Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari


Manba Qashqadaryo viloyatida turizm va dam olish sohasi rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari // www.qashstat.uz



Download 0,74 Mb.
bet21/28
Sana16.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#675962
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari

Manba Qashqadaryo viloyatida turizm va dam olish sohasi rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari // www.qashstat.uz


2.2.2-diagrammada 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida jamoaviy joylashtirish vositalari soni va jami joylashtirilgan shaxslarga nisbatan ulushi berilgan. 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida sanatoriya-kurort mussasalari soni 9 ta bo’lib, jami joylashtirilgan shaxslar 10,7 % ni, mehmonxona va shunga o’xshash joylashtirish visitalari 28 ta bo’lib, jami joylashtirilgan shaxslar 74,8 % ni, dam olish muassalari 13 ta bolib, jami joylashtirilgan shaxslar 22,9 % ni tashkil etgan (2.2.2-diagramma).

2.2.2-diagramma. 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida jamoaviy joylashtirish vositalari soni va jami joylashtirilgan shaxslarga nisbatan ulushi1
2.2.3-diagrammada 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida mehmonxonalarning toifasi (yulduzi) boyicha faoliyati berilgan. 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida mehmonxona va shunga o’xshash joylashtirish vositalari soni 28 tani tashkil qildi. Ulardan, 50 foizi bir yulduzli, 20 foizi uch yulduzli va 30 foizi toifaga ega bo’lmagan mehmonxonalardir.



2.2.3-diagramma. 2016 yilda Qashqadaryo viloyatida mehmonxonalarning toifasi (yulduzi) boyicha faoliyati1

“Viloyatimizda turizmni rivojlantirish uchun yuksak salohiyat mavjud. Boy madaniy merosga ega hududda muqaddas qadamjolar, qadimiy obidalar va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay manzillar ko‘p. Viloyatda hududiy turistik mahsulotlarni xorij bozoriga chiqarish, tabiiy va tarixiy-madaniy manzillar bo‘yicha yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqish, turistik xizmatlar sifatini yanada yaxshilash doimiy e’tiborda”2, deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati vakolatli vakili Otabek Olimjonov.


Bugungi kunda Shahrisabz shahrining tarixiy markazida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar hunarmandlar va tadbirkorlarga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berilmoqda. Ikki qavatli bunday uy-joylarning birinchi qavatida hunarmandlik mahsulotlari sotiladigan savdo majmualari, ikkinchi qavatida uy-mehmonxonalari tashkil etilayotir. Turizmni yanada rivojlantirish uchun ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. "Shahrisabz vino-aroq” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Kitob tumani tokzorlarida oliy navli uzum mahsuloti bo‘lgan vino degustatsiyasini tashkil qilish orqali agroturizmni rivojlantirish, ekstremal turizm sohasida Muborak tumanidagi cho‘llarda kvadrotsikllarda safar uyushtirish, tarixiy-madaniy turizm bo‘yicha Shahrisabz shahri markazida “Zafarli yurish” va “Shoh bazmi” teatrlashtirilgan tomoshalarini muntazam tashkil etish, uloq-ko‘pkari musobaqalarini Kitob tumanining Qaynar qishlog‘ida yil davomida muntazam o‘tkazish loyihalari shular jumlasidandir. 2017-yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Hunarmandlar festivali” ham viloyatda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Ekoturizmni rivojlantirishda Shahrisabz tumanida qurilayotgan “Village Eco Park” majmuasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyiha mehmonxona, restoran, kafe, sport maydonchalari va attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Majmua 2018-yilda foydalanishga topshiriladi. Viloyatda turistik resurslardan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli Qashqadaryoda 30 mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaymoqda. 
Qashqadaryo viloyati turizm sohasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi asosida 2018-yilda viloyatdagi mehmonxonalar sonini 45 taga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, Qarshi shahrida 8 yangi zamonaviy mehmonxona, Shahrisabz shahrida 5 uy-mehmonxonasi va 2 yangi zamonaviy mehmonxona faoliyat boshlaydi. 
Bularning barchasi viloyatga keluvchi sayyohlar sonining ortishi, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va kelajakda Qashqadaryo viloyatini sayyohlar, tarixchi olimlar va ziyoratchilar ko‘p keladigan sevimli maskanga aylantirishga xizmat qiladi. 
Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasiga ko‘ra 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularda tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifida viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishish davomida sayyohlar uchun mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, turistlarga milliy madaniyatimizni keng namoyish qilish zarurligini ta’kidladi. Prezidentimiz 2018 yil 1 avgustgacha «Afrosiyob» poezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.1
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida vohaning o‘ziga xos tarixiy-madaniy merosi imkoniyatlaridan turizm rivojida samarali foydalanish, tarixiy-me’moriy ansambllar va obidalarni asrab-avaylash, ta’mirlash, turistik va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini bunyod etish va mavjudlarini yangilash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, pirovardida yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish