Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Download 6,72 Mb.
bet244/277
Sana20.02.2022
Hajmi6,72 Mb.
#460280
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   277
Bog'liq
Янги-2021 УМК-Соха(lotin)

9.Korxonaning sof foydasi nima?
Daromaddan harajatni ayirgandan qolgan qismi;
*Foydadan soliqlar chegirgandan so‘ng qolgan qismi;
Daromaddan ishlab chiqarish harajatlarni ayirgandan qolgan qismi;
Daromaddan harajatni ayirgandan qolgan qismi, daromaddan ishlab chiqarish harajatlarni ayirgandan qolgan qismi.
10. Korxonaning mahsulot sotishdan olingan yalpi foydasi qanday topiladi?
* ;
;
;
.
Asosiy adabiyotlar

  1. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. -T.:Sano-Standart, 2014. -304 b.

  2. Maxmudov E.X. Ekonomika promыshlennыx predpriyatiy. Uchebnik. -T.-Iqtisodiyot – 2015 . -370 c.

  3. Ivanov I.N., Belyaev A.M. i dr. Proizvodstvennыy menedjment. Uchebnik dlya bakalavrov/ pod. red. I.N. Ivanova. -M.:YUrayt, 2013. -574s.

  4. Ulashev I.O., Atamurodov SH.A. Korxona iqtisodi va menejmenti. -T.: Tafakkur bo‘stoni, 2013.

  5. N.A.Xashimova. Antikrizisnoe upravlenie predpriyatiem. Uchebnoe posobie -T.-Tafakkur qanoti 2016/ -284 b;

  6. N.X.Gulyamova. Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti. O’quv-uslubiy qo’llanma.T.: 2013.148 b.

  7. G.Taraxtiyeva. Innovatsion menejment. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya”, 2013. 208 b.

  8. G.K.Taraxtiyeva, N.H.Gulyamova, K.S.Ibragimova “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo’llanma. 2018.



11-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati (2 soat)
11.1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
11.2 Korxona investitsiyalarining manbalari
11.3 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning metodologik asoslari
11.4. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya
11.5. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
11.6. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari Innovatsion loyihalarni baholash

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi.


Iktisodiy kategoriya sifatida investitsiya kuyidagicha tasniflanadi:
" avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
" investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
" investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;
" kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya makomini berish (fukaro o‘zining extiyojlarini kondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);
" konun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib xisoblanadi.
Investitsiyalar - bu xali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga ko‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maksadida xo‘jalik faoliyatiga ko‘yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar kurishga, uzok muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘lik bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yukori darajada daromad olish, samaraga erishish maksadida mutlok boshka davlat iktisodiyotining, tadbirkorlik va boshka faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
Moliyaviy investitsiyalar kimmatbaxo kogozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablaglarini banklarga foiz olish maksadida depozit xisob rakamlariga kuyish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar pul mablaglarini kapital kurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmok va butun milliy iktisodiyotining kuch-kuvvatini belgilab beradi.
Investitsiya loyixasini tayyorlash va amalga oshirish kuyidagilarni uz ichiga oladi:
" investitsiyaviy g‘oya(fikr)ni shakllantirish;
" g‘oyaning dastlabki asoslanishi;
" loyixada kuzda tutilgan texnik qarorning taxlili;
" sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
" investitsiya loyixasi buyicha davlat boshkaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
" axborot memorandumini tayyorlash.
Investitsiyalarning ichki manabalari kuyidagilar:
" ishlab turgan asosiy kapitalga xisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
" foydaning investitsiya extiyojlariga ajratiluvchi qismi;
" sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa xodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
" korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
" yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
" xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning tashki manbalari kuyidagilar:
" markaziy va maxalliy byudjetdan, tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
" korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
" davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Investitsiyalardan (kapital ko‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari kuyidagilar xisoblanadi:
" yangi kurilish;
" korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
" ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jixatdan qayta qurollantirish;
" xarakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda korxonalar ikkita vazifani xal qilishlari lozim:
" kapital ko‘yilmalarning qoplanish muddati va daromadliligi nuqtai nazaridan, eng maqbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha samaradorligini baxolash;
" mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baxolash (ko‘shimcha maxsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va xokazo).
Investitsion loyihalarning samaradorligini baxolashda kuyidagilar asosiy ko‘rsatkich xisoblanadi:
1) Sof diskontlangan daromad (SDD) - butun xisobot davri uchun joriy samaralar yigindisining boshlangich kadamga keltirilgan miqdori yoki integral natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U kuyidagi formula asosida
xisoblanadi:

bu erda:
Nt– xisob-kitoblarning t- kadamida erishiluvchi natijalar;
Xt– xuddi shu kadamda amalga oshiriluvchi xarajatlar;
T – xisob-kitoblarning vaqt muddati;
E - diskont normasi.
Investitsiyalarning koplanish muddati (Ti) - investitsion loyihani amalga oshirishni boshlashdan to natijalarga -erishishgacha bulgan minimal vaqt muddati. U kuyidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu erda:
Is – sof investitsiyalar;
Pm – loyiha keltiruvchi urtacha yillik pul mablag‘lari okimi, sum.
Risk – bu bashorat kilinayotgan loyixani amalga oshirishga xalakit beradigan yoki loyixa samadorligini pasaytiradigan risklarning yigindisidir.
Birinchidan, loyixa faoliyatining boskichlari va fazalari buyicha tasniflash:
investitsiya oldi fazasidagi, investitsiyalash fzasidagi, ishlab chikarish fazasidagi risklar.
Ikkinchidan, loyixa faoliyati ishtirokchilari uchun risk taxdidlariga ta’sir etishining imkoniyatlarini mezonlari buyicha tasniflash.
Uchinchidan, riskdan ximoyalash imkoniyatlari nuktai-nazaridan tasniflash:
1) Sugurtalanadigan risklar;
2) Sugurtalanmaydigan risklar.
Sugurtalanadigan risklar uz navbatida:
a) kafolat
b) sugurta
v) zaxira fondi hisobiga koplanadigan risklarga bulinadi.
Loyixa faoliyatidagi risklarni quyidagi guruxini keltirish mumkin:
1. Loyixa ishtirokchilari riski;
2. Loyixa smeta qiymatining oshish riski;
3. Kurilishni uz vaktida tugamaslik riski;
4. Ish va ob’ekt sifatining patsligi riski;
5. Konstruksion va texnik risklar;
6. Ishlab chikarish riski;
7. Boshqaruv riski;
8. Sotish riski;
9. Moliyaviy risk;
10. Mamlakat riski;
11. Ma’muriy risk;
12. Huquqiy risk ;
13. Fors-major riski.

Download 6,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish