Bog'liq Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal
Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari boshqaruv jarayonida vujudga keladi va o’ziga xos psixologik xususiyatlar tariqasida namoyon bo’ladi. Bizga ma’lumki, personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi. Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida qo’l ostidagi xodimlarga ijobiy ta’sir ko’rsata olishi, o’zgalar bilan til topisha bilishi, o’z ishini faol, aniq va samarali bajara olishi, aqliy harakatlarini to’g’ri safarbar qila olishi, nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi.
Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir.
Professional – mutaxassisning mehnat faoliyati jarayonida o’ziga qo’yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarishga erishgan holati.
Professional kompetensiya – faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari, malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishini ifodalovchi shaxs umumiy madaniyatining yo’nalganligi. P.b. – o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo’lga quyish uchun o’sha faoliyat borasida to’la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo’lishlikdir.
Professionalizasiya – bu mehnat kishisining (psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ishga bog’liq) xarakter xususiyatlarini ish jarayonida shakllanishi demakdir.
Komanda liderining xulq-atvori.
Komanda lideri: a) xodimlarga komandada ishlash imkoniyatlarini yaratib beradi;
b) har bir xodimni faol ishtirok etishga chaqiradi;
c) boshqa bo’limlar bilan hamkorlikni tashkil etadi;
d)komandaning har bir a’zosi bir-biri bilan adolatli muomalada bo’lishayotganini nazorat qilib boradi;
e)hamkorlikda ishlashni muvofiqlashtiruvchi xulq-atvorni tan oladi va uni rivojlantiradi.
2)O’zgarishlarni boshqarish– rahbardagi tashkilotning samarali ishlashini oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy o’zgarishlar va innovasiyalarni qo’llab-quvvatlay olish, tashkiliy o’zgarishlarni tatbiq qilish, homiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishida boshqalarga yordam berish qobiliyati.