Yarim toza shaberlash. Taxtada chiqib turadigan joylar tekshiriladi, faqat bo’yalgan
joylar yassi ensiz shaberda 12-15 mm uzunlikdagi ish yo’li bilan shaberldanadi. SHaberning
bir yo’lida yupqa (8-10 kmk) metall qatlamini qirib olinadi. Eni 8-10 mm li shaber bilan ish
yo’lini 4-5 mm qilib, metallning 0,01-0,02 mm qalinlikdagi qavati olinishi mumkin.
Tozalab (pardozlab) shaberlash. Yuqori darajada aniqlik talab qilinadigan sirtlarni
tozalab, uzil-kesil shaberlanadi (quyidagi rasm).
Bu holda shaberni yengil bosib. 8-10 kmk metall qatlami qirib olinadi. Sirtga eni 5-10 mm li
shaber bilan ish yo’lini 4-5 mm uzunlikda olib ishlov beriladi. Asbobni salt yurishda taxtadan
ko’tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |