Nazariy poetika



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/63
Sana07.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#328338
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
nazariy poetika

 

11-mavzu: Lirik tur. 

Reja: 

1. Lirik turning xususiyatlari. 

2. Sharq adabiyotidagi she‘riy janrlar. 

3. G‗arb adabiyotidagi she‘riy janrlar.  

 

Tayanch  tushunchalar: 

Lirik  tur,  Sharq  adabiyoti,  she‘riy  janrlar,  G‗arb  adabiyoti, 

she‘riy janrlar.  

 

Lirik turdаgi аsаrlаr ham хuddi nаsriy vа drаmаtik аsаrlаr singаri mаvzu yo‘nalishi, ifоdа 



uslubigа  ko‘ra  guruhhargа  bo‘linadi:  intim  lirikа,  publisistik  lirikа,  hajviy  lirikа.  Ulаrni 

shаrхdаshdаn аvvаl  «lirikа» tеrmini хususidа to‘xtаlish jоiz. 



Lirikа 

yunonchа so‘z bo‘lib, «lirа 

jo‘rligidа аytish» dеmаkdir. Lirа esа chоlg‘u аsbоbidir.  

Lirika  olamni  obrazlar,  kechinmalar  vositasida  yoritadi.  Badiiy  ifodani  mazmunan 

quyuqlashtirish,  uni  his-hayajonlarga  yo'g'dirish  uchun  lirika  so'z  san'atiga  suyanadi  va  she`riy 

LIrik tur 

g`azal 

qasida 


Epik tur 

roman 


qissa 

Dramatik 

tur 

drama 


tragediya 


shakllarga  murojaat  qiladi.  Lirik  she'riyat  fikr-tuyg'ularni  ana  shu  birlik  va  cheksizlikda  aks 

ettirish bilan voqelik va insonni o'ziga xos cheksizlikda aks ettiradi.  

Lirikada  fikr  va  hissiyotlar  dialektikasini  tasivrlash  bilan  inson  tabiati  tovlanishlarini, 

inson xarakteri jilvalarini aks ettirish imkoniyati mavjud bo'ladi. 

Ko‗pincha  lirik  qahramon  deganda  muallif  tushuniladiki,  bu  har  doim  ham  to‗g‗ri 

bo‗lavermaydi. Zero, shoir o‗zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‗zganing ruhiyatiga kirgan 

holda o‗sha "o‗zga shaxs" kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo‗ladi. Bu o‗rinda yana bir 

muhim  masala  shuki,  she‘rda  xatto  shoir  o‗z  kechinmalarini  tasvirlagan  holda  ham  lirik 

qahramon  bilan  real  shoir  orasiga  tenglik  alomati  qo‗yib  bo‗lmaydi.  Masalan,  Cho‗lponning 

"Men  va  boshqalar"  she‘ri  garchi  lirik  "men"  tilidan  berilgan  bo‗lsa-da,  uning  lirik  qahramoni 

shoir emas, balki o‗zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan.  

Haqiqiy she'rda har bir so'z shakl-shamoyil, rang-bo'yoq salmoq va ohangga ega.  

Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o‗laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik 

asarda sub‘ektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‗quvchi tasavvurida tashqi ko‗rinishi 

bilan  gavdalanmaydi,  mavhumligicha  qoladi,  aniqrog‗i,  o‗quvchi  o‗zini  uning  o‗rnida  ko‗radi, 

uning  kechinmalariga  turtki  bergan  holatni  his  qiladi,  ko‗nglidan  kechgan  kechinmalarni  o‗z 

ko‗nglida ham kechiradi. Masalan, quyidagi she‘rni shu jihatdan ko‗zdan kechirishimiz mumkin: 

Seni kutib umrim o'tsaydi... 

Visolingga yetmasam, mayli. 

O'lim quchgan asnoda ham sen 

Yuragimda bo'lsayding, Layli... 

Seni kutib umrim o'tsaydi...  



(U.Hamdam) 

She‘rni  o‗qigan  kitobxon  lirik  qahramonni  -  qaysidir  sababga  ko‗ra  sevgilisiga 

yetisholmagan, ayni paytda sevgisini ham unutolmagan  va sevgilisinig xayolidan voz kechishni 

istamayotgan odamni tasavvur qiladi, o‗sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini 

qalbdan  o‗tkazadi.  Yuqorida  aytdikki,  lirik  qahramon  bilan  real  shoir  teng  emas,  ya‘ni,  shu 

she‘rni  yozish  uchun  shoirning  albatta  sevgilisiga  etisholmagan  va  hamon  o‗sha  sevgisini 

qo‗msab yashayotgan odam bo‗lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, she‘rxon 

bu  holatni  his  qiladi,  holbuki,  unda  tasvirlangandek  hayotiy  holatni  real  hayotda  boshdan 

kechirmagan bo`lishi ham mumkin.  

Shoir  va  lirik  qahramon  munosabatini  asosga  olgan  holda  biz  lirik  asarlarni  ikkiga: 

avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratiladi. Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan 

shoir  shaxsiyati  mos  tushgan,  ikkalasi  bir-biriga  yaqin  bo‗lgan  she‘rlar  tushuniladi.  YA‘ni, 

avtopsixologik  she‘rlarda  shoir  o‗z  qalbiga  murojaat  kiladi,  o‗z-o‗zini  ifodalaydi.  Agar 

avtopsixologik  lirikaga  mansublik  uchun  shoir  shaxsiyati  va  lirik  qahramon  orasidagi 

yaqinlik(aynan  moslik  emas)ni  kifoya  deb  qarasak,  u  holda  lirik  asarlarning  aksariyati 

avtopsixologik xarakterga egaligi ma‘lum bo‗ladi. Shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos 

tushmasligi  ochiq  ko‗rinib  turgan  she‘rlarni  ijroviy  lirika  deb  yuritiladi.  Bu  xil  she‘rlarning 

ijroviy  lirika  deb  nomlanishiga  sabab  shuki,  ularda  shoir  o‗zga  shaxs  ruhiyatiga  kiradi,  go‗yo 

uning  rolini  o‗ynaydi  va  asarda  uning  qalbini  suratlantiradi.  SHuni  yodda  tutish  lozimki, 

mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.) bularning har biriga birdek 

singishib  ketaveradi  (ya‘ni,  avtopsixologik  lirika  ham,  ijroviy  lirika  ham  mazmunan  falsafiy, 

ishqiy, siyosiy va h. bo‗laverishi mumkin,). Ma‘lumki, lirik asarlar asosan she‘riy nutq shaklida 

yoziladi,  biroq  "she‘riy  asar"  va  "lirik  asar"  tushunchalarini  bir-biridan  farqlash  joiz.  Sababki, 

badiiy  adabiyotda  she‘riy  yo‗lda  yozilsa-da  lirikaga  aloqador  bo‗lmagan  asarlar  ham  mavjud. 

Shuningdek, lirik asar odatan hajmining kichikligi, vaqt hissining "hozir"ligi, asosan monologik 

nutq shakliga va ko‗proq konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta‘sir 

qilgani  uchun  asarda  juda  kam  ifodalanadi,  ifodalanganda  ham  bilvosita  namoyon  bo‗ladi) 

egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. 

Lirik turdagi asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni qisman o‗ziga 

singdiradi.  Jumladan,  lirik  asarda  voqelikka  oid  tafsilotlar  (epik  element)  juda  kam  bo‗lib,  ular 




kechinmani  ifodalash, uning omillarini ko‗rsatishga  etarli miqdordagina  olinadi.  Ya‘ni, o‗rinda 

asosiy me‘yor — fragment tarzida olingan epik elementlarning lirik qahramon holatini tasavvur 

qilish  uchun  etarliligi.  SHuningdek,  lirik  asarda  yana  epik  asarga  xos  voqeabandlik,  dramatik 

asarga  xos  dialogik  holatlar,  o‗ziga  xos  "sahna"  yaratish  hollari  ham  uchraydi.  Biroq  har  ikki 

holda  ham  bu  elementlar  kechinmani  tasvirlash  va  ifodalashga  xizmat  qiladi,  ya‘ni,  lirik  asar 

uchun voqeani yoki "sahna"ni tasvirlash maqsad bo‗lolmaydi, ular vosita xolos. 

Lirik turdagi asarlar dastlab uch turli bo`ladi: 


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish