Moliyaviy siyosat Reja


Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 47,26 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi47,26 Kb.
#456596
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari


Yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko’rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan kontseptsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.


O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora- tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yo’lidan og’ishmay amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • davlat byudjetidagi defitsitni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;

    • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning o’sishini ko’zlab yo’naltirishni ta’minlash;

    • ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko’tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

    • ijtimoiy himoyaning adresli bo’lishiga, moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash;

    • Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;

    • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;

    • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:

-soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’bat- lantiruvchi ta’sirini oshirish;
-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qo’shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
-soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.

    • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish;

    • Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

    • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining o’zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta’minlash, o’z echimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o’z vaqtida topa bilish, strategik kontseptual echimlarni ishlab chiqish, mablag’larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning adresliligini ta’minlashga o’tish kabi tadbirlar

kiradi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati kontseptsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo’naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo’libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bo’ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o’sishini moliya resurslardan samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilaydi.
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash vositasida
(yordamida), ya’ni, byudjet mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yo’li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining moliya siyosati moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xo’jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab- ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yo’lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko’rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo’naltiriladigan moliya resurslarining o’sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat ko’rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o’zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo o’sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya resurslarining muntazam o’sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda tutadi.
Byudjetga tushayotgan to’lovlar hajmini oshirishning zarurligi xo’jalik bo’g’inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatining hayotga tatbiq etilishini talab qiladi.
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o’zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vertikal» uslubga qarama-qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag’larning o’tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi.
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va jamg’armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini ko’paytiradi.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) moliya resurslarining ko’payganidagina o’sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o’z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan o’zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini
kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo’jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati yo’qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xo’jalik moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g’amxo’rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning o’zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qo’shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig’ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Xo’jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha talablarning sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanktsiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog’i lozim.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo’jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat ko’rsatish, xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan.
Davlat moliya mexanizmiga tub o’zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o’tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay o’zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug’urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug’urtasi rivojlanyapti, aktsionerlik sug’urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug’urtaning yangi turlari paydo bo’layapti.
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani (asosni) yaratish bilan birga sodir bo’layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Download 47,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish