Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/157
Sana06.07.2021
Hajmi3,05 Mb.
#109982
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157
Bog'liq
chilangarlik

Fazoviy rejalash usullari 

 

CHiziqlar  chizish.  Fazoviy  rejalashda  zagotovkaning  vaziyati  o’zgarib  turganligi 

uchun,  detalni  birinchi  o’rnatishda  gorizontal  holatni  egallaydigan  chiziqlarni  gorizontal 

chiziqlar, shu holatda plitaga perpendikulyar yoki qiya yotadigan chiziqlarni vertikal yoki qiya 

chiziqlar deb atash qabul qilingan. 

 

Gorizontal chiziqlar reysmas yoki shtangenreysmas bilan chiziladi. Asbobni plita ustida 



shunday surish kerakki, chizg’ichning o’tkir uchi detalga tegib tursin. Reysmasning vaziyati va 

uni  ishlatish  usullari  ko’rsatilgan.  Oldin  simmetriya  o’qi  yoki  markaz  chizig’i,  keyin  boshqa 

chiziqlar chiziladi. Har bir chiziq faqat bir marta chiziladi. 

 

Vertikal chiziqlarni quyidagi uch usulda chizish mumkin: 



 

1)  T-simon  tokchali  rejalash  go’niyasi  bo’yicha.  Go’niya  rejalanadigan  sirtga  taqaladi 

va stol ustida bazalandi. Bu usul o’lchamlari go’niya tokchasi uzunligidan kichik bo’lgan yassi 

sirtlar  zagotovkalarni  rejalash  uchun  yaraydi.  Biroq.  Detalning  barcha  tomonlaridan  umumiy 

chiziq chizish lozim bo’lgan hollarda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi; 

 

2)  detalni  90



  burish  yo’li  bilan  reysmas  vositasidir.  Bu  usul  o’rtacha  kattalikdagi 

detallarni rejalashda keng qo’llaniladi. Gorizontal chiziqlar chizib olingandan so’ng zagotovka 

90



  buriladi,  uning  vaziyati  shu  chiziqla  bo’yicha  go’niya  yordamida  tekshiriladi.  So’ngra 

vertikal  chiziqlar:  oldin  simmetriya  o’qi,  keyin  boshqa  chiziqlar  chiziladi.  Kichik  detallar 

rejalash yashigiga yoki kubikka mahkamlanadi va u bilan birga buriladi. Yashikning tomonlari 

qat’iy  perpendikulyar  bo’lgani  uchun  yashikni  burgandan  so’ng  chiziqlar  holatini 

tekshirishning hojati yo’q. Detalni burish moslamalari yordamida ham burish mumkin. 

 

3)  qo’shimcha  tekisliklardan  foydalanib  (surib  bo’lmaydigan  katta  o’lchamli  va 



murakkab shaklli zagotovkalar uchun). Rejalash yashigi (burchaklik, kubik) plita ustiga (uning 

chiziqlari  bo’ylab  va  rejalanadigan  sirtga  perpendikulyar  qilib)  o’rnatiladi.  Reysmas  yashik 

bo’ylab chizg’ichi rejalanadigan sirtga tegadigan qilib suriladi. 

 

Qiya chiziqlar quyidagi usullardan biri bilan chiziladi: 



 

1)  zagotovkani  burish  yo’li  bilan.  Rejalanadigan  detal  burish  moslamalari  yoki  qiya 

kallakli  domkratlar  yordamida  qiya  chiziqlari  gorizontal  holatni  egallaydigan  qilib  buriladi. 

SHunda  qiya  chiziqlarni  reysmas  bilan  chizish  mumkin  bo’ladi.  Bu  usul  eng  samaralidir, 

ammo maxsus moslamalarni talab qiladi 

 

2)  burchak  o’lchagich  yordamida.  Burchak  o’lchagich  yoki  malka  zarur  burchakka 



o’rnatiladi, bir tomoni rejalash plitasiga bazalanadi, ikkinchi tomoni zagotovkaga tarqaladi va 

chizg’ich tushiriladi. Bu usul bilan aniq rejalash bo’lmaydi, u faqat yakka chiziqlarni chizish 

uchun qo’llaniladi; 

 

3)  nuqtalar  bo’yicha.  Gorizontal  hamda  vertikal  chiziqlarni  rejalashda  qiya 



chiziqlarning uchlari belgilab qo’yiladi va topilgan nuqtalar birlashtirib chiqiladi. 

 

Fazoviy rejalashda yoy va aylanalarni o’tkazish usullari xuddi tekislikka rejalashdagiga 



o’xshaydi.  Agar  yoy  va  aylanalar  har  xil  tekislikda  yotsa  va  ularning  kontsentrikliligini 

ta’minlash  kerak  bo’lsa,  universal  rejalash  tsirkullari  (masalan,  S.V.Lastochkin 

shtangentsirkuli) ishlatiladi. 

 


Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish