Музейшунослик indd


Me’morchiligi va tasvriy san’ati



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Me’morchiligi va tasvriy san’ati. Chexiyada paleolit davri 
haykalchalari, neolit davriga oid keramika va boshqa buyumlar 
saqlanib qolgan. katolitsizm qabul qilingach, Vizantiya, G‘arbiy Yev-
ropadagi kabi toshdan cherkovlar qurildi (staremesto yaqinidagi ibo-
datxonalar harobalari). Pragadagi avliyo Vita ibodatxonalari, taxminan 
930-yilda qurilgan. XI-XIII asrlarda roman uslubi shakllandi. XIII-XV 
asrlarda me’morchilikda gotika uslubi ravnaq topdi (Pragadagi avliyo 
Vita soborining sharqiy qismi). XVI asrning ikkinchi yarmida Chex-
iya me’morchiligida  Uyg‘onish davri uslubi unsurlari paydo bo‘ldi. 
(Pragadagi Belveder saroyi taxminan 1536). XVII asrning ikkinchi 
yarmidan borokko uslubidagi saroylar qurila boshladi (kllam Gallasov 
saroyi). XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida me’morchilikda 
klasitsizmdan so‘ng eklektika ruhidagi “milliy romantika” yo‘nalishi 
qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey 1884-1890, me’mor Y.shchults). 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida me’morchilikda modern us-
lubi o‘rnini ratsionalizm egalladi. 1920 — 1930-yillar me’morchilikda 
funksionalizm milliy maktabi shakllandi (Gradets klanova shahrida-
gi Y.Gocher inshootlari). haykaltaroshlikda ham yuksak yutuqlarga 
erishildi. 1950-yillar Pragada yaratilgan chex xalqining milliy qahra-
moni Yan Jijka, rassom Y.Manes haykallari (haykaltarosh B.kaofka) 
bundan tashqari, yozuvchi B.nemsova haykallari, V.Makovskiyning 
“Yangi asr” kompozitsiyasi ayniqsa diqqatga sazovor. 1945-yildan 


156
keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi ma’muriy va madaniy in-
shootlar qurilishi avj oldi. Jumladan, Brno shahridagi xalqaro mashi-
nasozlik yarmarkasi majmui (me’morlar: Aleks, F.Lederer). eshted 
tog‘idagi teleminora va mehmonxonani aytib o‘tish mumkin. 1970 — 
1980-yillarda Pragada “Internatsional” mehmonxonasi (me’morlar: 
k.Filsak, I.shvets) faoliyat yuritgan.
Chexiyada zargarlik buyumlari tayyorlangan. XI-XIII asrlarda 
devoriy suratlar, miniatyuralar paydo bo‘ldi. XIII asr o‘rtalari, XV 
asrning ikkinchi yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. XIV asr ikkinchi 
yarmida portret yaratish san’ati rivojlandi. XIV asr oxiri XV asrning 
boshlarida Chexiya tasviriy san’atida amaliy bezak san’ati ( badiiy 
shish, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyildi. XVII-XVIII 
asr tasviriy san’ati borokko uslubida rivojlanishi bilan birga, unda re-
alistik va demokratik yo‘nalishlar namoyon bo‘ldi. Bu davrda haykal-
taroshlardan M.B.Braun va F.M.Brokof mashhur bo‘lgan. XVIII asr 
o‘rtalarida rassomchilik va haykaltaroshlikda rokkoko va klassiksizm 
unsurlari paydo bo‘ldi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Chexiya 
san’atida klassitsizm va romantizm bilan birga, realistik tendensi-
yalar yoyildi. Rassomlar milliy, tarix, o‘lka tabiatini tasvirlash mav-
zuida asrlar yaratdilar. XIX asrnig oxirgi choragida rassom M.Alesh, 
haykaltarosh Y.V.Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern 
uslubida taraqqiy etdi, haykaltaroshlikda Ya.shtursa asrlari ajralib 
turdi. XX asr boshlarida avagardizm vakillari B.kubishta, e.Filla, 
A.Proxaziya, Ya.Zraviy, R.kremlichka ijod qildilar. 1918-yil mustaqil 
Chexoslavakiya davlati tashkil topgach, milliy madaniyatni rivojlan-
tirish imkoniyati paydo bo‘ldi. ko‘p avangardchi rassomlar o‘z asar-
larida real voqelikni aks ettirdilar (V.novak, o.kubin, Y.Chapek,V.
Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladi-
lar (k.Golan, k.shtika rangtasvir asarlari, k.Pokorniy, Lauda haykal-
lari, F.Bidlo, V.Silovskiyning grafik asarlari). XX asrning 20-30-yil-
larida chex san’atida ijtimoiy-tanqidiy yo‘nalish shakllandi. 1945-
yil Chexoslavakiya nemis — fashistlardan ozod etilgach, rassomlar 


157
e.Filla, A.Paderlik, V.sedlichek, haykaltaroshlardan: V.Makovskiy, 
k.Liditskiy, k.Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monu-
mental bezak turlari rivojlandi. 1970 — 1980-yillar san’atkorlari 
orasida A.Zabravskiy, R.Kolarj, Y.Broj kabi rassom va grafiklarni, 
I.Milovskiy, A.Aksman kabi haykaltaroshlarni ko‘rsatish mumkin. 
Bu davrda amaliy bezak san’ati turlari keng yoyildi
76
.
Chexiya madaniyati boy xalq ijodi, maishiy mehnat, ma-
rosim raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholg‘u  asboblari  —  fuyar,             
volinka,  nay,  truba,  sitra,  arfa.  IX  asrdan  professional  diniy  hamda                            
dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. XV asrda “guschilar musiqasi”, 
polifoniya rivojlandi. XVI-XVII asrlarda maktab teatri, ayniqsa, 
havaskorlik teatrlari ko‘plab paydo bo‘ldi. 1737-yil Pragada birin-
chi doimiy teatr binosi – “Teatr-kotsu” qurildi. 1786 — 1789-yillar 
“Bouda” teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. XIX asrning 
birinchi yarmida chex dramaturgiyasida YA.shtepanek V.klitsper, 
Y.k.Tilning asarlari paydo bo‘ldi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish