َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا يِﺪْﻬَﻋ ُلﺎَﻨَﻳ ﻻ َلﺎَﻗ ) ١٢٤ ( «Eslang: Ibrohimni bir necha so‘zlar bilan Robbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi. Shunda Alloh: «Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman», - dedi».(Baqara, 124.)
Ushbu oyati karimada aytilgan «bir necha so‘zlar» borasida ulamolar turli fikrlar bildiradilar. Ar-Rabi’ning fikricha, mazkur kalimotlar:
«Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman», «Eslang: Bayt (Ka’ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh va xavfsiz joy qilib qo‘ydik», «Ibrohim maqomini namozgoh qilib olinglar!» «Ibrohim va Ismoilga: «Tavof, e’tikof va ruku’-sujud qiluvchilar uchun Baytimni poklangiz!»
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)