1. Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi.
2. Asar kompozitsiyasida syujetning o‗rni. Asarda syujet tarkibiy qismlarining
3. Kompozitsion vositalar.
Tayanch tushunchalar:
Badiiy asardagi shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash
uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi.
Kompozitsiya (lat., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday
uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‗zi bo‗lmaydi, zero, har bir unsur
asar butunligida o‗zining funksiyasiga ega bo‗ladi, muayyan g‗oyaviy-badiiy yuk tashiydi.
Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini syujet tashkil qilishini ta‘kidlash joiz. SHu bilan birga,
badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret,
interer, lirik chekinish, qistirma epizod kabi syujetdan tashqari qator unsurlar ham mavjud.
Yozuvchi asar qurilishini belgilaganda ularning har birini o‗z o‗rnida, o‗z me‘yorida ishlatishi,
qismlarni butun bilan mustahkam aloqada bo‗ladigan, bu aloqalar anglanadigan tarzda
joylashtirishi muhim. Avval aytganimizdek, yozuvchi ijodiy niyatdayoq o‗qish jarayonini ham
nazarda tutadi. Ayni shu narsa, o‗qish jarayonining ijod jarayoniga ta‘siri, badiiy asar
kompozitsiyasini belgilaganda ayniqsa yaqqol ko‗rinadi. Kompozitsion jihatdan yaxshi
tashkillangan asardan o‗quvchi to so‗nggi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf
etib boradi, o‗qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish,
zerikish hislari unga tamomila yot bo‗ladi. Bulardan ko‗rinadiki, badiiy asar kompozitsiyasi
asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini
ta‘minlaydigan, asarning o‗qilishi, uqilishi va kitobxonga g‗oyaviy-estetik ta‘sirini
boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san‘at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan.
Muayyan asar badiiyati haqida so‗z ketganda uning syujet-kompozitsion xususiyatlariga,
ijodkorning badiiy mahorati haqida so‗z borganda uning bu boradagi mahoratiga ayricha e‘tibor
berilishi bejiz emas. Zero, badiiy asarda hayotni muayyan badiiy shaklga solingan holda aks
ettiriladi, unda yangi reallik — badiiy voqelik yaratiladi. YA‘ni, san‘atkor bir butunlikdan
ikkinchi bir butunlikni — voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materialini(dispozitsiya)
badiiy asarga(kompozitsiya) aylantirishi zarur bo‗ladi. Shu bois ham dispozitsiyani
kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori ijodkor shaxsning tug‗ma imkoniyatlari sirasida sanalib,
iste‘dod kuchi uning qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
Yozuvchi muayyan turmush manzarasini aks ettirar ekan, uni uquvchi ko`z ungida butun
to`laligi va yaxlitligi bilan namoyon qilish uchun asarini ma'lum shaklga soladi. Adabiy asarning
barcha qismlarini o`zaro birlashtirib turuvchi, muayyan hayotni yaxlitlikda va muallif nuqtai
nazariga mos holda obrazli aks ettirishga yordam beruvchi qurilishi kompozitsiya, deb ataladi.
Biror asar kompozitsiyasi, ya'ni tuzilishi haqida fikr yuritish uchun undagi voqealar,
hodisa va shaxslar nima maqsadda kiritilgani xususida o`ylab ko`rish kerak bo`ladi. Maqsad
aniq, bo`lmasa, harakat ham, ya'ni kiritilgan voqealar, ularda qatnashadigan shaxslar ham
tartibsiz bo`ladi. Shu sababli asar kompozitsiyasini aniqlash uchun ma'lum birlikda turgan narsa,
voqea va shaxslarning nima maqsad bilan birlashganiga diqqat qaratish lozim. Shu narsa
aniqlanmasa, asardagi birlikni va uning qismlari bajaradigan vazifasini anglab olish mushkul.
Adabiy asarda narsa, voqea va shaxslarni bir nuqtaga yig`adigan kuch bor. Bu g`oya, niyat,
yozuvchi ifodalamoqchi bo`lgan fikrdir. Shu yo`sinda san'atkorning e'tibor beradigan diqqat
markazi paydo bo`ladi. Yozuvchi qamrab olingan hayot materialida nimalarnidir diqqat
markazida tutadi, nimalarnidir o`zining diqqat markaziga olmaydi. Ya'ni har bir narsa, voqea,
shaxsga ifoda qilinmoqchi bo`lgan g`oya, niyatdan kelib chiqib o`rin beradi. Eng yaxshi badiiy
asarlarda har bir bob, boblardagi har bir manzara ham o`z markaziga ega bo`ladi. Ana shunday
taqdirdagina adabiy asar zarur izchillikka ega bo`lishi mumkin. Barcha markazlar aniq va
ravshan yozilgan, haqqoniy bo`lishi, personajlar xarakterining rivoji, ruhiyati bilan bog`lanishi,
asosiy markazga borib qo`shilishi lozim. Barcha chekka markazlarning yigindisidan badiiy
asarning yagona markazi vujudga keladi. Bosh markazning asosiy belgilari chekka
markazlarning sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi.
Kompozitsiyaning yana muhim masalalaridan biri muvofiqlikdir. Bu yerda ayrim
tafsilotlar, epizodlarning, voqealar tasviri va obrazlarning asar markaziga, yozuvchi maqsadiga
muvofiqigi ko`zda tutiladi. Har bir dalilning muayyan sharoitga muvofiqligini sezish va aniqlash
u ishtirok etayotgan manzara, bob va umumlashmalar markazini his qilish va aniqlash orqaligina
bo`lishi mumkin. Agar badiiy asar boblari va voqealarida yozuvchining diqqat markazi aniq va
ravshan sezilib turmasa, fakt yo tafsilotlarning muvofiqligi xaqida gapirish mumkin emas.
Kompozitsiyaning muhim tomonlaridan yana biri meyor masalasidir. Haqiqiy yozuvchi
asar ustida ishlar ekan, o`zining hajm jihatidan qatiy cheklanganini his qiladi. U ayrim tafsilotlar
va dalillar tasvirini o`zboshimchalik bilan cho`zish yoki cheklab qo`yish huquqiga ega emas.
Me'yor masalasi har bir
tafsilot va voqeaning markazga nisbatan muvofiqligiga bog`liq bo`ladi. Muvofiqlik darajasi
hamisha tasvir o`lchovini belgilab beradi. Markazga mutlaq darajada tafsilot va voqealar,
manzaralar orasida ularning asosi hisoblangan, ya'ni markazni ifolalovchi detal, voqealargina
mufassal, keng tasvirlanadi.
Asarda har bir personaj o`z xarakteri va vazifasiga ega bo`ladi. Ularning barchasi
asosiy narsaga, ya‘ni voqealar rivojiga birlashtiriladi va shu bilan asar syujetini ochishga
xizmat qiladi. Syujet bilan kompozitsiya ajralmasdir.
Syujet bo`shligi kompozitsiyaning bo`shligini keltirib chiqaradi. Aniq
shakllantirilmagan bo`sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan
kompozitsiyaning o`zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi.