4.5. ALYASA’ (A.S.)
Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn
Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi.
Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi.
Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib
yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.)
osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |