Gaplarning tuzilishiga ko„ra turlari
Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‗linadi:
1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‗lib, uning tarkibi ayrim gaplarga
bo‗linmaydi. Masalan: G„ir-g„ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi.
(O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo„ling. («Oz-oz o„rganib dono bo„lur»).
2. Qo‗shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq
predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‗linadi.
Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmaganu, pushti guldastaga o„xshab gullagan bir tup
bodom qo„shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do„stlik suvdek
zilol, qalbaki do„stlik – tuz qo„shilgan asal. (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |