘tkazish mumkin. Berilgan tovush ishtirok etgan va ishtirok etmagan rasmlar tarqatiladi. Logoped tovushni aytadi. Boladan rasmlar ichidan shu tovushga mos so‘zlar tasvirlangan rasmlarni ajratish taklif etiladi.

  2. «Moychechak» o‘yini. Bu o‘yinda bolalarga moychechak gulining gulbargalarini asosiga biriktirib gul hosil qilish so‘raladi. Bunda bolalarga ma’lum bir tovush, ya’ni bola nutqiga kiritilayotgan yoki mustahkamlanayotgan tovush beriladi. Moychechak gulining o‘rtasiga shu tovushni bildiradigan harf yozib qo‘yiladi. Bolalardan boshqa gulbargalar ichidan shu tovush ishtirok etgan rasmlar tasvirlanganlarini olish, so‘zni aytish, tovush o‘rnini aniqlash taklif etiladi.

  3. «Rang-barang pufaklar» o‘yini. Bu o‘yinni tovushlarni farqlashda o‘ynash mumkin. O‘yinning borishi. Turli xil rangdagi pufaklarga ikkita farqlanishi kerak bo‘lgan tovushlar ishtirokidagi rasmlar yopishtiriladi. Boladan rang- barang pufaklarni farqlanishi lozim bo‘lgan tovushlar asosida ajratish taklif etiladi. Masalan: S-Sh tovushlarini farqlash. Bola pufaklardagi rasmlarni nomlashi va rasmda qaysi tovush ishtirok etgan bo‘lsa, o‘sha tovush ishtirok etgan rasmlar tasvirlangan pufaklar tomonga ajratishi so‘raladi.

  4. «Oppoqoyga olma terishda yordam ber» o‘yini. O‘yinning borishi: Bu o‘yinda ham bolaga nutqiga kiritilayotgan tovush ishtirok etgan tovush, (bo‘g‘in, so‘z) predmetli rasmlarni ajratish taklif etiladi.

  5. «Baliq ovi» o‘yini. O‘yinning borishi: Logoped baliq tasviri tushirilgan kartochkalarga o‘rganilayotgan tovush ishtirokidagi (bo‘g‘in, so‘z) predmetli rasmlarni yopishtirib qo‘yadi yoki kompyuterda shu rasmlar qo‘yib chiqiladi. Boladan baliq ovlash so‘raladi. Bola baliqlar ichidan berilgan tovushga mos rasmli baliqni tutsa, u baliqni tuta olgan, agarda, boshqa tovushli baliqni tutsa u o‘yindan chiqqan hisoblanadi. Bu o‘yinni kompyuterda turli effektlar, ovozlar va animatsiyalar bilan yaratish va o‘tkazish bolalarga katta zavq bag‘ishlaydi.

  6. «Ajoyib ustalar» o‘yini. Bu o‘yin bolalarda ritmni his qilish va aks ettirish ko‘nikmalrini fonematik idrokini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘yinning borishi: Logoped va bolaga o‘yinchoq yoki yog‘ochli bolg‘acha beradi. O‘zi ham bolg‘acha olib, bolani orqa o‘girib qo‘ygan holda «mixlar» qoqadi. Bola logoped ketidan, shuncha mix qoqib, ritmni aks ettirishi so‘raladi.

  7. «Ovozidan top» o‘yini. Bu o‘yinni turli xil hayvonlar, hashorotlar, tabiat hodisalari( shamol, yomg‘ir, momaqaldiroq) ovozlari bolalarning tengdoshlarini ovozlari va boshqa ovozlar bilan o‘tkazish mumkin. Bu o‘yin bolalarni fonematik eshitishi va tovushga sezgirligini orttirishga yordam beradi. Bolaga ma’lum bir ovoz eshittirilib, undan bu nimani yoki kimni ovozi ekanligini topishi so‘raladi.

Tavsiya- eslatma: Interfaol o‘yinlarni kompyuterli yoki interfaol doskalarda tashkil etishda animatsiyalar, effektlar, tasvirlarni yorqin bo‘lishini, bolalarni rag‘batlantiruvchi va boshqa ovozlarni tiniq, ifodali bo‘lishini ta’minlashga harkat qilish lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan logopedning nutqning fonetik – fonematik tomonini va umuman nutqini to‘liq rivojlantirish bo‘yicha interfaol o‘yinlardan foydalanish yuqori samara beradi. Bu kabi o‘yinlarni o‘zi ham maqsadiga ijodiy yondoshgan holda kompyuterda yaratishi mumkin. Hozirgi kunda unday o‘ynlarni yaratish unchalik murakkab emas. Bu o‘yinlarni kompyuterli taqdimotlar ko‘rnishida turli animatsiyalar, effektlar , ovozlar bilan boyitish bolalarni yanada faol bo‘lishga undaydi. Shuningdek, bu kabi o‘yinlardan logopedalar rinolalik bolalarni o‘z nutqlarini boshqalar nutqi bilan solishtirish, akslantirish imkonini berib, nutqlarini tuzatishlariga imkoniyat yaratishadi. Bu o‘yinlardan ham yakka mashg‘ulotlarda, ham guruhli mashg‘ulotlarda keng foydalanish mumkin. Bu o‘yinlarni avvalida logoped yetakchilik qilsa, asta –sekin o‘yinga yetakchilik qilish bolaga yuklatiladi. Bu esa, bolaga katta ma’suliyat yuklaydi. U o‘z nutqini tuzatish bilan bir qatorda o‘yin davomida kompyuter sichqonchasi va kursorini boshqarishga harakat qiladi.

Inter faol o‘yinlar jarayonida bolalar o‘zaro muloqotga kirishib, nutq nuqsonlarini bartaraf etishlari, tovushlar talaffuzini takomillmshtirish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. O‘yin davomida bolalarga doimiy ravishda rag‘batlantiriluvchi chaqiriqlar hamroh bo‘lishi lozim.

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar

Tadqiqotimizning uchinchi bobida interfaol ta’lim, uning xususiyalari, afzallaiklari bilan bir qatorda rinoalaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavchsiyalar berildi. Uchinchi bob bo‘yicha biz quyidagi xulosalarga keldik:



  1. Inter faol ta’lim zamonaviy ta’limning bo‘linmas qismi bo‘lib, u o‘zaro ta’sir, o‘zaro hamkorlikni rivojlantiradi.

  2. Interfaol ta’lim sharoitida nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

  3. Ta’limda, ayniqsa, maktabgacha ta’limda interfaol o‘yinlardan keng foydalaniladi.

  4. Interfaol o‘yinlar bolalarning bilish faoliyatlari, bilim doirasini kengaytirish bilan bir qatorda nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

  5. Interfaol o‘yinlar orqali nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutfining fonetik- fonematik tomonini samarali ravishda rivojlantirish, barataraf etish mumkin. Bunda:

bolalar o‘yin maboyinida o‘z nutqini boshqalar nutqiga solishtirish, ularning to‘g‘ri nutqiga taqlid qilish imkoniga ega bo‘lishadi;

interfaol o‘yinlar talablari asosida bolalar nutqini tuzatishga bo‘lgan motivatsiyasi kuchli bo‘ladi va bolalar o‘z nutqlarni hech bir bosimlarsiz, ixtiyoriy yana o‘z navbatida ongli tuzatishadi;

interfaol o‘yinlar orqali fonematik idrokni rivojlantirish oddiy ish usullaridan ko‘ra ko‘proq samara beradi, chunki bunda boallar bir vaqtning o‘zida tabbiy ravishda bir nechta tovushlarni idrok etib farqlaydi;

o‘yin davomida bolalar o‘z diqqatlarni boshqa narsaga emas, asosan o‘yin topshiriqlariga qaratishadi, bu esa o‘z navbatida bolalar bilan olib borilgan ishlar samardorligini oshiradi.



  1. Interfaol o‘yinlarni yakka va guruhli mashg‘ulotlarda birdek qo‘llash mumkin.

  2. Interfaol o‘yinlarni kompyuterli taqdimotlar ko‘rinishida tashkil etilishi rinolaliyali bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirilishiga yanada katta yordam beradi. Chunki, bunda bolalarda o‘z nutqidagi buzilishlarni berilayotgan tovushlarga, so‘zlarga taqqoslab tuzatish imkoni katta.

  3. Maktabgacha yoshdagi rionolik bolalar bilan korreksion logopedik ishlarda logoped o‘z mahoratiga tayangan holda fonetik-fonematik nuqsonlarni bartaraf etish uchun o‘z mualliflik interfaol o‘yinlarini ham yaratishi mumkin. Bu esa logopedning bilimi, mahorati va ijodkorligiga bog‘liq.



Xulosa

Rinolaliya - nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzining buzilishidir.

Muammo bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish va o‘tkazilgan tekshiruv ishlarimiz asasida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:

- rinolaliya nutq nuqsonini va undagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishni o‘rganish uzoq tarixga borib taqaladi va bugungi kuda ham izlanishalar davom etmoqda , bu muammo bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan;

- muammo bo‘yicha adabiyotlarni taxlil qilish rinolalik bolalar nutqining fonematik – fonematik tomondan rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari O‘zbekiston Respublikasida yetarli darajada o‘rganilmaganligi aniqlandi.

Rinolaliya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ldi :

- rinolalik bolalarda nutqning barcha komponentlari shakllanishi buzilishi bilan bir qatorda artikulyatsion apparatda, uning harakatchanligida kamchiliklar kuzatildi;

- rinolalik bolalardagi nutq buzilishlari artikuyatsion apparatdagi nuqsonlar bilan chambarchas bog‘liqdir;

- tekshirish jarayonida rinolalik bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi;

- rinolalik bolalardagi nutq kamchiliklari va artikulyatsion apparatdagi nuqsonlar (uning harakatchanligini buzilishi) maxsus logopedik va stomotologik – xirurgik ishlarsiz bartaraf etilmaydi;

- tekshirish jarayonida rinolalik bolalarni ko‘pchilikida fonetmatik idrokning shakillanmaganligi aniqlandi;

- bolalardagi fonematik idrok nuqsonlarini maxsus logopedik ishlarsiz bartaraf etilmaydi;

- rinolalik bolalarga logopedik yordam berish faqatgina maxsus maktabgacha muassasalarda yoki ommaviy bog‘chalar qoshida ochilgan maxsus guruhlarda amalga oshiriladi;

- maktabgacha tarbiya yoshidagi rinolaliyali bolalarda analiz- sintez qilish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagan bo‘ladi;

- bunday ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan logopedik ishlarni tovush talaffuzi nuqsonlarini bartaraf etish, fonematik idrokini rivojlantir interfaol o‘yinlar orqali amalga oshirilsa, logopedik ishlarning samaradorligi oshadi;

- interfaol o‘yinlar rinolaliyali bolalarni nafaqat nuqiiy xususiyatlarini, balki, bilish faoliyatlarini:diqqat,xotira, tasavvur xususiyatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi;

- shuningdek, kompyuterli interfaol o‘yinlar bolalarning kompyuter savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

- agar rinolaliyali bolalard nutqning fonetik- fonematik tomoni maktabgacha yoshda rivojlantirilmasa, bu ularda maktab yoshida yozma nutq kamchiliklari ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham maxsus muassasalarda nutqning fonetik-fonematik tomonini rivojlantirish katta ahamiyatga ega degan fikr tadqiqotimiz jarayonida o‘z isbotini topdi.

Olingan xulosalarga ko‘ra quyidagicha tavsiyalarni shakllantiridik:

Mashg‘ulotlarning o‘tkazish jaryonida fonematik idrok kamchiliklarini baratarf etishga yordam beruvchi mashqlardan foydalandish:



  • nutqiy bo‘lmagan tovushlarni ajratish (o‘zaro nozik differensiatsiyalanuvchi);

  • tovushlar qatoridan ma’lum tovushlarni ajratish (akustik va artikulyatsion belgilari o‘zaro yaqin bo‘lgan);

  • so‘z tarkibidan tovush ajratish (tovush tarkibi jihatidan yaqin va uzoq bo‘lgan tovushlar);

  • berilgan tovushga so‘z topish;

  • bitta fonema bilan farqlanuvchi bo‘g‘inlar qatorini takrorlash;

  • berilgan tovushga rasm tanlash;

  • nutqda to‘g‘ri talaffuz qilinadigan so‘zlardan o‘zlashtirilgan tovushlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini mustahkamlash;

  • so‘z tarkibidagi alohida tovushlarni eshita bilish.

Fonematik idrokni rivojlantirishga va tovush talaffuzini shakllantirishga qaratilgan (eshitish orqali idrok qilingan tovush, bo‘g‘in va so‘zlarni qaytarish, rasmlar, so‘zlar tanlash orqali) mashqlar, o‘yinlarni bajartirishda biz bolalarda nutqdagi tovushlarni ajratish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” Qonuni / Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘irisida”gi Qonuni / Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi / O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. – T.: O‘zbekiston. 1992.

  4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

5.Aksenova L.A.Sotsialnaya pedagogika v spesialnom obrazovanii. – M.: Akademiya, 2001.

6.Ayupova M.Yu. Logopediya. - T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2007.

7.Badalyan L.O. Detskaya nevropatologiya. M., Vlados. 2003.

8.Belova-David .Narushenie rechi u doshkolnikov. M., Vlados 2001

9.Bedalyan L.O. Narusheie rechi u dntey M., Vlados. 2000.

10.Vinarskaya Ye.N, Pulatov A.M. Dizartiriya i yee topiko-diagnostichticheskoe znachenie v klinike ochagovыx porajeniy mozga. Tashkent., 2003.

11.Vinarskaya Ye.N. Rannee rechevoe razvitie rebenka i problemыdefektolo-gii. – M.: Prosveщenie, 2003.

12.Volkova G.A. Logopedicheskaya ritmika. – M.: Vlados 2003.

13.Vыgotskiy L.S. Voobrajenie i tvorchestvo v detskom vozraste. –Spb.. Soyuz, 1997

14.Vыgotskiy L.S. Mыshlenie i rech. M., Vlados. 2000

15.Vыgotskiy L.S. Problemы defektologii.- Moskva., Prosveщenie, 1995g.

16.Gvozdev A.N. Voprosы izucheniya detskoy rechi.– M.,Pedagogika,1991.

17.Efimenkova L.N. Formirovanie rechi u doshkolnikov. M., Prosveщenie 1995

18.Jinkiin N.I.Rech kak provodnik informatsii. M., 1992.

19.Jinkin N.I. Intellekt,yazыk i rech. – M., Nauka, 1992.

20.Jinkin N.I. Mexanizmы rechi. M., Vlados, 2001.

21.Jukova N. S., Mastyukova Ye. M., Filicheva T. B. Preodolenie obщego nedorozvitiya rechi u doshkolnikov.-Yekaterenburg: Izd-vo ARD LTD, 1998.

22.Ivanenko S.F. Formirovanie vospriyatiya rechi u detey s tyajyolыmi narusheniyami proiznosheniya. – M.: Vlados.1994

23.Ippolitova M.V., Babenkova R.D., Mastyukova Ye.M. Vospitanie detey s serebralnыmi paralichom v seme (posobie dlya roditeley i vospitateley). M., Vlados,1998

24.Istomina Z.M. Razvitie proizvolnogo zapominaniya u doshkolnikov. Xrestomatiya po vozrastnoy i pedagogicheskoy psixogii, M.: 1991 g.

25.Lalaeva R.I., Serebryakova N.V. Korreksiya obщego nedorazvitiya rechi u doshkolnikov. M., Prosveщenie,1999.

26.Leontev A.A. Yazыk, rech, rechevaya deyatelnost. – M.: Vlados,2004.

37.Logopediya // red.L.S.Volkova, S.N.Shaxovskaya. –M.. VLADOS, 1998

28.Logopediya. /pod red. L.S. Volkovoy., S.N. Shaxovskoy. – M., 2003.

29.Lopuxina I.S. Logopediya. – M.: Akvarium, 1995

30.Luriya A.R. Yazыk i soznanie / pod red. Ye.D.Xomskoy.-Rostov-n/D.: Feniks, 1998g.

31.Lvov M.R. Metodika razvitiya rechi mladshix shkolnikov.–M.: Prosveщenie,1995

32.Lyapidevskiy S.S. Nevropatologiya. M., Vlados. 2001. 37. LyapidevskiyS.S.Nevropatologiya–M., Vlados. 2001



33.Maksakov.A.I. «Pravilno li govorit vash rebyonok». Vlados, 2004

34.Mastyukova Ye.M. Lechebnaya pedagogika. – M.: Vlados, 1997. – 304 s.

35.Mastyukova Ye.M. Rebenok s otkloneniyami v razvitii: rannyaya diagnostikai korreksiya. – M.: Prosveщenie, 1992. – 95 s.

36.Mastyukova Ye.M. Rebenok s otkloneniyami v razvitii: rannyaya diagnostikai korreksiya.– M.: Prosveщenie, 1992.

37.Mastyukova Ye.M., MoskovkinaA.G. Semeynoe vospitanie detey s otklone niyami v razvitii. – M.: Vlados, 2004. –408 s.

38.Mastyukova Ye.M., MoskovkinaA.G. Semeynoe vospitanie detey s otkloneniyami v razvitii.– M.: Vlados, 2004. –408 s.

39.Maxmudova N.M., Kurbanova U.K., Sternik O.A. Detskiy serebralnыiy paralich. Tashkent, 1998.

40.Miranova S.A. Razvitie rechi doshkolnikov na logopedicheskix zanyatiyax. M. Prosviщenie., 1991.

41.Mironova S.A. Obuchenie i vospitanie doshkolnikov s narusheniyami rechi. M. , Vlados.,1999.

42.Mironova S.A.Razvitie rechi doshkolnikov na logopedicheskix zanyatiyax.- M., Prosveщenie., 1991

43.Mostyukova Ye.M., Ippolitova M.V. Narushenie rechi u detey s serebralnыm paralichom. Kniga dlya logopeda. –M., Vlados.,1995

44.Mo‘minova L.R., Ayupova M.Yu. logopediya. T., “O‘qituvchi” .,1993.

45.Niщeva N.V. Sistema korreksionnoy rabotы v logopedicheskoy gruppe dlya detey s obщim nedorazvitiem rechi. – SPB.: 2001.

46.Nurkeldieva D.A., Ayupova M.Yu.,Axmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. Toshkent., “Yangi asr avlodi” ., 2007.

47.Rubinshteyn S.L. Problemы obщey psixologii. – M.: Vlados., 2001.

48.Sazanova S.N. Razvitie rechi doshkolnikov s obщim neorazvitiem rechi. M. , Vlados., 2003

49.Seliverstov V.I. Igrы v logopedicheskoy rabote s detmi. – M.:Prosveщenie., 1997

50.Seliverstov V.I. Korreksionnoe obuchenie detey s narusheniyami rechevoy deyatelnosti. M., Prosveщenie. 1999

51.Sobotovich K.F. Formirovanie pravilnoy rechi u detey s motornoy alaliey. Kiev., 1991

52.Spesialnaya pedagogika (sostovitili Aksenova L.I., Arxipov V.A., Belyakova L.I.) M., Vlados.,2000

53.Spesialnaya pedagogika. (Pod red. N.M.Nazarovoy.)– M.: Akademiya, 2004. 54.Spirova L.F.. Yastrebova A.V. Obsledovanie leksicheskogo zapasa i grammaticheskogo stroya rechi. /Metodы obsledovaniya narusheniy rechi u detey./-M., 1992

55.Spirova.L.F. Yastrebova L.V. Narusheniya rechi u detey. Prosveщenie 1995.

56.Tokareva O.A. Dizartiriya./Rasstroystva rechi u detey i podrostkov./ (S.S.Lyapidevskiy tax.os.) M., Prosveщenie.,1996

57.Trubnikova N.M. Korreksiya nurusheniy zvukoproiznosheniya u mladshix shkolnikov, stradayuщix detskiy serebralnыm paralichom i oligofreniey. Dis...ped fan.nom.-M., 1996

58.Tumanova T.V. Osobennosti slovoobrazovaniya u doshkolnikov s obщim nedorazvivitiem rechi. M. ,Vlados ., 2002.

59.Uruntaeva G.A. Doshkolnaya psixologiya. M., “Akademiya”. 1999

60.Filichyova T.B. Osobennosti formirovaniya rechi detey doshkolnogo vozrasta. – M.: Vlados., 2000.

61.Filichyova T.B., Chirkina G.V.Korreksionnogo obuchenie i vospitanie detey 5-letnego vozrasta s obщim nedorazvitiem rechi. – M.: Vlados.,1991.

62.Filichyova T.B., Chirkina G.V. Ustranenie obщego nedorazvitiya rechi u detey doshkolnogo vozrasta (Prakticheskoe posobie) – M.: Vlados., 2004.

63.Filicheva T.E. Deti s obщim nedorazvitiem rechi. Vospitanie i obuchenie/T.E.Filicheva. T.V.Tumanov.-Moskva.: Gnom-Press., 1999g.

64.Filicheva T.E. Deti s obщim nedorazvitiem rechi. Vospitanie i obuchenie/T.E.Filicheva. T.V.Tumanov.-Moskva.: Gnom-Press., 1999g.

65.Xrestomatiya po logopedii (Itom) /pod red. L.S.Volkovoy., V.I.Seliverstova. – M.: Vlados., 1997.

66.Xrestomatiya po logopedii (IItom) /pod red. L.S.Volkovoy., V.I.Seliverstova. – M.: Vlados.,1997





1 Хрестоматия по логопедии (1 том) (под.ред.Л.С.Волковой.,В.И.Селверстов) М.: 1997

2 Хрестоматия по логопедии (1 том) (под.ред.Л.С.Волковой.,В.И.Селверстов) М.: 1997


3 Хрестоматия по логопедии (1 том) (под.ред.Л.С.Волковой.,В.И.Селверстов) М.: 1997



4Логопедия (под.ред.Л.С.Волковой) Владос.М.: 1998г.

Download 162,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish