322-mashq. Ko‘chiring. Eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq
chizing; kesimning tuzilish jihatdan turlarini izohlang.
1. Ana shu saksovullar, ana shu barxanlaru, qo‘y-qo‘zilar mening odamligimni tanitdi.
(M. Salom.) 2. Bu yer xuddi qal‘aning devoriday tik. (H. G‟.) 3. Fonar ko‘targan to‘rt qiz
ichkari kirishdi. (S. Ahm.) 4. Endi ishimiz — besh. Endi sen bilan biz g‘olib chiqdik. (Yu.
Semyonov.) 5. Ikki yuzga yaqin kursantlar o‘rtasida eng yoshi men bilan Oqil edi. (N. S.)
6. Bu odamdan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. (O.Sharafiddinov)
7. Adolatsizlnk gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq — ulug‘ baxt! (Sh.) 8. Kitob
o‘qimaydigan boshliq — sho‘rimiz, u na san‘atning, na adabiyotning, na ilmning qadriga
yetadi. (Mirm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |