2. Kimyoviy muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar.
aA+bB=cC+dD reaksiya uchun υto’g’ri=k1·[A]a·[B]b υtesk=k2·[C]c·[D]d
KM-muvozanat konstontasi; P-gazlarning hususuy (parsial) bosimlari.
1. Kimyoviy muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillarni (Le-Shatele prinsipi) tushuntiring.
2. Quyidagi reaksiyalarda bosim oshirilsa, moddalarning boshlang’ich konsentratsiyasi oshirilsa, sistema bosimi kamaytirilsa va hosil bo’lgan mahsulot sistemadan chiqarib turilsa muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
a) NH3(g) + O2(g) ↔ NO(g) + H2O(g); b) C2H2 + O2 ↔ CO2 + H2O;
c) CO + O2 ↔ CO2; d) N2 + H2 ↔ NH3;
e) SO2 + O2 ↔ SO3; f) CO + Cl2 ↔ COCl2.
3. N2 + H2 ↔ NH3 reaksiyada muvozanat qaror topgandan keyin moddalarning konsentratsiyalari quyidagicha [N2]=0,4 mol/l; [H2]=1,2 mol/l; [NH3]=0,8 mol/l. shu reaksiyaning muvozanat konstontasini hisoblang. J: 0,9.
4. A + 2B ↔ C tenglama bilan ifodalanuvchi jarayonda moddalarning muvozanat konsentratsiyasi tegishlicha [A]=0,12 mol/l; [B]=0,24 mol/l; [C]=0,295 mol/l ga teng. Shu reaksiyaning muvozanat konstontasini hisoblang. J: 42,68.
5. CO + Cl2 ↔ COCl2 ushbu reaksiyada moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari tegishlicha [CO]=4 mol/l; [Cl2]=5 mol/l ga teng. KM=1 bo’lsa, moddalarning qancha qismi reaksiyaga kirishgan?
J: [CO]=2,765 mol/l; [Cl2]=2,765 mol/l.
6. CO2 + H2 ↔ CO + H2O ushbu reaksiyada moddalarning muvozanat konsentratsiyalari tegishlicha [CO2]=0,15 mol/l; [H2]=0,1 mol/l; [CO]=0,2 mol/l; [H2O]=0,2 mol/l; KM=1. Moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalarini toping.
J: [CO2]=0,35 mol/l; [H2]=0,30 mol/l.
7. N2 + O2 ↔ 2NO moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari tegishlicha [N2]=0,049 mol/l; [O2]=0,01 mol/l ga teng. Reaksiya natijasida 0,005 mol/l NO hosil bo’lsa, moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini aniqlang.
J: [N2]=0,0465 mol/l; [O2]=0,0075 mol/l.
8. N2 + H2 ↔ NH3 ushbu jarayonda reaksiyada ishtirok etayotgan va hosil bo’lgan moddalarning muvozanat konsentratsiyalari [N2]=0,8 mol/l; [H2]=1,5 mol/l; [NH3]=1 mol/l. Sistemaning muvozanat konstontasini aniqlang. J: 0,37.
9. H2 + I2 ↔ 2HI reaksiyaga kirishuvchi moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari [H2]=0,07 mol/l; [I2]=0,05 mol/l ga teng. KM=0,25 bo’lsa, moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini hisoblang.
J: [H2]=0,041 mol/l; [I2]=0,021 mol/l.
10. 2NO + O2 ↔ 2NO2 reaksiyada moddalarning muvozanat konsentratsiyalari [NO]=0,2 mol/l; [O2]=0,3 mol/l; [NO2]=1,2 mol/l ga teng. Reaksiyaning muvozanat konstontasini va moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalarini hisoblang.
J: 120; [NO]=1,4 mol/l; [O2]=0,9 mol/l.
11. 2NO + O2 ↔ 2NO2 ushbu reaksiyada moddalalrning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha [NO]=0,2 mol/l; [O2]=0,1 mol/l; [NO2]=0,2 mol/l. Reaksiyaning muvozanat konstontasi va moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalarini hisoblang.
J: 10; [NO]=0,4 mol/l; [O2]=0,2 mol/l.
12. CO + H2O ↔ CO2 + H2 ushbu reaksiyada reaksiyaga kirishayotgan moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari [CO]=3 mol/l; [H2O]=2 mol/l ga teng. KM=1. moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini aniqlang.
J: [CO]=1,8 mol/l; [H2O]=0,8 mol/l.
13. 200 0C da CO2 ni uzoq vaqt qizdirish natijasida konsentratsiyalari [CO2]=0,974 mol/l; [CO]=0,0173 mol/l; [O2]=0,00863 mol/l ga teng bo’lgan gazlar aralashmasi olindi. Shu reaksiyaning muvozanat konstontasini hisoblang. J: 2,7·10-6.
14. 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 ushbu jarayondagi moddalarning muvozanat konsentratsiyalari [SO2]=0,4 mol/l; [O2]=0,08 mol/l; [SO3]=0,2 mol/l ga teng. Kislorodning 50 % miqdori reaksiyaga kirishgandan so’ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini aniqlang. J: [SO2]=0,32 mol/l; [O2]=0,04 mol/l [SO3]=0,12 mol/l.
15. Quyida keltirilgan ma’lumotlar asosida A + B ↔ C + D reaksiyaning muvozanat konstontasini aniqlang. [A]m=1,2 mol/l; [B]m=1,3 mol/l; [C]=1 mol/l; [D]=1 mol/l. J: 0,64.
16. Suv bug’ qattiq qizdirilgan temir kukuni bilan reaksiyaga kirishib, sistema muvozanat holatga kelgan. Fe + H2O = FeO + H2 shu sistemada [H2O]=4,78 mol/l; [H2]=7,0 mol/l bo’lsa, reaksiyaning muvozan konstontasini toping. J: 1,46.
17. Agar quyidagi sistemada muvozanat holatida Fe + H2O = Fe3O4 + H2 vodorod va suv bug’larining hususiy bosimlari tegishli ravishda 6,4 va 4,8 kPa bo’lganligi ma’lum bo’lsa, sistemaning muvozanat konstontasini toping. J: 3,16.
18. Quyidagi qaytar sistemada FeO + CO = Fe + CO2 [CO]=0,4 mol/l; [CO2]=0,6 mol/l bo’lsa, muvozanat konstontasini toping. J: 1,5.
19. Quyidagi geterogen sistemaning FeO + CO = Fe + CO2 muvozanat konstontasi 0,5 ga teng. reaksiya boshlangandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin CO va CO2 larning konsentratsiyalari 0,05 va 0,01 mol/l ga teng bo’ladi. Ularning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini aniqlang. J: 0,04 mol/l; 0,02 mol/l.
20. Quyidagi geterogen sistemaning FeO + CO = Fe + CO2 muvozanat konstontasi 1,5 ga teng. reaksiya boshlangandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin CO va CO2 larning konsentratsiyalari 0,04 va 0,01 mol/l ga teng bo’ladi. Ularning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini aniqlang. J: 0,02 mol/l; 0,03 mol/l.
Do'stlaringiz bilan baham: |