Тренажёр тестнинг барча хаклари
«Зар Суви – АЗУМИС» га
тегишлидир
Она тили – 2В / 2010
1. Ismlar deganda nima tushuniladi ?
a) ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
b) egalik, kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarish
xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar
c) atoqli otlar
d) his-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so`zlar
2. Yo`nalish ma`nosini ifodalovchi ko`makchilarni
toping.
a) sababli, tufayli b) kabi, singari
c) tomon, qarab d) haqida, to`g`risida
3. Quyosh damini g`ir-g`ir esgan shamol kesar edi.
Ostiga chizilgan so`z qanday turkumga mansub ?
a) taqlid so`z b) takror so`z
c) tovushga taqlid so`z d) holatga taqlid so`z
4. Voy, g`alati gapni gapirasiz-a, domlasi, axir, ona
o`z bolasiga yomonlikni ravo ko`radimi? Berilgan
gapda yordamchi so`z turkumiga mansub bo`lgan
so`zlar miqdorini aniqlang.
a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 5 ta
5. O`zbek adabiyotida ilk bor yaratilgan roman-
dilogiyani toping.
a) “O`tkan kunlar” b) “Mehrobdan chayon”
c) “Obid ketmon” d) “Kecha va kunduz”
6. 1) Yurak, 2) uy, 3) qishloq, 4) nok, 5) tog`,
6) singil, 7) shahar, 8) yurt, 9) o`g`il, 10) qiz
11) istak. Yuqoridagi qaysi so`zlarga egalik
qo`shimchalari qo`shilsa, asosda o`zgarish ro`y
beradi ?
a) 1,2,3,6,8,9 b) 1,3,6,7,9,11
c) 1,3,4,6,7,9 d) 1,3,6,7,8,9,10
7. Urg`u olmaydigan yuklamani toping.
a) –mi b) –dir c) –oq(-yoq) d) –chi
8. Ernest Seton-Tompsonning asosiy asarlarini
o`zbekchaga o`girgan adib kim?
a) Qamchibek Kenja b) Shukur Holmirzayev
c) Tog`ay Murod d) Asqad Muxtor
9. Atash ma`noli so`zli yoki ular o`rnida qo`llanilib,
ma`lum so`roqqa javob bo`luvchi va gapda gapda
ma`lum gap bo`lagi vazifasida keluvchi so`zlar…
a) mustaqil so`zlar b) vazifadosh so`zlar
c) yordamchi so`zlar d) alohida olingan so`zlar
10. Modal so`zlarga berilgan to`g`ri ta`rifni toping.
a) Gapning ma`lum bo`lagi yoki butun gap
ma`nosini kuchaytirib, ta`kidlab keluvchi so`z
b) ot kesimni ega bilan moslashtiruvchi so`z
c) bayon qilinayotgan fikrga so`zlovchining munosa-
batini bildirgan so`zlar
d) ayrim mustaqil so`zlarning ko`makchi vazifasida
kelishi
11. ”O`hho`,namuncha katta ketdingiz!”gapidagi undov
so`z qanday ma`noni anglatyapti ?
a) faxrlanish b) mag`rurlanish
c) e`tiroz d) mensimaslik
12. Undan bizga ijodining juda oz qismi-400 misra
atrofidagi 18 ta she`r yetib kelgan…
Yuqoridagi tarjimayi hol parchasi qaysi ijodkor
hayotidan olingan ?
a) Zavqiy b) Turdi c) Maxtumquli d) Uvaysiy
13. Qaysi so`zlar taqlidiy so`zlarga –ak qo`shimchasini
qo`shish orqali yasalgan ?
a) bezak, g`urrak b) qarsak, g`ijjak
c) guldurak, pirpirak d) a,b
14. Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan
ko`makchini toping.
a) sayin b) uchun c) boshlab d) qadar
15. ”Siz ijodiy tanlovdan o`tdingiz,tezda Moskvaga
yetib keling”. Ushbu mazmundagi telegrammani
qaysi ijodkor oladi ?
a) Mirtemir b) Sh.Rahmon c) Cho`lpon d) A.Qahhor
16. Tasdiq so`zlar berilgan javobni toping.
a) bo`lar, bo`pti b) xo`p, boraman
c) ha, mayli d) bor, hm
17. Inkor so`zlar berilgan qatorni toping.
a) mutlaqo, also b) yo`q, rozimasman
c) rozimasman, ko`nmadi d) a,b,c
18. 1926-yili “Sho`ro rahbarlarini matbuot orqali obro`-
sizlantirdi” degan uydirma bilan qamoqqa olingan
adib nomi qaysi javobda berilgan?
a) A.Qodiriy b) Cholpon c) Fitrat d) Shuhrat
19. Qaysi holda undov so`zdan so`ng vergul qo`yiladi ?
a) doimo b) undalma bilan birga qo`llansa
c) undalmasiz qo`llansa
d) hech qanday tinish belgisi qo`llanmaydi.
20. Zeroki bog`lovchisi bog`lovchining qaysi turiga
kiradi ?
a) sabab b) ayiruv c) zidlov d) aniqlov
21. Rostini aytsam,o`zim ham unchalik yomon bola
emasman. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi
qatnashgan ?
a) o`zlik b) ozlik, belgilash
c) o`zlik, ko`rsatish d) b,c
22. Cholponning “Binafsha” she`rida qanday ruhiy
holat ifodasi bo`rtib turadi ?
a) nafrat b) isyon c) dardkashlik d) umidsizlik
23. Tabiatning donoligiga tan bermay ilojim yo`qligi-
ni tuni bilan o`ylab yotdim. Gapdagi egalik qoshim-
chalari miqdorini aniqlang.
a) 1ta b) 2ta c) 3ta d) 4ta
24. Qaysi javobdagi so`z chamasi modal so`ziga
sinonim bo`la oladi?
a) darvoqe b) balki c) tabiiy d) mazmuni
25. Ispan shoiri Lorkaning “Eng qayg`uli shodlik”
she`riy kitobini o`zbekchaga o`girgan shoir kim ?
a) Cho`lpon b) Mirtemir
c) Sh.Rahmon d) S.Zunnunova
26. Akram qafasni sekin ochdi.Kaklik o`zicha “qiyq”
deb qo`ydi. Ostiga chizilgan so`z qanday so`z ?
a) undov so`z b) taqlid soz
c) modal so`z d) deb qo`ydi so`zi bilan birga fe`l
27. Julqunboy, yani Abdulla Qodiriy o`zbek adabiyoti
ning asoschisidir. Ostiga chizilgan so`z qanday so`z?
a) ko`makchi b) bog`lovchi c) yuklama d) modal
28. O`zi qo`shilgan so`z bilan birgalikda bitta
so`roqqa javob bo`ladi.Ushbu qoida qaysi so`zga
tegishli ?
a) mustaqil so`z b) yordamchi so`z
c) modal d) ko`makchi
29. …, o`sha, bundan olti-yetti yil ilgari o`zi
operatsiya qilgan yigit shu bo`lsa?! Nuqtalar o`rniga
mos keladigan yuklamani qo`ying.
a) xuddi b) faqat c) nahotki d) go`yo
30. 1) oh, 2) binobarin, 3) duv-duv, 4) chunonchi,
5) masalan, 6) iye, 7) taraq-turuq, 8) gurs-gurs,
9) hoy. Berilgan so`zlarni guruhlarga to`g`ri
ajratilgan qatorni belgilang.
a) 1,6,8 undov; 3,7,9 taqlid: 2,4,5 modal
b) 1,6,9 undov; 3,7,8 taqlid; 2,4,5 modal
c) 1,6,7 undov; 3,4,9 taqlid; 2,5,8 modal
d) to`g`ri javob yo`q
31. Ernest Seton-Tompsonning nomini olamga
yoygan asari qaysi ?
a) “Quvg`indilar taqdiri” b) “Mitti yovvoyilar”
c) “Jonivorlar haqida hikoyalar”
d) “Rolf o`rmonida”
32. Jahon Otin Uvaysiyning “Sog`indim” g`azali
qanday munosabat bilan yozilgan?
a) Yor sog`inchi b) farzand dog`i
c) ustozi haqida d) yurt hajri
33. A.Qahhorga katta shuhrat keltirgan asar qaysi?
a) “Muhabbat” b) “O`tmishdan ertaklar”
c) “Qo`shchinor chiroqlari” d) “Sarob”
34. Axir Marg`ilonda bizning ham shunday kelinimiz
bor ekan-u,bilmay yurgan ekanmiz-da. Gapdagi
yuklamalar sonini aniqlang.
a) 4 ta b) 3 ta c) 2 ta d) 5 ta
35. -gina omonim qo`shimchasi qaysi hollarda yuklama
vazifasida keladi
a) so`zda egalik,kelishik qo`shimchalaridan keyin kelsa
b) so`zda egalik,kelishik qo`shimchalaridan oldin kelsa c) o`zidan keyin hech qanday qo`shimcha qabul qilmasa d) а, c
36. Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga
kelayotganday bo`lardi. Mazkur gapda nechta
lug`aviy ma`noga ega bo`lmagan so`z berilgan ?
a) 1ta b) 2ta c) 3ta d) berilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |