Moliya-kredit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti


Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilinishi



Download 2,35 Mb.
bet4/21
Sana17.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#814903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
SBI 61 2 guruh talabasi D Abduganievaning Bitiruvoldi Amaliyoti

Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilinishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.05.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 283-son qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma'lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritadilar. Ma'lumotlar elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kiritiladi.


Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat olib borish sxemasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi
I – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar:
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan – tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar;
birja (yarmarka) tomonidan – birjada tuzilgan kontraktlar kontrakt birjada tuzilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida kiritiladi.
II – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar:

  • tijorat banklari, g‘aznachilik bo‘linmalari, tovar-xom ashyo birjalari tomonidan – hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoyslar bo‘yicha valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborotlar;

  • bojxona xizmati organlari tomonidan – tovarlar tushganda yoki yuklab jo‘natilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoys bo‘yicha BYuD ma'lumotlari;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan – ishlar va xizmatlar dalolatnomasi u tuzilgan kunda 1 kun ichida kiritiladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha ma'lumotlar Markazning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina kiritiladi. Ekspertiza 20 kun ichida o‘tkaziladi.
III – valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida muntazam ravishda monitoring va nazoratni amalga oshiradilar.
IV – bojxona xizmati organlari va tijorat banklari har bir oy yakuni bo‘yicha bojxona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etadilar.
Xozirgi kunda “Trastbank” XABning filiallarida tashqi savdo faoliyatini olib boruvchi mijozlarning 14 mingga yaqin import kontraktlari(shulardan: 12200dan ortig‘i maxsulot importi, 1800dan ortig‘i xizmatlar importi uchun), hamda 3 mingdan ortiq eksport kontraktlarining hisobi yuritiladi (shulardan: 2 300 ta kontrakt maxsulotlar eksporti, 700 kontrakt xizmatlar eksporti uchun).
Import kontraktlarining jami summasi 8,9 mlrd. AQSh dollari, 541,8 mln. Yevro, 24,9 mlrd. Rossiya rubli, 241 mln. Xitoy yuani, 234,6 Yapon ienasi, 10,3 mln. Qozog‘iston tengesi, 10 mln. Shved kronasi, 3,4 mln. Buyuk Britaniya funt sterlingini tashkil etmoqda. Eksport kontraktlarining jami summasi 5,9 mlrd. AQSh dollari, 71,15 mln. Yevro, 4,5 mlrd. Rossiya rubli hamda 1 mln. Buyuk Britaniya funt sterlingini tashkil etmoqda.


Xulosa
Mamlakatimizda bugungi kunda turli tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Ular orasida aksiyadorlik-tijorat banklari, xorijiy kapital ishirokidagi banklar, xususiy banklar, davlat banklarini ko’rishimiz mumkin va ular o’z faoloyatari doirasida universal faoliyat ko’rsatib turli-tuman bank xizmatlarini olib borishmoqda.
"Trastbank" XAB ham shu banklar qatorida bo’lib, u o’zining keng ko’lamdagi operatsiya vaxizmatlari bilan mijozlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, "Trastbank" XAB bugungi kunda mamlakatimiz miqyosidagi yetakchi xususiy banklardan biri hisoblanadi va bu haqida 2021-yili O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yil tanlovi — 2020" marosimida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “2020-yilda mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi deya eʼtirof etilishi misolida ko’rishimiz mumkin.
2020 yilning 18 iyun kuni Osiyo kredit reytinglari agentligi assotsiatsiyasi a’zosi - «Ahbor–Reyting» reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib 2019 yil yakuni bo‘yicha milliy shkalada «uzA+» juda yuqori «Ijobiy» prognozli kredit reytingini taqdim etdi.
"Trastbank" XAB o’zining yuksak malakaviy va kasbiy prinsiplari va etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bankning faoliyati albatta barcha O’zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo’lgan qonunchiliklarga asosan shakllantirilgan.
"Trastbank" XAB yuksak odob-axloq, madaniyat etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bank etikasi "Trastbank" XABning “Bank xodimlari odob-axloq qoidalari” da tasdiqlangan. Unga ko’ra bank va uning hodimlar o’z vazifalarini barcha odob-axloq va qonunchilik normalariga asoslangan holda bajarishlari kerak.
“Trastbank” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda bank eng ilg’or texnologiyalar asosida ish olib boradi va o’z faoliyati davomida turli dasturiy ta’minotlardan, xususan, ALPay, iABS va boshqa bir qancha dasturlardan foydalanadi. Bu o’z navbatida ham mijozar, ham bank uchun qulayliklar yaratadi. Bankda kredit oluvchilar uchun keng kredit turlari bazasi shakllantirilgan bo’lib, bankda ipoteka, ta’lim, iste’mol, avtokredit va boshqa turdagi kreditlar beriladi. Bank bu jarayonda ham yuqori axborot-texnologiyalari vositalaridan foydalanadi.
Qo’shimcha sifatida aytish mumkinki, "Trastbank" XAB o’zida ilg’or axborot- texnologiyalarini mujassamlashtirgan, yuqori odob-axloq prinsiplariga ega hamda mijozlar uchun qulay kredit va biznes sharoitiga ega bo’lgan bankdir.
Yakuniy fikr sifatida aytishimiz mumkinki, "Trastbank" XAB bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimida juda stabil faoliyat va moliyaviy natijalarga ega bo’lgan bank hisoblanadi.


Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish