harom ham qilmayman».
Olimlarning e’tirof etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan
yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo boshqa musulmonlarga bu
narsalarning iste’moli man etilmaydi.
Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda
chigirtkani yeganmiz».
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz
chigirtka, deganlar.
Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan.
Zafode’ (birligi zifda’dir)
barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar,
ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi.
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi yo biror idishdanmi suv
ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi
ayni mo‘‘jiza edi. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.)
ﺎﱠﻨَﻋ َﺖْﻔَﺸَآ ْﻦِﺌَﻟ َكَﺪْﻨِﻋ َﺪِﻬَﻋ ﺎَﻤِﺑ َﻚﱠﺑَر ﺎَﻨَﻟ ُعْدا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ُﺰْﺟِّﺮﻟا ُﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َﻊَﻗَو ﺎﱠﻤَﻟَو
Do'stlaringiz bilan baham: |