Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/467
Sana24.01.2021
Hajmi0,97 Mb.
#56595
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   467
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi

 
  
Shunday qilib Muso (a.s.) qavmlari Tiyh sahrosida adashib, sargardonchilikda mashaqqatlar chekdilar. 
Misrda chekkan mashaqqatlari xolva bo‘lib: «Koshkiydi Misrdan chiqmagan bo‘lsak», deyishdi. 
Baytul-maqdis (Ariho)da shu davrda istiqomat qilgan «jabbor» qavm haqida mufassirlar juda ko‘p 
rivoyatlarni keltirganlar. Ularning jasadlari haddan ortiq ulkan, beso‘naqay ekanligi, Muso (a.s.) ularni da’vat 
qilish uchun yuborgan o‘n ikki kishi jabborlardan biriga duch kelgani, ularni ushlab cho‘ntagiga, qo‘yniga va 
yengiga solib, podshohi huzurida qo‘yib yuborgani, podshoh: «Bu nima?» - deb so‘ragani, ya’ni ular bunday 
mitti odamlarning Odam avlodidan ekanligiga ishonmagani va hokazo rivoyatlarni aytadilarki, bu rivoyatlar 
hech qanday asosga ega bo‘lmagan, aqlga ham, naqlga ham mos kelmaydigan xurofotlardir. 
Mufassir al-Bag‘aviy o‘z tafsirida rivoyat etishicha, jabborlardan bo‘lgan Avj ibn Unuq Isroil avlodlarini halok qilish 
uchun shahardan tashqariga chiqadi, ularga uloqtirish uchun tog‘ning cho‘qqisini sindirib oladi va boshiga ko‘tarib Isroil 
avlodlari tomon shitob bilan yuradi. Uning bo‘yi uch ming uch yuz o‘ttiz uch gaz(Bir  gaz yetmish santimetrdan ortiqdir.)
456 
 
Bir qush tepadan kelib, harsangni cho‘qiydi va uni teshib qo‘yadi. Harsang tosh Avjning bo‘yniga halqadek osilib qoladi. 
Bundan foydalangan Muso (a.s.) sakrab turib, hassalari bilan uni uradilar. Muso (a.s.)ning bo‘ylari o‘n gaz (sakkiz metr), 
hassalarining uzunligi ham o‘n gaz edi. Yana o‘n gaz balandlikka sakrab, Avjning to‘fig‘idan jarohatlaydilar va halok 
etadilar. 
Agar shu rivoyat rost bo‘lib, jabborlar haddan ortiq ulkan bo‘lganda edi, Alloh taolo ular bilan jang qilib, 
Baytul-Maqdisni egallashni Isroil avlodlariga buyurmagan bo‘lardi. Ular itoatsizlik qilsalar ham, ma’zur 
sanalardilar. 
Ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, Atiyya, as-Sadiy, ar-Rabi’ ibn Anas va boshqalarning fikricha, Isroil avlodlariga 
nasihat qilib, payg‘ambarga itoat qilsalar va shaharga tavakkul bilan kirib borsalar najotga erishishlari mumkin 
ekanligini ishora qilgan ikki solih kishi-Yusha’ ibn Nun va Kolib ibn Yufanno edilar. Bu ikkovlari Allohning 
buyrug‘iga tajovuz qilmadilar, payg‘ambar so‘ziga itoat qildilar va najotga erishib, Baytul-Maqdisga sog‘-
salomat kirib bordilar. Tiyhga kirib qolganlarning barchasi esa qirq yillik sarson-sargardonchilikda vafot etishdi. 
Imom Ahmad rivoyat qiladi: Al-Miqdod Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Badr kuni shunday dedi: «Ey Allohning 
Rasuli, Biz sizga Isroil avlodlari Muso (a.s.)ga: 
«Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o‘tiruvchilarmiz» - degan javobni 
aytmaymiz, balki, «Siz boring, Rabbingiz bilan birga jang qiling, biz ham siz bilan birga jang qiluvchilarmiz» - deymiz». 
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 273-bet.)
 
Isroil avlodlarining Muso (a.s.)ga itoatsizlik qilganlari va buning jazosiga Tiyh vodiysida sargardon bo‘lib qirq 
yil qolib ketganlari Qur’onda bayon etilgan. 
Ammo, bu voqea «Ahli kitoblar»ning kitoblarida yozilmagan. Ularning aytishlaricha, Muso (a.s.) jabborlar 
bilan jang qilish uchun Yusha’ ibn Nun boshchiligida askar tayyorlab, Baytul muqaddasga yubordilar. Ularning 
jangini Muso, Horun va Xur tog‘ cho‘qqisidan kuzatib turdilar. Muso (a.s.) har gal hassalarini ko‘targanda, 
Yusha’ askarlari dushmanni quvardilar, agar qo‘llari tolib, hassa qiyshayib ketsa, dushman hujumni 
kuchaytirardi. Kun botishiga yaqin qolganda, Yusha’ ibn Nun boshchiligidagi Muso askarlari g‘olib bo‘lib, 
dushmanni tor-mor etdilar. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish