2-MAVZU: MAHMUD KOSHG’ARIY VA UNING
«DEVONU LUG’OTIT TURK» ASARI
REJA:
1.
X-XII asrlarda O’rta Osiyoda ijtimoiy madaniy hayot.
2.
X-XII asrlar adabiyoti haqida ma’lumot.
3.
Mahmud Koshg’ariy-qomusiy bilimlar sohibi.
4.
«Devonu lug’otit turk» ning tarixi, uning tadqiq etilishi.
5.
«Devonu lug’atit turk» da etnografik ma’lumotlar.
6.
«Devonu lug’otit turk» dagi etnografik ma’lumotlar.
7.
M.Zamaxshariyning hayoti va ijodi
8.
Muqaddimat-ul adab asari
X-XII asrlar O’rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayotida alohida bir davrni
tashkil qiladi. Bu davrda ilm-fan, Adabiyot va san’atning uksala borishi uyg’onish
nishonalarini yuzaga keltirgan edi. Bu davrda umumiy tarixiy taraqqiyot
asoschilari al-Xorazmiy, Farobiy, beruniy, Abu Ali ibn Sinolar maydonga
chiqdilar. Ular o’zlarining amaliy faoliyatlari, tariz, falsafa, mantiq, shunindek,
aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan O’rta Osiyoning qadimiy tarix
ida chuqur iz qoldirdilar. Bu o’rinda Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin
Tusiy qabilarning qadimgi unon ilm-faniga bo’lgan katta diqqat e’tiborlari muhim
rol o’ynaydi.
Bu davr ilm-faniga katta hissa qo’shgan olimlarning to’ng’ichi al-X
orazmiy edi. Al-X orazmiy 8-asrning oxirlarida yashab, aktiv ilmiy faoliyat bilan
o’zidan keyin boy meros qoldirdi.
Shunday yirik olimlardan yana biri 11-asrning mmashhur mingvistik olimi
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridan o’rin olgan she’riy
parchalar, adabiy lavhalar turkiy xalqlarning ota-bobolari yaratib qoldirgan meros
sifatida qabul qilingan.
10-12asrlar o’zbek adabiyoti tematik jilolari, janrlar boyligi bilan diqqatni
tortadi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali etib kelgan
badiiy ijod namunalar o’z navbatida shu fikrga ham asos beradi. Bizgacha saqlanib
qolgan manbalar 10-12 asrlar ilg’or ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotida ko’proq
didaktik adabiyot katta rolp o’ynaganligini ko’rsatadi. O’tmish xalqni adabiyoti
bilan har jihatdan bog’langan bu adabiyot diniy-mistik adabiy oqimga qarshi turdi.
SHarqda didaktik adabiyot, uning ravshan ko’rinishi sifatida didaktik
dostonchilikning keng taraqiy etgan davri ham 10-12 asrlarga to’g’ri keladi.
Dilaktika hamma vaqt ham falsafiy, ahloqiy-ta’limiy qarashlarni tag’ib etishini,
shu yo’l bilan muayyan sistemadagi dunyoqarashli singdirishni maqsad qilib
qo’yadi. Dastlab o’zida xalqning «chuqur donishmandligini ifodalab kelgan
didaktika» urug’chilik jamiyati xususiyati bilan, unda otalarning mavqeyi baland
bo’lganligi bilan bog’lash kerak.
Didaktik asarlarni ularning harakteriga ko’ra quyidagi turkumlarga ajratish
mumkin bo’ladi:
8
1-Sof didaktik harakterdagi asarlar. Bunday asarlar kundalik hayot, urish
turishning zaruriy shartlari pand-nasihat yo’li bilan uqtirib o’tiladi.
2-Poetik didaktika.
Bunday manbalar ro’yhatiga Usuf X ojib va Ahmad Ugnakiy asarlarini
kiritish mumkin. Didaktik dostonlar Sharqda tik poeziyaning qahramonlik va
romantik dostonlari qatorida baholanadi. Shunday qilib 10-12 asrlar adabiyotida
chuqur ildiz otgan didaktik dostonchilik ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotiga muhim
hissa bo’lib qo’shildi.
Shu tarzda 10-12 asrlar ilg’or ilm-fan va adabiyoti bir-biriga yaqinlashib,
tabiyat va insonni o’rganish, jamiyatni shu inson manfaatlariga muvofiq ravishda
takomillashtirish g’oyalarini o’rtaga tashlagan davr bo’ldi va u keyinchalik uzaga
chiqqan dunyoviy adabiyot taraqqiyotida muhim rolp o’ynaydi.
Atoqli qomusiy olim va sayyoh Mahmud Qoshg’ariy O’rta Osiyoda
yashagan xalqlar hayotini chuqur o’rgangan turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan
va turk arab lug’atini tuzgan. Bu lug’atda u qadimiy so’zlarning ma’nosini arab
tilida tushuntiradi va misol qilib shu ma’nodagi so’zlar ishlatilgan maqolalar va
she’riy parchalar keltiradi.
«Turkiyso’zlar devoni» deb nomlangan bu kitob O’zbekiston fanlar akamediyasi
tomonidan 1960-1964 yillari nashr etildi.
«Turkiy so’zlar devoni»ning kirish qismida Mahmud Qoshg’ariy Rum
(Kichik Osiyo )dan to Xitoygacha bo’lgan erlarda yashagan turkiy xalqlarning
kamlarini birma-bir keltiradi.Ular bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamon, bashqirt,
basmil, kay, yabaku, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, igrak
jaru,jamul,uyg’ur,tangut tabgach halqlaridirlar. Devonda ana shu tkrkiy halqlar
yashagan geografik o’rinlarni ko’rsatuvchi doira shaklidagi harita ham keltirilgan.
«Devon»da ana shu xalqlar tillari o’rtasidagi farqlar ko’rsatiladi.Tub
so’zlarda o’zgarishlar ko’inmaydi.Faqat ayrimso’zlar o’zgaradi holos.
Masalan:tukrklar
«musofir»ni
«yalkin»desalar o’g’uzlar «alkin»deydilar.
Turklar «yilig’suv»desalar o’g’uzlar «ilig suv»deydilar. Turklar «marvarid»ni
«yinju»desalar o’g’uzlar «jinju»deydilar va xokazo.
Kitobda ko’rsatilishicha tillarning engili o’g’uzcha eng tzg’risi, yaxshisi yag’mo
tugsi. Bu tillar Ilo (ilm) Ertish(irtish) YAmor,Etir vodiylaridan uyg’ur
shaharlarigacha bo’lgan joylarda yashovchilarning tilidir. Devonning har uch
tomida ana shu xalqlar tillarining lug’at sostavini tashkil etuvchi so’zlarning
nisbatan mukamal izohi beriladi.
«Turkiy so’zlar devoni»faqatgina lug’at emas, balki juda mukammal
ishlangan gramatik qo’llanma hamdir. Ayni zamonda «Devon»da ko’pgina
so’zlarni kelib chiqishi ham to’la bayon etib berilgan.»Ob»so’zi ta’kid va
ko’chaytirish ko’makchisi deb izohlanadi. Masalan:»Ob ezgu nong»degani» Eng
yaxshi narsa» deganidir. «Ob oq» ham «juda oq» degan ma’noni bildiradi.Shundan
hozirgi tilimizdagi «oppoq» so’zi kelib chiqan. «Devon»da O’rta Osiyo
shaharlaridan ba’zilarining nomlariga izoh ham berib o’tilgan. Jumladan Mahmud
Qoshg’ariy Toshkentni «Tarkent deb ko’rsatadi»va «Tarkent»SHox ning
9
ismi,asli toshkent tosh shahri demakdir,deb yozadi. Samarqand nomi esaasli
«Samiz qand»-katta shahar bo’lanini aytadi.
«Devonda»turkiy
xallar
etnograviyasiga oid juda qimmatli ma’lumotlar ham
ko’p uchraydi.
«Devon»dagi she’riy parchalar ayrim so’zlar ma’nosiga doir lavhalar tarzida
keltirilgan.Ular turli tuman ma’nodadir.Mahmud Qoshg’ariy bilim, olimlik
fazilatlarini ulug’lochi ko’p she’rlarni yiqqan. U otalar nomidan farzandlarga
murojat qilib olimlarga yaqin bo’lmish, ularning ilmlaridan o’rganishni,man-
manlik,kibru haodan uzoqlashishni qayta-qayta ta’kidlaydi.
Mana shunday misol:
O’rgan aning bilkin
Kunda angar boru
Qutqo’likni tapingin
Kuzgil puvaz paru
Mazmuni:
O’rgan uning bilimin
Birgil o’shal sari
Qutlug’ ishga bo’y sunginu
Kibrni quv niri
«Devon»dagi she’riy parchalar orasida yoz bilan qish tortishuvi,urVIIIlar
tasviri,alplar vafotiga marsiyalar bor.
Shuningdek,bu kitobda bundan 9-10 asr burun halq o’rtasida keng yoyilgan
maqollardan ham ancha namunalar bor.
Mahmud Qoshg’ariyning turkologiya faniga asos solgan mashhur asari
yozilayotgan yillarda /1075-yillarda/ turkiy xalqlar yashagan madaniy
markazlarida yana biri bo’lgan xorazm viloyatining Zamaxshar degan qishlog’ida
Mahmud ibn –Umar az-Zamaxshariy dunyoga keldi. O’z davri olimlari tomonidan
jorulloxlaqabini olgan bu olim sharq fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa
qo’shdi. U falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarga oid ellikdan
ortik asar yaratdi.
O’z davrining etuk tilshunoslaridan bo’lgan M.Zamaxshariy arab
tilshunosligi an’analarini davom ettirdi .Uning ilg’or prinsip va usullaridan
mohirlik bilan foydalandi. Masalan, arab leksikografiyasining tematik prinsipi
/so’zlarni lug’atda tematik gruppalar bo’yicha joylashtirish/ uning qator asarlarida
qo’llangan. Bu jihatdan olimnini “Al-jibol va-l-miyox”/ tog’, manzil va suvlar/
nomli toponimik asari harakterlidir. Bu asarda arab tili leksikasiga oid geografik
nomlar tematik gruppalarga ajratib izohlangan. Tematik gruppa ichida so’zlar
alfavit prinsipi asosida joylashtirilgan. Tematik prinsip Mahmud Zamax
shariyninng “Muqaddimatul- adab” nomli asarida ham qo’llangan. Mahmud
Zamaxshariyning bu asari sof lug’at emas. Unda arab tilining Grammatik
strukturasi ham o’z ifodasini topgan. Asar besh qismdan iborat:
1.Ismlar/otlar/
2.Fellar.
3.Ko’makchilar/yordamchi so’zlar/
10
4.Ismlar/otlarning turlanishi.
5.Fe’llarning tuslanishi.
Mahmud Zamaxshariyning ”Muqaddimatul-adab” asari faqat arab tili va
tilshunosligi tarixini o’rganish jihatidangina emas, balki, turkiy xalqlar tillari
tarixini o’rganish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. Asarning lug’at
qismida ko’pgina arabcha so’zlarning forscha, mug’ulcha tarjimalari bilan bir
qatorda, turkiycha tarjimalari ham berib borilgan.
Asarda ismlar /otlar/ bir qancha tematik gruppalarga ajratilgan. Masalan,
ismlarning xayvon nomlari qismi /bu qism mashhur polyak sharqshunosi
A.ZAYONCHKOVSKIY TOMONIDAN E’LON QILINGAN/ o’n bir kichik
tematik gruppachalardan iborat. Bu tematik gruppachalar asarda fasllar deb
berilgan. Lekin fasllarning konkret nomlari keltirilmagan. Ularning shartli ravishda
quyidagicha nomlash mumkin:
1. Tuya nomlari /21nom/
2. Tuya a’zolarining nomlari /25nom/
3. Tuya jabdug’ining nomlari /32nom/
4. Eshak vaeshak jabdug’ining nomlari /42nom/
5. Qoramol va jabdug’ining nomlari /19nom/
6. Qo’y vaechki nomlari /42nom/
7. Qo’y va boshqa xayvon nishon /belgi/ larining nomlari /24/
8. Jun nomlari /11nom/
9. YOvvoyi xayvon nomlari/93nom/
10.Ilon –chayon nomlari/59nom/
11.X ashorat nomlari/52nom/
Mashhur sharqshunos V.V.Bartolg’tdning ko’rsatishicha, Mahmud Zamax
shariy lug’atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar O’rta Osiyo turkiy adabiy
tilining leksikasi aks etgan.
AZ-ZAMAX SHARIY ”MUQADDIMATUL ADAB ”MAVZUSI
BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI.
1.Az-Zamaxshariy qachon va qaerda yashab ijod etdi?
2.Zamaxshariy fanning qaysi sox asi bo’yicha shug’ullandi?
3.”Muqaddimatul adab” qanday asar?
4.Ushbu asar necha qismdan tashkil topgan?
5.”Muqaddimatul adab” asarining asosiy mundarijasi qanday?
6. Asarning til xususiyatlari.
7. Asardagi lingvistik qarashlar.
8. Az-Zamaxshariyning nazariy umumlashmalari.
9. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring.
T A YA N CH A T A M A L A R:
1.Az-Zamaxshariy filolog olim.
2.Arab leksikografiyasi.
3.Geografik nom.
4.Alfavit prinsip.
11
A D A B I YO T L A R
1.Az-Zamaxshariy ”Muqaddimatul adab ”Toshkent 1998y.
2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent.
3.I.A.Baskakov.Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.1969.
Mahmud Qoshg’ariy vaUning «Devonu
Lug’otit turk»Asari Mavzusi Bo’yicha
NAZORAT SAVOLLARI
1.X-XII asrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot qanday edi?
2.X-XII asrlardagi fan va madaniyat haqida nimalarni bilasiz?
3.M.Qoshg’ariy haqida nimalarni bilasiz?
4. «Devonu-lug’atit turk »qanday asar.
5.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday
baholaysiz?
6.Asarning tuzilishi va mundarijasi haqida ma’lumot bering?
7.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday
baholaysiz?
8.«DAT»da maqol va matallar.
9.Asarning mundarijasi haqida ma’lumot bering.
10.Asarning XXasr o’rtalaridagi nashri haqida nimalarni bilasiz?
TAYANCH ATAMALAR:
1.Fanda uyg’onish.
2.Tematika vajanrlar.
3.Poetik didaktika.
4.Turkiy til grammatikasi.
5.Leksikografiya.
ADABIYOTLAR
1.Devonu lug’otit turk.Akadem nashr.Toshkent.1962,1964.
2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent.
3.Fozilov.E.O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi.
Toshkent.1965 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |