Bog'liq Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal
Boshqaruv uslublari: avtoritar, demokratik, liberal.
Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, mehnat jamoasi faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan rahbar qo’llaydigan boshqaruv uslubiga bog’liq.
Boshqaruv uslubi – rahbarning o’z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo’yicha qo’llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir. Hozirga kelib boshqaruv fanida boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud bo’lib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslubni tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatta bironta cheklanishga ega. Quyida rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha izoh berib o’tamiz va bu matndan rahbar o’z faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qo’llash haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli yondoshuv tamoyiliga asoslanish boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha to’la tahlil berishi mumkin. Bunga binoan, qo’llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo’ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o’zi boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini to’g’ri baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi hamda o’zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim.
Yuqorida aytib o’tilganidek rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi deb ham aytib bo’lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim.
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o’rtadan yuqori bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo’lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to’siq bo’lishini amaliyot va hayot ko’rsatdi. Rahbardagi o’rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur.
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-o’zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo’lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ‘‘ziyoli" bo’lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo’ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog’i lozim. Muomala madaniyati — bu o’rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to’g’ri yo’sinda gapira olmaslik yotadi. O’zganing o’rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo’lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Liderlik uslubi - lider yoki rahbar tomonidan unga bo`ysunuvchi yoki unga qaram bo`lgan odamlarga ta’sir ko`rsatish uchun qo`llaniladigan usul va metodlar to`plamidan iboratdir. Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo`lib, rahbarlikning uchta uslubi ajratilgan