orqasidan
). Qimorboz erga tegub, kaltagini yeb, boshlarni yorub
yurmoq ham oson emas.
D a v r o n b e k (
o’rnidan turib jiddiyat ila
). Oh, zolim madaniyat, bizim
Turkistonliklarning orasig’a qachon kelub tomir yoyasan?! Qachon bizim bu jaholat
zindonidan xalos qilasan?! Bizda uy tarbiyasi boshlanub, xotin-qizlarimiz ilmu maorif ila
nurlanmag’uncha bizning oramizda shunday ko’ngilsiz hollar davom etsa kerak. Mana bu
xotun bechorani erg’a berg’on vaqtlarida o’z xohishi bilan, o’zining rizolig’i bilan, o’zi
ko’rib xohlag’on eriga bermasdan hayvon kabi kuchlab qo’lidan tutib, bir zolimning
qo’lig’a berganlar. Bu mushtipar ma’sumaning butun umri azob-mehnatda, qayg’u va
kulfatda o’tub dunyog’a kelg’oniga-da ming marotabadan pushmon yeb, g’am zindonida
yashag’on. Mana bizning oramizdan bunday ko’ngilsiz hollarni (ng) yo’q qilmoq uchun
butun kuch quvvatimizni (ng) xotin-qizlarimizni (ng) o’qitmoq, maorif va madaniyat ila
oshna qilmoq yo’linda sarf qilmog’imiz lozimdur. Shundagina bizlar ham boshqa qavmlar
orasinda o’rtoqchasig’a yashamog’imiz mumkindur. (
Eshik qo’ng’irog’i jiringlar
.)
Abdujabbor, chiqub qara, yana kim keldi.
A b d u j a b b o r (
zo’r berub kulur
). Xo’jayin, bo’lib qoldingiz g’archcha moy, beliga
qamchin qisturg’on bir aravakash, kirsunmi?
D a v r o n b e k. Chaqir, kirsin.
E g a m b e r d i (
kirib, advokat bilan ko’rishub o’lturur
). Mullo aka, man bechora juda
og’ir kunga qoldim. Barakallachilarning so’zig’a kirub, o’z holimg’a qaramasdan katta to’y
qilub, qarzdor bo’lub, bir parcha hovlim qarzimg’a xatlanib, yaqinda sotiladurg’on bo’lib
qoldi. Xotunim, to’rt adad yosh go’dak bolalarim ila ko’chada qoladurg’on bo’ldim...
D a v r o n b e k. «Ena — o’ltirishingg’a qarab chena» degandek kambag’al nima
uchun o’z holingizg’a qarab to’y qilmadingiz, nima uchun ko’rpangizga qarab oyoq
uzatmadingiz?
E g a m b e r d i. Mulla aka, aslo qo’yavering ,«Jin charchaganni urar, dev
tegirmonchini», — degandek man sho’rlikni jin urmasa, ko’chadagi «barakallachi»larning
so’ziga kirarmidim. To’y qiladurg’on vaqtimda qarindosh-urug’im, yor-do’stim juda
ko’payib ketdi. Har biri manga to’yni katta qilmoq uchun nasihatlar qila boshladilar.
Ularning so’zlariga uchub mani qarasangiz hotamtoy bo’lib ketdim. O’zimcha bir
qozonchada osh qilub kesdirmoqchi edim. Betahorat-benamozni bo’ynig’a qo’ygandek ikki
kun osh berishni gardanimg’a qo’ydilar. Undan qarasangiz, xotun «aka» janjal qilub, bir
kun «xotin oshi»ni bo’ying’a qo’ydi. Shunaqangi qilub Aminjon boyni nevaralari uch kun
osh berdilarda, kafangado bo’ldilar.
D a v r o n b e k. O’zingiz tuppa-tuzukkina tushunadurg’on odam ekansiz, nima qilub
ularning so’ziga aldandingiz? To’yni o’z o’ylaganingizcha qila olmadingizmi?
E g a m b e r d i. Ey, mulla aka, man-ku man, ularning gapurg’on gapig’a siz
bo’lsangiz ham aldanar edingiz. Qo’ynimni puch yong’oqqa shunday to’lg’azdilarki, bor-
yo’g’imdan ayrilgandan keyin ko’zim moshdek ochildi.
D a v r o n b e k. Bobolarimizning «o’tgan ishga o’kinma», «keyingi pushmon
joningga dushman» degan hikmatli so’zlari bor. Endi nima bo’lsa bo’lib o’tmushdur.
Asosiy maqsadg’a keling. Munda kelmoqdan maqsadingiz nima? Hovlingiz xatlangan ekan,
endi nima qilmoqchi bo’lasiz?
E g a m b e r d i. Mulla aka, nima qilmoqchi bo’lar edim. Man bir aravakash odam
munaqangi ishlarga aqlim yetadi deysizmi? Miyasini yegan ahmoq bo’lmasam,
«barakallachi»larning so’zig’a kirub, shu holga tusharmidim. Endi bu xususda maslahatni
o’zingiz berasiz. Shul to’y to’g’risida mahallamizdagi Orifjon boydan veksel berib, pul qarz
olg’on edim. Vaqtida to’lolmadim. Besh-olti kun bo’ldi, hovlimni, uy asboblarimni, xotu-
nimni mollarigacha sudya-pristuv olub kelub xatlab ketdi. Sho’rlik boshim nima qilishimni
bilmay sizning qoshingizg’a keldim. Endi sizdan yordam bo’lmasa, mani hech bir jonkuyar,
yo’l ko’rsataturg’on kishim yo’q.
D a v r o n b e k. Hovlingiz o’zi necha sarjin?
E g a m b e r d i. Hovlim qirq sarjincha bor.
D a v r o n b e k. Yigirma sarjinni xotiningizni mahri deb ko’rsatmoq mumkin.
Onangiz bormi?
E g a m b e r d i. Yetmush yashar bir mushtipar onam ham bor.
D a v r o n b e k. Qolgan yigirma sarjinini onagizning mahri deb ko’rsatiladur. Boshqa
xatlang’on mollaringizning ham xotiningizning moli deb ko’rsatmoq mumkin. Boy sizdan
hech narsa ololmaydur.
E g a m b e r d i. Jon mulla aka, bu ishlarni nima bo’lsa ham o’zingiz to’g’rilaysiz,
munaqa narsalarg’a mening aqlim yetmaydi.
D a v r o n b e k. Siz bo’lmasa soat uchda keling, yaxshilab men sizga ariza yozib
beraman. Shul ariza bilan hovlingiz sotilishdan to’xtaladur.
E g a m b e r d i. Xudo xayr bersun, mandan qaytmasa bola-chaqalaringizdan qaytsun.
Manga o’xshagan yo’lda qolg’on odamlarga sizdek o’qig’on-bilg’on kishilar dastgirlik
qilmasa kim qiladur? Advokatlikam oson ish emas. Manga o’xshag’on g’arib-benavolarga
rahnamolik qilmog’ingiz kerak, (
o’rnidan turib
) bo’lmasa soat uchda kelaymi? (
keta turub
.)
Albatta soat uchda kelaman. Jon mulla aka, arizani juda yaxshilab yozib berasiz (
chiqib
ketar
).
D a v r o n b e k. (
Abdujabborni chaqirub
). Bir istakon choy olib kel, choyim ham
sovib qoldi.
A b d u j a b b o r (
istakonda choy olub kelub qo’yadi
). Xo’jayin hech narsa chiqdimi?
Bu keladurg’on sirrival-qayrog’lardan loaqal bizning moyanag’a yetadurg’on pul-mul
kelsaydi, yaxshi bo’lar edi.
D a v r o n b e k. Ko’p sergap bo’lma, gap degan bitta bo’ladi. Har narsa qilsam ham
sani bugun bo’lmasa erta o’zimni hindig’a garov qo’ysam ham oqcha topub beraman. Bor,
o’z ishingga bor.
Abdujabbor chiqub ketar.
Mana ko’rasanki bu dunyodan xabarsiz, ilmu maorifdan mahrum, madaniyatdan uzoq
yashagan bizning xalqimiz hali qanday qizg’onch, qanday qo’rqinch, qanday tahlikali
ekanligi oftobdan ham ravshan ko’rinub turadur. Bir kambag’al arobakash nodonlik
soyasida bid’at to’y uchun butun bor-yo’g’idan ayrilub kafangado bo’lgan. Bir necha yildan
beri topgan, bolalarni o’qitmak uchun kerak bo’laturg’on oqchasidan ayrilmoq ila barobar
bir parcha hovlisi ila mol va ro’zg’oridan ham butun mahrum bo’lub, jaholat va nodonlik
yo’lida butun oilasi ila qurbon bo’lg’on. Munday bid’at va isroflarning yo’q bo’lmog’i
xalqimizning maorif va madaniyat ila taraqqiy qilmog’iga bog’liqdir. Agarda biz hozirgi
ilm va urfon taraqqiy qilub, butun dunyoga nur sochib turg’on bir zamonda eng muhim
vaqtlarimizni ana shunday bid’at, quruq o’yin-kulgi, tortish va talashlar birla o’tkarsak,
dunyo yuzindan inqiroz olamiga qarab ketmog’imizga shak va shubha yo’qdur. Bunday
bid’at va isroflarni oramizdan yo’qotmak uchun yoshlarimiz butun kuch va quvvatlarini ilm
va maorif yo’lig’a sarf qilmoq ila barobar tish va tirnoqlari ila butun quvvatlarini bu bid’at
ishlarini yo’q qi(l)moq yo’lida tirishmoqlari lozimdur. (Eshik qo’ng’irog’i jing’illar)
Abdujabbor, chiqub boq, tag’in qaysi bir bosh og’rig’i keldi...
Abdulla Avloniy.
«Toshkent tongi» (Asarlar to’plami).
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti 1979-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |