- 10 -
Kernerlar
Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq
ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
Bunda korpus va yo’naltiruvchi vtulka pastga
suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi
bilan polzunni bo’shatadi. Polzun prujina
ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan
rostlanadi.
Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va
o’zak 3 dan iborat. Elektr toki o’tganda
elektromagnit g’altagi o’zakni tortadi. O’zak
pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik
5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr
kerner chiziq ustiga qo’yiladi va uning
korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr
kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri
ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o’zak dastlabki vaziyatiga
qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |