Tarmoq ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Tarmoq
ma’mu ridan olingan TCP/IP ko‘rsatkichini kiriting va tizimni
qayta yuklang. Windows 2000 va undan yangi tizimlarda TCP/
IP ko‘rsatkichlari o‘zgartirilganidan so‘ng kompyuterni qayta
tiklash shart emas.
IP-manzilni takrorlanayotgani haqida xabar berilyapti va
ulanish bajarilmayapti.
IP-manzillarni takrorlanishi TCP/IP va
NetBEUI tarmog‘ini ishdan chiqishiga olib keladi.
Internetga va boshqa tizimlarga ulanib bo‘lmayapti,
xatolik haqida xabar ham berilmayapti.
Kompyuterlarni bir-
biriga va Internetga ulash uchun foydalanilayotgan
marsh ru-
tizatorni, kommu
tatorni yoki konsentratorni tekshirish kerak.
Qurilmalar elektr ta’mi notiga ulangan bo‘lishi zarur; ma’lumotlar
kabeli har bir tizimga ulangan bo‘lishi lozim.
NaZoraT SavoLLarI
1. «Tarmoq» va «lokal tarmoq» tushunchalariga ta’rif bering.
2. Bir rangli tarmoq deb qaysi tarmoqqa aytiladi?
3. «Kompyuterning tashqi qurilmalar bilan aloqasi» tuzilishini aytib bering.
4. «Tarmoqdan uzoqlashgan printerdan foydalanish» tuzilishini aytib bering.
5. Tarmoq adapterlarining ta’rifi, vazifasi, funksiyalari.
6. Tarmoq platalari qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
7. Tarmoq platalarini konfiguratsiyalash zarurati nimalardan iborat?
8. Tarmoq adapteri qanday ish tartibini qo‘llashi zarur?
9. Tarmoq adapterini ona plataga o‘rnatish bosqichlarini keltiring.
10. TCP/IP protokolini o‘rnatish va sozlash.
11. Tarmoqda sodir bo‘ladigan xatoliklar va ularni bartaraf etish jarayonlarini
tushuntiring.
151
9-bob.
KoMPyUTErNI IShGa TayyorLaSh
Ishlashga tayyor bo‘lgan kompyuter ko‘p pog‘onali tizimni
ifodalaydi. Eng quyi pog‘onani apparat vositalari tashkil qiladi,
yuqori pog‘onalarda esa dasturiy vositalar joylashadi. Yangi
kompyuter ishga tayyor bo‘lishi uchun quyida keltirilgan
bosqichlarni bosib o‘tishi talab qilinadi.
1. Kompyuterning dastlabki apparat qismining sozlanishi.
Bunda barcha mavjud apparat komponentlari ko‘rsatkichlarining
kelishuvi kompyuterning tizimli platasida joylashgan doimiy
xotira qurilmasiga yozilgan (PZU) BIOS SETUP vositasi yor-
damida amalga oshiriladi.
2. Operatsion tizimni o‘rnatishdan oldin qattiq diskni
ma’lumot yozish uchun tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun
uni formatlash lozim.
3. Operatsion tizimning o‘rnatilishi kompyuterni ishga
tushi rishga va foydalanuvchi bilan muloqatni amalga oshirish-
iga imkon beradi.
4. Qurilmalarning drayverlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan
qo‘shimcha sozlash operatsion tizim tomonidan amalga oshirila-
di. Bu drayverlar kompyuterning barcha dasturlarida mavjud qu-
rilmalarga murojaat qilish imkonini beradi.
5. Oxirgi bosqich kompyuter bilan ishlash uchun zarur
bo‘lgan barcha dasturlarni o‘rnatishdan iborat.
Ushbu keltirilgan bosqichlardan har qaysisi ishlab turgan
kom pyuterda ham bajarilishi mumkin. Xususan, apparat yoki
dasturiy konfiguratsiyani o‘zgartirishga bo‘lgan zaruriyat har
doim mavjuddir. Bunda kompyuterning dastlabki tayyorgarligida
amalga oshirilgan bosqichlardan foydalaniladi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |