Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


MUROD RAJABOV SHOKIR ROLIDA



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

MUROD RAJABOV SHOKIR ROLIDA 
 
«Yosh gvardiya» teatrining «Birinchi bo’sa» spektakli tomoshabinlarga ma’qul tushdi. 
Asarda  ko’tarilgan  problema  —  muhabbatni  boshidan,  birinchi  bo’sadanoq  pok  saqlash 
kerak degan g’oya yoshlar qalbini to’lqinlantirdi. Bu spektaklni ko’rgan ayrim yigit-qizlar 
xursand  bo’ldilar,  ba’zilar  esa  o’z  xarakterini  ko’zguda  ko’rgandek  yig’ladilar. 
Spektaklning  muvaffaqiyatida  bosh  rol  —  Shokir  obrazini  ijro  etgan  Murodning  xizmati 
katta.  Shokir  —  Murod  dastlab  sodda,  kishilarga  ishonadigan,  hayot  yo’llarini  tep-tekis, 
ravon deb o’ylovchi yigit edi. Ammo u ilk muhabbati poymol bo’lganini payqagach, asta-
sekin o’zgarib boradi. Oqibatda, bugun bu qiz bilan, erta u qiz bilan tanishadigan, muhabbat 
degan muqaddas tuyg’uning borligiga ishonmaydigan, toshbag’ir, olifta, stilaga qiyofasiga 
kiradi. Aktyor M. Rajabov Shokirning mana shunday ikki xil xarakterini mukammal ochib 
bera olgan. Buning uchun u turli hayotiy detallardan ustalik bilan foydalangan. Murodning 
Shokiriga  tomoshabin  avval  achinadi,  so’ngra  undan  nafratlanadi.  Lekin  uning  bunday 
yo’lga  kirib  ketishiga  birgina  Shokirning  o’zi  aybdor  emasligini  Murod  ruhiy  holatlar, 
ayrim imo-ishoralar, xatti-harakatlar orqali ochib beradi. 
 
Mamatqul Hazratqulov.
 «Murodning murodi» 
«O’zbekiston madaniyati», 1973-yil 28-sentabr. 
 
Yosh  yozuvchi  uchun birinchi  kitobni e’lon qilish qanchalik  hayajonli bo’lsa. Aktyor 
uchun  ham  birinchi  rol  ana  shunday  quvonch  va  tashvishlarga  boy  bo’ladi.  Malikaning 
teatrda  ijro  etgan  ilk  roli  ana  shunday  quvonch  va  tashvishlarga  boy  bo’ladi.  Malikaning 
teatrda  ijro  etgan  ilk  roli  Abduqahhor  Ibrohimovning  «Birinchi  bo’sa»  lirik  dramasidagi 
Rohat obrazidir. Bu obraz tomoshabinni o’ylatadi, insonning taqdiri, hayot murakkabliklari 
haqida  mushohada  qilishga  da’vat  etadi.  Rohat  oldin  ochiq  ko’ngil,  samimiy  edi.  Biroq 


yengiltaklik  odatlari  unda  o’smirlik  paytidayoq  yo’q  emasdi.  (Shokir  telefonga  kirganida 
unga  gap tashlash sahnasini eslang). Mana shu o’rinda aktrisa o’z qahramonining kelajagi 
haqida tomoshabinga ma’lumot bera olgan. Bog’da Qosimjonga nisbatan muomalasida esa 
Rohatning butun qiyofasi to’liq namoyon bo’ladi. Shu xildagi odatlar, hayotga, turmushga 
yengil  qarash  oqibati  uning  oilada  baxtsiz  bo’lishiga  sabab  bo’ladi.  Rohatning  fikricha, 
yoshlikda  har  qanaqa  aysh-u  ishrat  qilish  mumkin,  faqat  bokiralik  yo’qolmasa  bas. 
Vaholanki,  iffat,  soflik  spektakl  qahramonlaridan  biri  aytganidek:  «birinchi  bo’sa  harom 
bo’ldimi,  soflik  yo’qoladi».  Malika  Rohatning  ana  shunday  murakkab  obrazini,  chigal 
taqdirini to’liq ochib bera oldi deyish mumkin. U har bir xatti-harakati orqali qahramonning 
bor  xislatini  ifoda  qilishga  intiladi.  Qahramonning  ruhiga,  ayni  vaqtdagi  kayfiyatiga 
monand so’zlaydi: ayrim o’rinlarda behayolarcha baqiradi, qichqiradi, ba’zan  uning  ovozi 
shu qadar ma’yus tortib ketadiki, hatto unga tomoshabinning rahmi keladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish