4.Matematik tahlil usuli. Statistik usulning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati barchaga malum. Uning yordamida lisoniy birliklarning qollanish koeffitsienti, yani nutqiy (yozma va ogzaki) faollik darajasi aniqlanadi. Statistik tahlil natijalaridan amaliy maqsadlarda, masalan, yozma yodgorliklar sirlarini ochishda, kriminalistikada (nomalum muallifni aniqlashda), lugatlar tuzishda, stilistik tahlilda va boshqa sohalarda foydalaniladi. Statistik tahlil, soz shakllari va gaplar qurilishining analitik qoliplarini tuzish bir tildan ikkinchi tilga mashina (avtomatli) tarjimaning matematik asosini yaratish imkonini beradi. Hozirgi kuida turli xil tarjima avtomatlari paydo bolgan va har bir shaxs ulardan foydalanish imkoniga ega. Ammo bu turdagi mashinalarning qobiliyati anchagina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning tishi faqatgina sodda, unchalik murakkab bolmagan matnlarga otadi. Faqatgina avtomatik lugatlarning (masalan Yaponiyada keng kolamdagi qollanishda bolgan ierogliflar lugati) imkon darajasi anchagina keng. Ammo bu turdagi mashinalarning qobiliyati anchagina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning tishi faqatgina sodda, unchalik murakkab bolmagan matnlarga otadi. Faqatgina avtomatik lugatlarning (masalan Yaponiyada keng kolamdagi qollanishda bolgan ierogliflar lugati) imkon darajasi anchagina keng.
Matematik metodlarni (bazan ularni aniq yoki jiddiy metodlar deb ham atashadi) tilshunoslikka tadbiq etish tarafdorlari til tizimida tovush, soz, morfema kabi qiymatlar (kattaliklar) mavjud va ularni miqdoran tahlil qilish mumkin, deb hisoblaydilar. Biroq ushbu qiymatlarning ozaro nisbati matematik xususiyatga ega bolmasa kerak va shu sababli bu nisbatni matematik ishoralar vositasida ifodalash qiyin masala. Masalan, notinchlikda soz formasini morfemalar yigindisidan (no+tin+ch+lik+da=notinchlikda) iborat deb hisoblasak, morfemalarni ramziy belgilar bilan almashtirish mumkin: no-(prefiks) - p; tin - (ozak) - o; -ch -(suffiks) - s; lik - (suffiks) - s; -da - (flektiv qoshimcha) - f; uida quyidagi tenglama hosil boladi: p+o+s+s+f. Lekin bunday tuzilmani matematik formula sifatida talqin qilish mushkul, chunki bu yerda matematik ozgarish amallarini (qoshilayotganlar ornini almashtirish, bir qiymat orniga ikkinchisini qoyish, qavsdan chiqarish kabilar) bajarib bolmaydi. Demak morfemalarning ozaro munosabati butunlay boshqachadir. Matematika, biologiya, fizika kabi aniq fanlarga xos metod va usullarni togridan-togri lisoniy tahlil doirasiga kochirish metodologik jihatdan notogridir. Bu yosindagi urinishni, masalan, matematik glottoxronologiya metodi qollanishida korishimiz mumkin. Ushbu metod tarafdorlarining fikricha, til lugat boyligining yangilanishi malum vaqt davriyligida malum foizda yuzaga keladi. Shunga binoan ikki qarindosh tilning bir-biridan ajralish davrini yoki umuman tilning bir taraqqiyot holatining ikkinchisiga otish vaqtini aniqlash mumkin emish.
Birinchisida quyidagi formula taklif qilinadi: s1 = 1o§ s 2 1o§ g (ajralish payti saqlangan lugaviy birliklar foizi logarifmini saqlanish koeffitsienti logarifmiga ikki hissa kopaytirishiga teng).
Ikkinchi formula: 1o§ g = 1o§ 1; + (1000 yil davomida saqlanish koeffitsienti logarifmi lugatlar ortasida moslik foizining logarifmiga teng. Bunda lugatlar mosligi foizi element hosil bolgandan buyon otgan davr mikdoriga taqsimlanadi). Masalan, arxeologik qazishlar jarayonida topilgan komir tarkibiga asoslanib, yongin bolib otgan vaqtni aniqlashadi. Lekin, lison - ijtimoiy hodisa, uning taraqqiyoti «olik» dunyo mavjudotlaridan tubdan farq qiladi. Til lugat tarkibi qisqa muddatda katta ozgarishlarni boshdan kechirib, keskin yangilanishi hech gap emas. (masalan, XI asrda normanlar istilosi natijasida ingliz tili lugat tarkibining qariyb yarmini roman ozagidagi sozlar tashkil qila boshladi. Huddi shuningdek, mustaqillik davrida ozbek tili lugati yangi atamalar hisobidan keskin boyib bormokda). Shuning bilan birgalikda, ayrim tillar lugat boyligi asrlar davomida sezilarli darajada ozgarmasdan qolishi mumkin. (masalan, litva tilida bu hodisa kuzatilgan). Bundan tashqari, tillarning ajralish davriga oid yozma yodgorliklar bolmasa (yoki ular kam mikdorda saqlangan bolsa), ushbu tillar lugat tarkibini toligicha aniqlashning imkoni yoq. Demak, matematik glottoxronologiya metodining qollanishi har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Ammo glottoxronologiya metodining kamchiliklarini korib, uni butunlay unutish lozim degan xulosa paydo bulishi aslo mumkin emas. Lisoniy tahlilda matematik amallardan foydalanish imkoniyatlari kop va tilshunoslikning «aniq» fanlar bilan birga rivojlanishi, oz muammolari yechimini topishda aniq fanlarga xos metodlardan samarali foydalanish imkoniga ega ekanligining allaqachon guvohi bolganmiz.
Nazorat savollari:
1. Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini qandaytushunadi ?
2.G.Glison ifoda planini qanday qismlarga ajratadi?
Z.Distributiv lingvistikada distributsiya modellarining qaysi turlari belgilanadi?
4. Ularga alohida tarif bering.
5.Bevosita ishtirokchilar metodining mohiyati nimada?
6. BI metodida konstruksiya atamasi qanday talqinetiladi?
7.BI metodining ojiz tomonlari nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |