Breynshtorming va uni o’tkazish tehnologiyasi.
Munozaralar yuritishning yan bir shkli borki, uning nomini rus tilida “mozgovaya ataka”, inlizchasiga – “breynstorming” (brain storming) deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq anologik tarjimasi yo’q, lekin uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar to’qnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash mumkin. Metodning psihologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashunchilar ko’proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa aytish” imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assosiatsiyalar”ga yo’l beriladi va ohir oqibat guruhning o’zi ma’lum ratsional “mag’zini” ajratib oladi.
Bu usulni birinchi bo’lib amerikalik olim A. Osborn XX asrning 30 yillaridayoq taklif etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutahassislar uni faqat nostandart, o’ziga hos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrnni bildira bpshladilar. Biroq to’g’ri tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak.:
Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, lekin ularning asoslanishi shart emas.
Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya,ni fikrlar tanqiddan holidir.
Mantiqiy fikrdan ko’ra, fantastic yoki qo’qqisdan, tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.
Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular - muallifsizdir.
Fikr yoki yahshi g’oyalarni tanlash alohida “tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi guruh katta bo’lganda bahs uyushtirishda ham generatorlarga ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yahshi natijalar beradi.
Breynshtorming, ayniqsa, 50 yillarda Amerika va Fransiya davlatlarida turli turli tehnologik muammolarni hal qilishda keng qo’llanilgan va uning natijalari ko’plab maqola va kitoblarda umumlashtirilgan. Lekin ommaviy qo’llashda ayrim tortishuvlar paydo bo’ldiki, aynisa, yoshlar auditoriyasida uni ishlatishdagi noqulaylik borligi aniqlandi. Ammo baribir, yuqorida ta’kidlanganidek kishilarning faol ijtimoiy psihologik muloqotga tayyorlash, nostandart muammolarni yechish va odamni umuman guruhga ko’niktirish maqsadida undan foydalanish mumkin va bu jihatdan uning qator afzalliklari va tatbiqiy ahamiyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |