36–masala. Ikkita bir xil – D500–65 markazdan qochma nasoslari, parallel ishlay turib, suvni turli sathda joylashgan ikki manbadan olib, uni umumiy uzatish
kuch quvuri bo‘ylab kuch rezervuariga uzatadilar. Suv uzatish tizimi sxemasi 47,a– rasmda, nasos tavsifi 48–rasmda keltirilgan. Birinchi nasos ikkinchisidan narida joylashib, diametri dn1 = 350 mm va uzunligi ln1 = 1275 m bo‘lgan, po‘lat quvurlardan ishlangan ulanish quvurlaridan suvni umumiy uzatish kuch quvuridagi N nuqtaga uzatadi. Yaqin orada joylashgan ikkinchi nasos ham suvni N nuqtaga etkazib beradi. Umumiy uzatish kuch quvuri esa diametri dn = 450 mm va uzunligi ln = 3000 m bo‘lib, cho‘yandan ishlangan. Birinchi nasos oldida suv sathi belgisi Zgnv1 = 20 m bo‘lsa, ikkinchisiniki Zgnv2 = 30 m. Rezervuardagi uzatish kuch quvuri to‘kish tirqishining belgisi Zr = 50 m. So‘rilish liniyalaridagi qarshiliklar miqdori kichikligi tufayli ularni inkor etish mumkin.
–rasm. D500–65 markazdan qochma nasosining tavsifi
Nasoslar uzatayotgan umumiy sarf Q1+2 va ular erishadigan oqim kuchi N1+2, shuningdek har bir nasosning birgalikdagi ishi uchun hamda alohida ishlagan holdagi q, H, ηn va Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 315 l/s; N1+2 = 61,4 m.
Har bir nasos birga ishlaganda quyidagi parametrlarga ega: 1–nasos – Q1 = 130 l/s; N1 = 69 m; ηn1 = 0,77; Nn1 = 114,2 kVt.
2–nasos – Q2 = 185 l/s; N1 = 51,4 m; ηn1 = 0,68; Nn2 = 163,8 kVt.
Har bir nasosning alohida ishlagandagi parametrlari: 1–nasos – Q1 = 179 l/s; N1 = 41,2 m; ηn1 = 0,70; Nn1 = 103,3 kVt.
2–nasos – Q2 = 213 l/s; N2 = 35,3 m; ηn2 = 0,46; Nn2 = 160,2 kVt.
37–masala. Diametri d = 250 mm va uzunligi l = 240 m bir xil bo‘lgan, cho‘yan quvurlardan ishlangan ikki kuch quvuridan ikkita har xil D200–36 va D320–50,b nasos orqali rezervuarga suv uzatilmoqda. Birinchi nasos suvni sathi belgisi Zgnv1 = 20 m bo‘lgan manbadan olayotgan bo‘lsa, ikkinchisi suv olayotgan suv manbai sathi Zgnv2 = 25 m. Birinchi nasos umumiy kuch quvurlaridan (N nuqtasidan) lH1 = 161,5 m masofada joylashib, diametri dH1 = 200 mm ga teng bo‘lgan po‘lat quvurli ulanish liniyasiga ega. Ikkinchi nasos ham N nuqtasidan ancha uzoqda joylashib, umumiy uzatish kuch quvurlari bilan po‘lat quvurlardan yasalgan ulanish liniyasiga ega (lH2 = 291,5 m, dH2 = 200 mm). Rezervuardagi uzatish kuch quvuri to‘kish tirqishi Zr = 40 m belgida joylashgan. Suv uzatish tizimi va nasoslar tavsifi 5.49–rasmda keltirilgan. So‘rilish liniyalaridagi qarshiliklar miqdori kichikligi tufayli ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi.
–rasm. Suv uzatish tizimi (a); markazdan qochma nasoslar tavsifi (b): 1–D200–36; 2–D320– 50,b.
Nasoslar uzatayotgan umumiy sarf Q1+2 va ular erishadigan oqim kuchi N1+2, shuningdek har bir nasosning birgalikdagi ishi uchun q, H, ηn va Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Javob: Q1+2 = 156 l/s; N1+2 = 29,8 m.
Har bir nasos birga ishlaganda quyidagi parametrlarga ega: 1–nasos – Q1 = 67 l/s; N1 = 32,8 m; ηn1 = 0,68; Nn1 = 31,7 kVt.
2–nasos – Q2 = 89 l/s; N1 = 35,8 m; ηn1 = 0,76; Nn2 = 41,1 kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |