3-ilova Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy
asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi
talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
4-ilova Test topshiriqlari
1 Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib
ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan?
A) yugurib, birpas, shoshib V) yugurib, shoshib, birpas, shu ondayoq S) shu ondayoq D)
birpas, nari-beri, shu ondayoq Ye) birpas, shoshib, shu ondayoq.
2 Chang va tutundan mashina va odamlar zo‟rg‟a ko‟rinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan
ravishning turini aniqlang.
A) holat ravishi V) payt ravishi
S) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi Ye) o‟rin ravishi.
3 Salimaning ko‟ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum bilan yigitga qaradi.
Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?
A) hol V) sifatlovchi-aniqlovchi S) ega D) qaratqich-aniqlovchi Ye) ravish ishtirok
etmagan.
4 Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – - dedi kampir omborni qulflayotib
(A.Qahhor) Ushbu gapdagi axir so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) yuklama V) ravish S) sifat
D) modal so‟z Ye) undov so‟z.
5 Dam o‟tmay, a‟lochi o‟quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga
taklif qilishdi. Bu gapda ravishning qaysi turi bor?
A) dam o‟tmay V) nom-banom, birin-ketin S) xonalarga, nom-banom, a‟lochi D) dam
o‟tmay, nom-banom, birin-ketin Ye) dam o‟tmay, xonalarga, a‟lochi, nom-banom.
6 Kampir xiyla uzoqlashganda, Nurmatjon qichqirdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi
mavjud?
A) payt ravishi V) o‟rin ravishi
S) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi Ye) ushbu gapda ravish qo‟llanmagan.
7 So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish
mumkin?
A) sifatga V) songa S) ravishga
D) sifat va ravishga Ye) sifat, son, ravishga
8 Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar juft holda yoki takrorlanib
qo‘llanishi mumkin? 1) olmosh; 2) son; 3) fe‘l; 4) ravish; 5) undov so‘zlar; 6) taqlid
so‘zlar
123
A) 2, 3, 4, 6 V) 2, 3, 4, 5, 6 S) 3, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6 Ye) 1, 2, 3, 4, 5, 6.
9 O‟sha yillar qancha-qancha vatandoshlarimiz qatag‟on qilindi. Ushbu gapda qancha-
qancha so‘zi qaysi so‘z turkumiga tegishli?
A) son V) sifat S) ravish
D) so‟roq olmoshi Ye) birgina so‟z turkumiga mansub emas, chunki u so‟z birikmasi
hisoblanadi.
10 Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) -lar, -si, -aki, bad- V) -larcha,
-ona, -li, -chi S) -chi, -cha, -goh, -don
D) -cha, -larcha, -lab, -an, Ye) -an,
-cha, -ga, -g‟in.
Do'stlaringiz bilan baham: |