Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi


    6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

 


41 
 
6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari. 
 
Neftdan  olinadigan  har-xil  sohalarda  ishlatiladigan  moylar  atmosfera    bosimi 
ostida  xaydab  olingan  neft  qoldig’i  mazutdan    olinadi.  Moylarni  ishlab  chiqarish 
jarayoni  3 bosqichdan iboratdir:  
1. Boshlang’ich xom ashyoni tayyorlash -  moy frakstiyalarini olish. 
2. Olingan moy frakstiyalaridan komponentlar olish.  
3.  Komponentlarni  aralashtirish  (kompaundirlash)  ularga    qo’ndirma  qo’shish 
va tovar mahsulot olish.  
Boshlang’ich  xom  ash’yoni  tayyorlashda  mazutni  vakuum  ostida    haydab  
frakstiyalarga  ajratiladi.    Moylarni    olishda  ishlatiladigan  usulga  qarab  ular  ikki 
gruppaga bo’linadi.  
1.  Distillyat  gruppasi  –  bunga  vakuum    ostida  300-400
0
S,  350-420
0
S,  420-
450
0
S va 450-500
0
S da mazutni  qizdirib olinadigan frakstiyalar. 
2.  Mazutni    vakuumda  haydalgandan  keyingi  qoldiq-gudrondan    (500
0
S  dan 
yuqori)  olinadigan moylar.  
Distillyat moy frakstiyalaridan  qayta ishlab olingan   surkov moylari-distillyat 
moylar  deyiladi,    gudrondan  olinganlari-qoldiq  moylar  deyiladi.    Boshlang’ich  moy 
frakstiyalaridan  moy  komponentlarini  olish    murakkab      ko’p  bosqichli  jarayondir. 
Xar  bir  bosqichni  vazifasi  moylarni  ekspluatastiya  xususiyatini  pasaytiradigan 
gruppalar  birikmasidan  tozalashdir.  Neft  frakstiyalaridan  hamma  kislotali  xossaga 
ega  bo’lgan  birikmalarni,  to’yinmagan  uglevodorodlarni,  qisman    oltingugurtli  va 
smolali  birikmalarni,  qisqa  yon  zanjirli  polistiklik  aromatik  uglevodorodlarni,  qattiq 
parafinlarni  chiqarib  tashlash  kerak.  Boshlang’ich  moy  frakstiyalaridan  moy 
komponentlarini olish asosida yuqorida  ko’rsatilgan zararli  komponentlarni tozalash 
yotadi. Bu usullar-fizik (erituvchilar bilan ekstrakstiyalash), eritmadan past haroratda 
cho’ktirish,  fizik-ximik-adsorbstiya,  kimyoviy  usul-N
2
SO
4
  bilan  tozalash  va 
gidrotozalashdir. 
Qoldiq  moylarini  ishlab  chiqarish  distillyat  moylarni  ishlab  chiqarishga 
nisbatan  murakkabdir,  chunki  gudronda  asfalten-smolali  birikmalar  juda  ko’p.  


42 
 
Mazutni 
vakuum  ostida 
haydalgandan 
keyingi  qolgan  qoldiqni-gudronni 
deasfaltizastiya  qilinib  undagi  bo’lgan  smolali-asfaltenlarni  chiqarib  olinadi. 
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol  yoki  furfurol bilan tozalanadi. Bundan 
maqsad-qolgan    smola-asfaltenlarni  va  yonbosh  zanjiri  qisqa  bo’lgan  polistiklik 
aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.  
Selektiv  (saylab)  tozalangan  rafinatdan  erituvchilar  asteton,    dixloretan 
yordamida qattiq parafinlarni  cho’ktiriladi. Deparafinlangan  mahsulotni  adsorbstiya  
yoki gidrotozalash yordamida  me’yoriga etkaziladi. 
Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydilar.   
Distillyat  va  qoldiq  moylarni  umumiy    texnologik  sxemasi  shu  bilan  farq 
qiladi.    Moy  frakstiyalari  tozalangandan  so’ng  moylarni  rangi  o’zgaradi,  ular  ancha 
rangsizlanadi. Smolali va  polistiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida  
moylarni    kokslanishi    va  yopishqoqlik  indeksi    ortadi.  Smola  va  to’yinmagan 
uglevodorodlardan  tozalash    moyni    termobarqarorligini  oshiradi.  Kislota 
xususiyatiga  ega  bo’lgan  uglevodorodlardan  tozalash  esa  korroziya    aktivligini  
pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish temperturasini pasaytiradi.  
Moylarni  tovar    xolatiga  keltirib  tayyorlash  komponentlarni    aralashtirish 
qurilmasida  olib  boriladi.  Engil,  o’rta  va  og’ir    distillyatlar  va  qoldiq  komponentlar  
bo’lsa moylarni  xoxlagan navini tayyorlash mumkin.  

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish